TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens155,700Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 7 de 85 · 1,011 scripta

Editum Mar 27

Xitoy qanday qilib bunchalik tez qarib qoldi? 🇬🇧 Tasavvur qiling, 1965-yilda Buyuk Britaniya aholisining o‘rtacha yoshi 34 da edi. O‘sha paytda Xitoy haqiqiy yoshlar mamlakati bo‘lib, aholining o‘rtacha yoshi atigi 18 ni tashkil qilgan. Inglizlar xitoyliklardan qariyb ikki baravar “qariroq” edi. 🇨🇳 Lekin bugunga kelib bu katta farq butunlay yo‘qoldi. Hozirgi kunda har ikkala davlat aholisining o‘rtacha yoshi bir xil — 40 yosh! To‘g‘ri, hamma davlatlar qariyapti, biroq Xitoy xuddi vaqtni tezlashtirib yuborgandek, juda qisqa muddatda tez qarib qoldi. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘ldi? Buning tarixiy va iqtisodiy sabablari nima? Aslida, 1950–1960-yillarda Xitoy xalqi yanada yoshara boshlagan edi. Sababi tibbiyotning biroz yaxshilanishi va sanitariya qoidalarining joriy etilishi natijasida go‘daklar o‘limi keskin kamaydi. Oila qurganlar ko‘p farzand ko‘rishda davom etdi, tug‘ilgan bolalar esa yashab qolardi. Natijada mamlakat yoshlarga to‘lib ketdi. Lekin shundan so‘ng vaziyat keskin o‘zgardi va Xitoyning tez qarishiga bir nechta asosiy omillar sabab bo‘ldi: 1. Qat’iy demografik cheklovlar (“Bir oilaga — bitta farzand” siyosati) 1979-yilda Xitoy hukumati aholi sonining haddan tashqari ko‘payib ketishining oldini olish uchun “Bir oilaga — bitta farzand” degan juda qat’iy siyosatni joriy qildi. Bu siyosat salkam 40 yil davom etdi (2015-yilda bekor qilindi). Oqibatda, millionlab bolalar dunyoga kelmadi. Jamiyatdaa yoshlar ko‘paytishi sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi. 2. Urbanizatsiya va iqtisodiy o‘sish Odamlar qishloqlardan yirik shaharlarga ko‘chib o‘tdi. Shahar sharoitida, uylar qimmat bo‘lgan va ta’lim narxi oshgan bir paytda, hatto hukumat ruxsat bergan taqdirda ham, ko‘p farzand boqish iqtisodiy jihatdan juda og‘irlashdi. Yoshlar ko‘proq karyera va daromad topishga e’tibor qaratib, farzand ko‘rishni kechiktira boshlashdi. 3. Uzoq umr ko‘rish Iqtisodiyot o‘sishi bilan Xitoyda turmush darajasi va tibbiyot ham rivojlandi. Qariyalar oldingiga nisbatan ancha uzoq yashaydigan bo‘ldi. Katta avlod uzoq yashayapti, o‘rnini bosadigan yosh avlod esa juda kam. Aynan shu sabablar birlashib, Xitoyni dunyodagi eng tez qariyotgan davlatlardan biriga aylantirdi. BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilga borib vaziyat shu darajaga yetadiki, xitoyliklarning o‘rtacha yoshi inglizlarnikidan naqd 10 yoshga kattaroq bo‘ladi. Bir paytlar yosh va arzon ishchi kuchi bilan butun dunyo fabrikasiga aylangan Xitoy yaqin kelajakda ishchi kuchi yetishmovchiligi va qariyalarni boqish uchun ulkan iqtisodiy bosimga duch keladi. 🇺🇿 Taqqoslash uchun O‘zbekistonda hozirgi kunda aholining o‘rtacha yoshi taxminan 29-30 yosh atrofida. Biz hali ham yosh va o‘sayotgan davlatmiz. Bu bizga iqtisodiyotni o‘stirish uchun ulkan “demografik dividend” ya’ni ishchi kuchi imkoniyatini beradi. Ammo kelajakda bizda ham shaharlashuv va iqtisodiy sabablar ortidan qarish jarayoni boshlanishi tabiiy. Manba @teacherazam

12,000 views

Editum Mar 26

12,900 views

Editum Mar 26

60 kunda IELTS 7.0+ olish uchun roadmap Men Teacher Azam, balki xabaringiz bordir, 13 yillik tajribaga ega ingliz tili o'qituvchisiman. 📆 30-31-mart kunlari... IELTS 8.5 sohibasi, o'quvchilari kamida 7.0+ natijaga erishadigan Miss Maftuna bilan birgalikda BEPUL onlayn master-klass tashkillashtiryapmiz. Bu master-klassda: ✅ Reading'da 9.0 olish texnikasi; ✅ CD IELTS'da to’g’ri va tez ishlash yo'li; ✅ IELTS da 100% potensialingizni ko'rsatish uchun nimalar qilishingiz kerakligini bilib olasiz. 🎯 Ko'plab o'quvchilarda ish bergan bu texnika va metodlar aynan 30-31-mart kunlari BEPUL o'rgatiladi: ⚠️ Kelajakda IELTS olishni reja qilgan bo'lsangiz yopiq kanalga qo'shilishga ulguring! Joy band qilish 👉https://t.me/+ubm6FIHW9zNkNGEy Joy band qilish 👉https://t.me/+ubm6FIHW9zNkNGEy Joy band qilish 👉https://t.me/+ubm6FIHW9zNkNGEy

14,600 views

Editum Mar 26

Dunyodagi eng baxtli odamlar qayerda yashaydi? (2026-yil reytingi) 🇫🇮 “Jahon baxt hisoboti”ning 2026-yilgi natijalari e’lon qilindi. Har doimgidek, Finlyandiya yana birinchi o‘rinda! Lekin bu yilgi ro‘yxatda juda qiziq va kutilmagan o‘zgarishlar bor. Masalan, Kosta-Rika butun dunyo bo‘yicha 4-o‘ringa chiqib oldi. Meksika (12-o‘rin) esa o‘zidan ancha boy va qudratli davlatlarni ortda qoldirdi. Bu nima degani? Demak, insonning baxtli bo‘lishi uchun faqatgina pul muhim emas. Odamlar orasidagi ishonch, mehr-oqibat va xotirjam hayot ham xuddi daromad kabi ahamiyatli. Finlyandiya siri nimada? Finlar maksimal 10 balldan 7,8 ball to‘plab, uzoq yillik “chempionlikni” hech kimga bermay kelmoqda. Aslida, bu Shimoliy Yevropa davlatlariga xos holat. Ular nima hisobiga baxtli? — Ularda davlat tizimi kuchli va xalq unga ishonadi. — Ijtimoiy himoya (tibbiyot, ta’lim) zo‘r ishlangan va hamma uchun ochiq. — Eng asosiysi — boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq juda kichik. Odamlar bir-biriga oqibatli. Katta pul doim ham baxt keltirmaydi Bunga Kosta-Rika va Meksika yaqqol misol bo‘la oladi. Bu davlatlar Irlandiya, Avstraliya yoki Germaniya kabi o‘ta boy mamlakatlardan ancha yuqorida turibdi. Sababi oddiy — ularda odamlar bir-biriga yaqin, qarindoshlik va do‘stlik aloqalari kuchli. Buni esa quruq iqtisodiyot (YaIM) bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Reyting o‘zi qanday tuziladi? Mutaxassislar 147 ta davlatdagi 100 000 dan ortiq odamdan so‘rovnoma o‘tkazgan. Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun so‘nggi uch yillik (2023–2025) natijalari o‘rtacha hisoblab chiqilgan. Qiziq tomoni shundaki, AQSh, Kanada, Angliya kabi dunyoning eng boy davlatlarida ballar bir joyda qotib qolgan (6,7 – 6,9 ball atrofida). Ya’ni, ularning iqtisodiyoti o‘sayotgan bo‘lsa-da, odamlarning baxtiyorlik hissi o‘smay qolgan. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropada (masalan, Polsha va Estoniyada) hayot darajasi yaxshilanib, ular reytingda tez ko‘tarilib bormoqda. 🇹🇼 Osiyoda eng baxtli xalq — Tayvan (26-o‘rin). Ular iqtisodiy gigantlar bo‘lgan Yaponiya (61) va Xitoyni (65) ortda qoldirgan. 🇲🇺 Afrikada esa Mavrikiy davlati birinchi o‘rinda. Sababi u yerda korrupsiya darajasi ancha past va odamlar uzoq umr ko‘radi. 🇺🇿 O‘zbekistonning ko‘rsatkichi esa rivojlangan mamlakatlarnng ko‘rsatkichiga juda yaqin. @teacherazam

12,000 views

Editum Mar 25

Amerikadagi savdo markazlariga yana jon kiryapti. Iqtisodchilar buni umuman kutmagan edi. Sababi — Z avlodi (hozirgi yoshlar) yana oddiy do‘konlarga qaytmoqda. 👗 Ma’lumotlarga qarasak, yoshlar xarid qilish bo‘yicha hammadan o‘tib ketdi. 2030-yilga borib, ular do‘konlarda yiliga 12 milliard dollar pul sarflashi kutilmoqda. Eng qizig‘i, yoshlar pulni onlayn emas, yuzma-yuz — haqiqiy do‘konlarda sarflashni yoqtiradi. O‘tgan yili 18-24 yoshlilar o‘z xaridlarining 62 foizini oddiy do‘konlardan qilgan. Katta yoshlilar esa onlaynga ko‘proq o‘rganib qolgan (ularda bu ko‘rsatkich 52 foiz). Nega bunday? 24 yoshli Savera shunday deydi: “Men internetdan narsa sotib olishni yoqtirmayman. Menga hamma narsa hoziroq, shu zaxoti kerak. Kutib turolmayman!” Shu sababli, unga bayram uchun ko‘ylak kerak bo‘lganda, Amazon’ga kirmagan. To‘g‘ri borib do‘konlarni aylangan. Aslida, AQShda kiyim do‘konlarining ahvoli juda chatoq edi. 1986-yilda u yerda 25 000 ta savdo markazi bo‘lgan. Hozir esa bor-yo‘g‘i 1200 ta qolgan! Ya’ni 40 yil ichida 95 foiz do‘konlar yopilib ketgan. Pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirib yuborgandi. Katta brendlar bankrot bo‘lib, do‘konlar huvillab qoldi. 👦 Lekin pandemiya yoshlarga teskari ta’sir qildi. Ular uyda o‘tirib, TikTok va Instagram’ni titkilashdan zerikishdi. Real hayotga, odamlar orasiga chiqishni xohlab qolishdi. 14 yoshli Pranvi aytganidek: “Hatto hech narsa sotib olmasam ham, uydan chiqib, do‘konlarni aylanib yurishning o‘zi mazza!” Do‘konlar yoshlarga qanday moslashyapti? Yoshlar kiyim do‘konlariga borgani bilan, kiyim tanlashda baribir mashhur blogerlarga (inflyuenserlarga) taqlid qiladi. Buni tushungan savdo markazlari o‘z ichini selfi tushishga qulay qilib bezatmoqda. Shuningdek, Coach kabi mashhur brendlar yoshlar hisobiga savdosini ancha oshirib oldi. Lekin yoshlar oddiy xodimlar bilan gaplashishni uncha xushlamaydi. Ular do‘stlari yoki blogerlarga ishonadi. 🤳 Shuning uchun, do‘konlar o‘z sotuvchilariga planshet berib qo‘ygan. Xaridor kelsa, sotuvchi unga planshetda o‘sha kiyimni qaysi mashhur bloger qanday kiyganini ko‘rsatadi. Bu usul zo‘r ishladi! Natijada, bir paytlar yopilib ketish arafasida bo‘lgan do‘konlar endi yoshlar tufayli 18 yil ichida birinchi marta yangi filiallar ochishni boshlayapti. Manba @teacherazam

12,000 views

Editum Mar 24

O‘zbekistonda kuryerlarga nisbatan jamiyatning munosabati Kuryerlarga bo‘lgan munosabat hali ham to‘liq shakllanib ulgurmagan va ko‘pincha salbiy ohangda: Past baholash va kibr: Eng og‘riqli nuqtalardan biri — odamlarning kuryerlarni ikkinchi darajali insonlardek ko‘rishi. Ba’zi mijozlar va hatto restoran xodimlari tomonidan mensimaslik, quldek muomala qilish holatlari ko‘p uchraydi. Kasbga nisbatan uyat hissi: Jamiyatdagi stereotiplar sababli, kuryerlar o‘z ishidan uyalishadi (ayniqsa, qiz bolalar yuzini to‘sib ishlashga majbur bo‘lishi). Har kuni ertalab o‘z-o‘zi bilan kurashib ishga chiqish ulardagi kuchli psixologik bosimdan darak beradi. Empatiyaning yetishmasligi: Ko‘pchilik mijozlar ularning mehnati (sovuq, qor, piyoda uzoq masofa bosib o‘tishlari) ortidagi mashaqqatni his qilmaydi. Odamlar kechikish sabablarini tushunishni xohlamaydi va darrov e’tiroz bildirishga moyil. Kuryerlarga yoqadigan jihatlar Erkinlik: Boshliqning yo‘qligi va erkin ish grafigi eng katta yutuq sifatida ko‘riladi. Moslashuvchanlik: O‘qish yoki boshqa ish bilan birga olib borish imkoniyati borligi. Daromad: Puli tez (haftalik yoki kunlik) va yomon emasligi, shuningdek choychaqalar borligi. Jismoniy harakat: Doyim harakatda bo‘lish, shaharni, chiroyli joylarni ko‘rish va toza havoda yurish. Yangi insonlar: Turli xil joylarga kirish va har xil insonlar bilan muloqot qilish imkoniyati. Kuryerlarni yoqmaydigan jihatlar Tizim xatolari: Piyodalarga uzoq masofa berilishi, yer osti va piyodalar yo‘lagi yo‘qligi hisobga olinmasligi. Shafqatsiz jarimalar: Bir daqiqa kechikish yoki suyuqlik (kola, kofe) to‘kilgani uchun yoziladigan qat’iy jarimalar. Lokatsiya muammolari: Mijozlarning manzilni xato kiritishi va qabul qilishga uzoq vaqt chiqmasligi. Ob-havo injiqliklari: Jaziramada yoki yomg‘ir, qor va sovuqda ham tinimsiz harakatlanish majburiyati. “Zaharli” muhit: Ba’zi mijozlarning sabrsizligi, qo‘polligi va kayfiyatni buzuvchi munosabati. So‘rovnoma mana shu yerda bo‘lgandi @teacherazam

12,000 views

Editum Mar 24

11,400 views

Editum Mar 23

Amerikadagi eng zo‘r ish joylari qaysilar va ularning siri nimada? 📃 Buni bilish uchun Forbes har yili yuz minglab ishchilardan so‘rovnoma oladi. Ulardan oylik maosh, ish sharoiti va o‘sish imkoniyatlari qandayligi so‘raladi. 2026-yilgi reytingda yirik kompaniyalar orasida Trader Joe’s, Google, Microsoft va Nvidia yetakchi bo‘ldi. O‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar ichida esa Toll Brothers va Patagonia oldinga chiqdi. Birinchi o‘rinda — Trader Joe’s ya’ni oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i bo‘lgan bu kompaniya roppa-rosa 100 ball to‘plab, 1-o‘rinni oldi. Bu yerda ishchilar o‘z ishidan juda mamnun. Ular nima uchun bunchalik xursand? — Kompaniya har yili maoshni o‘rtacha 7 foizga oshiradi. — Xodimlarga tibbiy sug‘urta va nafaqa beradi. — Ishchilarning o‘sishi uchun qayg‘uradi. Eng qizig‘i, ular do‘konlarda avtomat kassalardan (self-checkout) mutlaqo foydalanmaydi. Barcha ishni faqat insonlar qiladi. Undan keyingi o‘rinlarni St. Jude kasalxonasi, Google va Microsoft egalladi. Nvidia bu yil 7-o‘ringa tushib qoldi. O‘tgan 2025-yilda u 4-o‘rinda edi. Sharhlarga qarasak, xodimlarning 90 foizi bu kompaniyani do‘stlariga tavsiya qilgan. Kompaniyaning ichki madaniyati va qadriyatlari juda yuqori baholangan. Lekin ish va shaxsiy hayot balansi biroz past — ya’ni xodimlar ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi. 🔼 Top-20 talikka kirsak, texnologiya sohasidan 7 ta kompaniya bor. Undan keyingi o‘rinda 5 ta kompaniya bilan tibbiyot sohasi turibdi. O‘rtacha kompaniyalardagi sharoitlarda Toll Brothers nomli kompaniya xodimlari rahbariyat juda halol ishlashini aytishgan. Ikkinchi o‘rinda esa Patagonia turibdi. Bu yerda ishchilar deyarli ishdan bo‘shamaydi. Kompaniya xodimlarga 15 xil ish grafigini tanlash imkonini beradi. Eng zo‘r tarafi shundaki, ish joyining o‘zida bolalar bog‘chasi bor va kompaniya xodimlarning o‘qish xarajatlarini ham to‘lab beradi. 🎵 Keyingi o‘rinlarda moliya firmalari bor. Mashhur musiqa platformasi Spotify esa 8-o‘rinni olgan Siz o‘z ish joyingizni 100 baldan nechi bilan baholar edingiz va buning sabablari nima? @teacherazam

15,300 views

Editum Mar 22

🧴 Bugun dunyoda ishlab chiqarilayotgan har 5 kg plastikning 1 kilosi to‘g‘ri tabiatga borib tushadi. Bunda suvlarimiz ifloslanadi, jonivorlar nobud bo‘ladi. Plastikni yoqishdan chiqadigan zaharli tutundan esa millionlab odamlar nafas oladi. Lekin bu falokatni to‘xtatishning zo‘r yo‘li bor. Muammoni 98 foizga hal qilsa bo‘ladi! Nega boy davlatlarda plastik axlat kam? 💸 Siz, “boy davlatlarda odamlar plastikni kam ishlatadi, shuning uchun ularda axlat kam” deb o‘ylashingiz mumkin. Yo‘q! Ular plastmassadan bizdan ancha ko‘p foydalanadi. Lekin u yerda muhit 100 baravar toza. Nega? Chunki ularda chiqindilarni yig‘ish va to‘g‘ri ko‘mish tizimi zo‘r ishlangan. Biz yashaydigan o‘rtacha va past daromadli davlatlarda esa ahvol yomon. Maishiy chiqindining yarmidan ko‘pi hatto yig‘ib ham olinmaydi. Odamlarda nima chora bor? Yo yoqib yuboradi, yoki ko‘chaga tashlaydi. Yig‘ilgan axlat ham shunchaki ochiq dalalarga to‘kib qo‘yiladi. Yomon hid va zaharli moddalar yana tabiatga tarqalaveradi. 🥲 Plastikni kam ishlatishning foydasi esa juda kam. Agar o‘rta va kam daromadli davlatlar (bizning hududlar) plastik ishlatishni teng yarmiga qisqartirsa ham, baribir har yili o‘n millionlab tonna axlat tabiatga chiqib ketaveradi. Chunki yig‘ish tizimi yo‘q! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boy davlatlar axlatni boshqarish uchun jon boshiga 50 dollar atrofida pul sarflaydi. Kambag‘al va o‘rtacha davlatlarda esa bu ko‘pi bilan 1 dollarni tashkil etadi. 💲 Aynan mana shu narsani o‘zgartirish kerak! Oddiy davlatning axlat yig‘ish tizimiga tikilgan har 1 dollar, boy davlatning qandaydir dohiyona texnologiyasiga tikilgan 1 dollardan 25 ming baravar ko‘proq foyda beradi. Qimmatbaho qayta ishlash zavodlari qurish o‘rniga, oddiygina axlat tashiydigan yuk mashinalarini ko‘paytirish va to‘g‘ri, xavfsiz axlatxonalar tashkil qilish ancha samarali va arzon yechimdir. To‘g‘ri, axlat tashiydigan mashina yoki axlatxonaga pul tikish uncha “chiroyli” sarmoya emas. Lekin daryolarimiz plastikka to‘lib qolmasligi va havomiz zaharlanmasligi uchun ayni paytda eng kerakli ish shu! Bizda bu baloni deyarli to‘liq yo‘q qilish uchun hamma bilim bor. Faqat pulni va e’tiborni to‘g‘ri joyga qaratsak bo‘lgani. Manba @teacherazam

12,400 views

Editum Mar 21

🚬 20-asr davomida chekish oqibatida 100 million kishi bevaqt olamdan o‘tgan. Bu juda katta raqam, to‘g‘rimi, lekin biz yashayotgan 21-asrdagi fojia oldida bu holva bo‘lib qoladi. Tasavvur qiling, faqatgina 2000-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan vaqt ichida chekish tufayli 163 million odam vafot etgan. 🚭 Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar chekishni to‘xtatmasak, 21-asrda qurbonlar soni 1 milliardga yetishi mumkin! O‘tgan asrda chekish oqibatidagi o‘limlar asosan boy davlatlarda kuzatilardi. Endi esa bu muammo o‘rtacha va past daromadli davlatlarga (ya’ni biz yashayotgan mintaqalarga ham) ko‘chib o‘tgan. 🥲 Xavf shundaki, qurbon bo‘lishi kutilayotgan odamlarning ko‘pi hozir ham chekib yuribdi. Undan ham yomoni, hali chekishni boshlamagan kelajak avlod ham bu tuzoqqa tushishi mumkin. Shu sababli, chekuvchilarga uni tashlashga yordam berishimiz va yoshlarni bu balodan asrashimiz shart. Aks holda, bu dahshatli raqamlar millionlardan milliardlarga aylanib ketadi. Bu postni kimga jo‘natishni o‘zingiz yaxshi bilasiz @teacherazam

14,900 views

Editum Mar 20

Ingliz tili internetning rasmiy tiliga aylanib ulgurgan. Lekin qiziq tarafi shundaki, internetdagi eng ko‘p ishlatiladigan tillar, hayotda shu tilda gaplashadigan odamlar soniga umuman to‘g‘ri kelmaydi! Keling, mana bu g‘alati raqamlarga qaraymiz: 🇩🇪 Nemis tilining kuchi: Internetdagi veb-sayt manzillarining (URL) 7 foizi nemis tilida yozilgan va u ingliz tilidan keyin 2-o‘rinda turadi. Lekin hayotda butun dunyo aholisining atigi 0,9 foizigina bu tilni ona tili deb biladi! 🇷🇺 Rus tilining o‘rni: URL manzillarning 6 foizi rus tilida (asosan sobiq Ittifoq davlatlari hisobiga). Vaholanki, dunyo aholisining atigi 1,8 foizigina rus tilida gaplashadi. 🇨🇳 Xitoy tilidagi adolatsizlik: Dunyodagi har 100 odamdan 16 tasi (16,3%) xitoy tilida gaplashadi. U dunyoda eng ko‘p tarqalgan tillardan biri. Lekin internet manzillarining atigi 5 foizigina xitoychada. 🇪🇸 Ispan tili: Bu tilda gaplashadiganlar ham ko‘p (5,9%), lekin internetda ularning ulushi kamroq (4%). Qolgan 21 foiz sayt manzillari “boshqa tillar” (shu jumladan, bizning o‘zbek tili ham) hissasiga to‘g‘ri keladi. Aslida esa yuqoridagi mashhur tillarni hisobga olmasak, qolgan barcha tillarda butun dunyo aholisining 68,1 foizi gaplashadi! Nega bu katta muammo? Agar siz ingliz, nemis yoki rus tilini bilmasangiz, internetda o‘zingizni huddi kimsasiz orolda qolib ketgandek his qilasiz. Ma’lumot topish qiyinlashadi. Bu narsa, ayniqsa, o‘z tili va madaniyatini texnologiyalar asrida asrab qolishga urinayotgan xalqlar uchun katta xavf tug‘diradi. Ularning madaniyatini texnologiya “yutib yuboryapti”. Yechim bormi? Ha, harakatlar bor. Masalan, Vikipediya 2015-yildan beri ingliz tilida bo‘lmagan maqolalarni ko‘paytirish ustida ishlayapti. YUNESKO kabi yirik tashkilotlar ham internetni barcha tillar uchun teng, ko‘p tilli makonga aylantirishga harakat qilmoqda. 💪 Men ham o‘z blogimda o‘zbek tilidagi foydali postlarni va long-read’larni ko‘paytiryapman. Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshi yechim Englify. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam

13,100 views

Editum Mar 20

Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizga va yaqinlaringizga Iyd-al-Fitr shukuhi doimo hamroh boʻlishini tilayman. Muqaddas oy davomida tutgan roʻzalaringiz, qilgan ibodatlaringiz Allohning dargohida ijobat boʻlsin. 🤲 Ilohim, doimo tinchlik-xotirjamlikda, xursandchilik bilan yashab, jamiyatimizga foydasi tegadigan insonlar boʻlib yuraylik. Oʻz ustingizda ishlashdan, yangi bilimlar olishdan va yuksalishdan aslo charchamang! Qani, izohlarda boʻlishamiz, kim hayitlikka nima sovgʻa oldi? @teacherazam

13,100 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485