TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg424,900Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 4 z 76 · 912 postów

Opublikowano 21 kwi

HEMIS tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi! Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi. Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy: 1️⃣my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring; 2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang; 3️⃣Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang. ‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi: Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar. Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi. ✅@talimuz

22,400 views

Opublikowano 20 kwi

⚡️Sertifikati bor oʻquvchilarga yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi tasdiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138-sonli buyrugʻi bilan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi tasdiqlandi. Unga ko'ra: ➖Sertifikatlar roʻyxatida keltirilgan (minimal darajadagi) milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi. ➖Oʻquvchilar tomonidan olingan xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni yuklash, haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash bilan bogʻliq zaruriy amallarni bajarish yuzasidan “erp.maktab.uz” elektron platformasida qoʻshimcha funksiyalar ishga tushiriladi. ➖Maktablarda belgilangan masʼul xodim tomonidan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati shakllantirilib boriladi. Bunda, roʻyxat shakllantirish uchun sertifikatning elektron nusxasi olinib, asl nusxasi egasiga qaytariladi. ✅@talimuz

33,900 views

Opublikowano 18 kwi

“Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi Bu to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. ✅ Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Dastur davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. 📋 Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi: 🔹30 yoshga to‘lgan; 🔹 kamida magistr akademik darajasiga ega; 🔹 oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan . 📙 Dastur tinglovchilarida quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi: ▪️ akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv; ▪️ sun’iy intellekt va raqamlashtirish; ▪️ strategik boshqaruv va transformatsiya . ⌛️ Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi. Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi. ✅@talimuz

25,200 views

Opublikowano 18 kwi

⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun katta tanlov eʼlon qildi — Hujjatlar shu yilning 6-mayiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi. 🇺🇿 Respublika miqyosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun, Yoshlar ishlari agentligi hamda Registon ta’lim loyihasi hamkorligida, 3-sinfdan 10-sinfgacha boʻlgan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida bilimlar bellashuviga start berildi. 🏆Tanlov g'oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi: ➖Onix avtomobili, ➖ iPad planshetlar, smartTVlar ➖ Maxsus grant va sertifikatlar. 👉Ro'yxatdan o'tish 👉Ro'yxatdan o'tish ✅@talimuz

35,600 views

Opublikowano 17 kwi

❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi e’lon qilindi! Tizimda bir qator muhim o‘zgarishlar va yangi qulayliklar amalga oshirildi: 1️⃣ OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi; 2️⃣ Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan avtomatik tekshiriladi; 3️⃣ Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi; 4️⃣ Talabalar va mas’ullar endi shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin; 5️⃣ Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi; 6️⃣ Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi; 7️⃣ Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi. Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki tizimlar bir-biri bilan bog‘landi. ✅@talimuz

27,100 views

Opublikowano 17 kwi

Endi davomatlar QR kod orqali bo‘ladi ✅@talimuz

22,900 views

Opublikowano 16 kwi

❗️Maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari tizimi joriy etiladi O‘quvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, respublikada maktab bitiruv imtihonlari va oliy ta’limga kirish sinovlarini birlashtiruvchi Yagona davlat imtihonlari tizimi yo‘lga qo‘yiladi. ✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv hamda professional ta’limga qabul imtihonlarini o‘z ichiga olgan asosiy davlat imtihonlari joriy etilib, uning tarkibi 2 ta majburiy fan (ona tili va matematika) hamda 2 ta tanlov fanidan iborat bo‘ladi. ✅ 11-sinf bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda OTM yoki professional ta’limgaqabul imtihonlarini o‘z ichiga oluvchi yagona davlat imtihonlari yo‘lga qo‘yiladi va unda o‘quvchilar 2 ta majburiy fan (ona tili va matematika) hamda bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 ta tanlov fanidan sinov topshiradilar. Tizimning asosiy muddatlari va tartibiga ko‘ra, imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish har yili 1-yanvardan 31-martga qadar davom etadi. Mazkur jarayonlar 2026-2027-o‘quv yilida Navoiy, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 2027-2028-o‘quv yili yakunidan boshlab butun respublika bo‘ylab to‘liq amaliyotga kiritilishi belgilanmoqda. Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar tegishli fandan imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtihon topshirish uchun 50 foiz qo‘shimcha vaqt va alohida sharoitlar (surdotarjimon, Brayl alifbosi va hk.) taqdim etiladi. Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun bepul onlayn diagnostik testlar tashkil etiladi. 📝 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring ✅@talimuz

128,000 views

Opublikowano 16 kwi

❗️Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi hamda milliy reytingdagi Top 50 texnikumlar 1.2 mlrd so‘mgacha rag‘batlantirilishi mumkin Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3816, 15.04.2026-y.). Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi. ✅ Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: ➖ vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar; ➖ ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar; ➖ umummilliy so‘rovnoma natijalari. 💰 Har yili 10-oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi. 📝 Bunda, har yili 30-mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi: ▪️80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ▪️20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish. ✅@talimuz

25,700 views

Opublikowano 15 kwi

❓Talaba oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkinmi? ✅ JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan. Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing: 1️⃣ Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 25 foizi va undan ortig‘inisababsiz qoldirgan bo‘lsa, u ushbu fan bo‘yicha imtihonga qo‘yilmaydi. ❗️Eslatma: Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi. 2️⃣ Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 3️⃣ Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba jarayondan chetlashtiriladi: 🔹 ID-karta yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa; 🔹 Imtihonga telefon, shpagalka yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa; 🔹 Akademik etika qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash). 4️⃣ Akademik qarzdorlik va kursdan qolish: 🔹3 tagachafandan qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi. 🔹 Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘pbo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular kursdan qoldiriladi. ❓Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi? Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab mutlaqo g‘ayriqonuniy. Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi. Biroq, muhim bir jihatni unutmang: Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da, OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya qilaman. Barcha jarayonlar HEMIS tizimi orqali nazorat qilinishini inobatga olib, dars qoldirish foizini va oraliq ballaringizni doimiy kuzatib borishingizni tavsiya qilaman. ✅@talimuz

29,000 views

Opublikowano 13 kwi

❗️Davlat qabul komissiyasi vakolatlari vazirlikka berilmoqda 2026-yil 10-apreldagi Prezident farmoni bilan Davlat qabul komissiyasining yana bir nechta muhim vakolatlari vazirlikka olib berilmoqda. Jumladan: ✅bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlash (oxirgi yillarda ahvol yaxshilandi-yu, lekin uzoq yillar imtihon natijalari aynan Davlat qabul komissiyasi tasdiqlamagani uchun juda kechikib e’lon qilinar edi); ✅o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishning so‘nggi muddatini belgilash (bungacha 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, yuqori kurslar uchun muddatni oliygoh rektorlari tasdiqlar edi); ✅bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiya berish(bunda ham “perevod” natijalari juda kech tasdiqlanar, ungacha o‘qishlar boshlanib ketib, ariza bergan talabalar na uyoqli, na buyoqli bo‘lib, arosatda qolayotgan edi); ✅imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilish(bu ham og‘riqli masala edi. Har yili imtiyozli abituriyentlar uchun Davlat qabul komissiyasining alohida “protokol” chiqishi kutilar, allaqachon mandat chiqib, hatto ba’zan o‘qishlar boshlanib ketsa ham, imtiyozga ega abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini bila olmas va xavotirga ham tushib qolishardi); ✅xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan grant o‘rinlariga talabalikka tavsiya etish. Eslatma: bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan hollar mustasno. Masalan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda yuqoridagi ayrim vakolatlar oliygohning o‘ziga berilgan va ular vazirlik qarorini kutishi shart emas. ✅@talimuz

24,800 views

Opublikowano 13 kwi

❗️Magistraturaga kirishda yana imtihonlar qaytishi mumkin Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga berilmoqda. ❓Bu nima degani? Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi. Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga mutaxassislik fanidan imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi. Imtihon shaklini ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi. 👉@talimuz

24,800 views

Opublikowano 11 kwi

❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi (v1.8.6) foydalanishga topshirildi! Tizimning 2026-yil 10-apreldagi yangilanishida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt integratsiyasi va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: 1️⃣Talabalar harakatiga oid yangi buyruqlar Tizimda talaba o‘qishini tiklash, o‘qishni bekor qilish, talabalarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash va shaxsiy grafik asosida ta’lim olish bo‘yicha buyruqlar funksionali ishga tushirildi. 2️⃣Dars jadvali va kalendar rejalashtirish O‘quv reja haftalarini 7 kunlik tizimga moslashtirish imkoniyati yaratildi. Endilikda yakshanba kuniga ham dars qo‘yish va dars jadvalini avtomatik generatsiya qilish funksiyalari takomillashtirildi. 3️⃣Transkript bo‘yicha kengaytirilgan qidiruv Transkript bo‘limiga talabalarni familiyasi, ID raqami va pasport ma’lumotlari bo‘yicha tezkor topish imkonini beruvchi filtrlar qo‘shildi. 4️⃣Ma’lumotlarni Excelga eksport qilish Akademik yozuvlardagi fanlar va baholar ro‘yxatini, shuningdek, Akkreditatsiya bo‘limida guruhlar kesimidagi baholarni Excel formatida yuklab olish funksiyasi yaratildi. 5️⃣O‘quv reja yaratishdagi unikallik O‘quv rejalarini shakllantirishda xatoliklarning oldini olish maqsadida fakultet, mutaxassislik, ta’lim turi, shakli va o‘quv yili bo‘yicha takrorlanmaslik (unikallik) nazorati o‘rnatildi. 6️⃣Rahbariyat uchun monitoring tizimi “Rahbar” roli ostida tyutorlar faoliyatini masofadan kuzatib borish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Tyutor monitoringi” bo‘limi ishga tushdi. 7️⃣Shaxsiy qaydnomalar nazorati Shaxsiy qaydnoma qo‘shish jarayoni takomillashtirildi. Endi ro‘yxatda faqatgina tegishli ruxsat berish buyrug‘ida qayd etilgan talabalargina ko‘rinadi. 8️⃣Plagiatga qarshi kurash (Antiplag.uz) Tizim Antiplag.uz platformasi bilan integratsiya qilindi. Endilikda talabalar tomonidan yuklangan ilmiy va ijodiy ishlar (kontentlar) ko‘chirmachilikka qarshi tekshiriladi. 9️⃣Sun’iy intellekt (AI) integratsiyasi HEMIS tizimi zamonaviy AI texnologiyalari — Gemini va Ollama modellari asosida ishlovchi aqlli chatbotlar bilan bog‘landi. 🔟Qayta aloqa va qo‘llab-quvvatlash Tizimni baholash moduli hamda yuzaga kelgan savollarga tezkor javob olish uchun Tiket (murojaat) tizimi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. 👉@talimuz

25,500 views
123456•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576