TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens167,300Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 13 de 85 · 1,011 scripta

Editum Feb 5

14,900 views

Editum Feb 5

15 daqiqa “Ona tili” = 2x tezroq ingliz tili ✅Ona tili fanini hech bo'lmaganda toza 3 bahoga o'qigan o’quvchilar ingliz tilidagi qoidalarni ham tez tushunadi. ❌ Lekin buning uchun maktabdagi hamma ona tilini kitoblarini qaytadan o’qib chiqishingiz shart emas. Bu ikki tildagi eng muhim farqlarni va qoidalarni o’rganib olsangiz yetadi. 📺 Biz shu ma'lumotlarni 13 daqiqalik videoga jamladik. Ko'ring, yangi tillarni tezroq o'rganishni boshlaysiz. Videoni ko'rish: 👇 📹15 daqiqa “Ona tili” = 2x tezroq ingliz tili #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

17,200 views

Hashtags

Editum Feb 4

Epstein kim? 👨‍🦰 Jeffrey Epstein o‘zini “moliyachi” va boylarga maslahat beradigan odam qilib ko‘rsatgan, mashhur va juda boy odamlar bilan yaqin bo‘lgan. Uning kuchi pulning o‘zida emas, pul va tanishlar orqali elita davralariga kirib, o‘zini “kerakli odam” qilib ko‘rsatganida edi. U xayriya va ilm-fan atrofidagi aloqalarni ham obro‘ yig‘ish uchun ishlatgan, degan tanqidlar bor. Ya’ni odamlar “yaxshi odam ekan” deb o‘ylasin, eshiklar ochilsin, tanishlar ko‘paysin deb qilgan ko‘p ishni. Niyatini 100% bilib bo‘lmaydi, lekin hujjatlar u bu aloqalarni o‘z foydasiga mohirona ishlatganini ko‘rsatadi. ⚖️ Prokurorlar Epstein voyaga yetmagan qizlarni pul va “massaj” bahonasi bilan jalb qilib, jinsiy ekspluatatsiya qilgan va buni tizimga aylantirgan, deb aytadi. Uning sherigi sifatida Ghislaine Maxwell ham sudlanib, 2022-yilda 20 yilga qamalgan. Epstein 2000-yillar oxirida ham ushlangan, lekin ish o‘sha payt juda yengil kelishuv bilan yopilib ketgani keyinchalik qattiq tanqid qilingan. 2019-yilda u yana hibsga olingan, ammo 2019-yil 10-avgustda qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan. 💵 U o‘lgandan keyin ish davom etdi: jabrlanuvchilarga 121 mln dollardan ortiq kompensatsiya to‘langani aytiladi, banklar bilan yirik kelishuvlar bo‘lgan. Hujjatlarda ko‘p mashhur isimlar tilga olinadi, lekin “nom chiqdi” degani avtomatik aybdor degani ham emas. 2025 oxiri–2026 boshida AQSh Adliya vazirligi maxsus qonun bo‘yicha materiallarni ommaga chiqara boshladi. 2026-yil 30-yanvarda ular 3 mln+ sahifa, 2,000+ video va 180,000 rasm chiqarilganini aytdi. Sizning ham AQShda bo‘lyotgan bu voqeadan xabaringiz bormi? 👉Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. @teacherazam

17,200 views

Editum Feb 3

14,700 views

Editum Feb 3

🇺🇸 AQShda oxirgi 25 yil (2000–2025) ichida umumiy narxlar o‘rtacha hisobda 92% ga oshgan. Oddiy qilib aytganda, 2000-yilda bir narsa $100 bo‘lgan bo‘lsa, hozir o‘sha narsa taxminan $192 atrofida bo‘lib qolgan. Infografikadagi qora chiziq “hamma narsaning o‘rtacha darajasi” 💸 Lekin eng muhim gap shuki inflyatsiya hamma narsaga bir xil ta’sir qilmagan. Odamlarga eng ko‘p kerak bo‘ladigan xizmatlar va “majburiy” xarajatlar ko‘pincha umumiy inflyatsiyadan ham tezroq qimmatlashgan. Masalan, shifoxona xizmatlari +275%, bola parvarishi (child care) +185%, tibbiy xizmatlar +129%, uy-joy +111%, ovqat-ichimlik +104%. Ya’ni “har kuni kerak bo‘ladigan” narsalar ko‘proq qimmatlashgan, shuning uchun odamlar ko‘pincha “men inflyatsiyani o‘zimda juda kuchli sezdim” deydi, chunki ular aynan shu toifalarga pul sarflaydi. 💸 Boshqa tomondan, texnologiya bilan bog‘liq narsalar ko‘pincha arzonlashgan. Bu “mutlaqo tekin bo‘lib ketdi” degani emas, balki 25 yil ichida ularning narxi umumiy inflyatsiyaga qaraganda juda sekin o‘sgan yoki hatto tushgan. Masalan, infografikada TV’lar -98%, kompyuter dasturlari -75%, o‘yinchoqlar -74%, mobil aloqa xizmatlari -43% deb ko‘rsatilgan. Shuning uchun telefon, televizor, dastur kabi narsalar vaqt o‘tishi bilan ko‘proq “qulaylashib” ketadi, lekin tibbiyot, uy-joy, bog‘cha kabi narsalar odamlarni ko‘proq qiynaydi. Bizda 20 yil davomida kundalik narsalar qanchaga qimmatlashdi deb o‘ylaysiz? Manba @teacherazam

17,200 views

Editum Feb 3

❗️Nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying 15 million kishining shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi bugungi xabarlar fonida sizga qattiq tavsiyam: nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying. Buni nafaqat o’zingiz uchun, balki ota-onangiz va yoshi kattaroq boshqa oila a’zolaringiz uchun ham amalga oshiring. ❓Buning uchun nima qilish kerak? my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati bor, o’sha xizmatni faollashtiring. ❓Bu nima degani? Siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga taqiq qo‘yasiz. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi. Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va juda oson. ℹ️ Ma’lumot uchun: ✅ "Yoqilgan" statusi— kredit olishga taqiq o’rnatilgan degani; ❌ "O’chirilgan" statusi — taqiq yo’q degani. 👉@xushnudbek👈

10,700 views

Editum Feb 2

🧠 Anthropic degan AI kompaniyasi bu oy “Claude Cowork” degan yangi AI agentini e’lon qilgandi. U oddiy odamlarning ish kunini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan: masalan, vazifalarni tartibga solish, yozishmalarni tezlashtirish, ishni tezroq bajarishga yordam berish. Shu yangilik anchagina shov-shuv bo‘lgandi. 📺 Ayrim dasturiy ta’minot kompaniyalari aksiyalari tushib ketdi, dunyo bo‘ylab ko‘plab startap asoschilari qo‘rqib qoldi, chunki “AI agentlar bizning ishimizni (yoki mahsulotimizni) bosib ketmaydimi?” degan xavotir kuchaydi. Lekin Gallup kompaniyasining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, amerikalik xodimlar bu texnologiyani allaqachon ishlatib kelayotgan edi, hatto “Cowork” chiqishidan oldin ham. 🖥 Ularning kecha e’lon qilingan natijalariga ko‘ra, 2025-yilning 4-choragida (Q4) ish joyida AI ishlatish yana oshgan: har kuni ishlatadiganlar ham, tez-tez ishlatadiganlar ham, deyarli ishlatmaydiganlarning umumiy ulushi ham ko‘paygan. Eng qiziq joyi: Gallup ma’lumotiga ko‘ra, bor-yo‘g‘i taxminan 2,5 yil ichida AQShda ishda AI’ni har kuni ishlatadigan xodimlar foizi uch baravar bo‘lib ketgan. 👨‍💻 “Haftasiga bir necha marta” ishlatadiganlar ham, “yiliga bir necha marta” bo‘lsa ham ishlatadiganlar ham ikki baravardan ko‘proq oshgan. Ya’ni AI ish hayotiga juda tez kirib kelyapti. Bu o‘sish sizga “katta yangilik” bo‘lib tuyuladimi yoki yo‘qmi, bu siz ishlaydigan joyga bog‘liq. Ba’zi ofislarda AI oddiy kalkulyator kabi doim ishlatiladi, boshqa joylarda esa hali “bizga kerak emas” deyishadi. Qaysi kompaniyada va qaysi sohada ishlashingiz ham bu farqni o‘zgartiradi. Siz ham ishingizda qanchalik ko‘p AI’dan foydalanyapsiz? Manba @teacherazam

11,800 views

Editum Feb 2

Mushuksevarlar, qanisizlar? 🐈‍⬛ Siz uchun bitta telegram kanal tavsiya qilmoqchiman. U yerda mushuklaringizni xarid qilishingiz yoki tekinga olishingiz mumkin. U yerda har xil turdagi mushuklarni topasiz. Bundan tashqari o‘zlarining telegram boti ham bor ekan. Agar siz mushuk sotmoqchi yoki hadiya qilmoqchi bo‘lsangiz, botga kerakli ma’lumotlarni kiritasiz va hammasi tayyor bo‘ladi. #HADIYAGA yoki #SOTILADI heshteglari bilan sizga keraklilarini topish esa yanada oson 🐈 Faqat mushuklarni tekinga olyotganingizda mas’uliyatli bo‘ling. Keyin ko‘chaga qo‘yib yuboradigan bo‘lsangiz, olishni tavsiya qilmayman. Telegram kanal: @cats_hub_uzbekistan

11,600 views

Editum Feb 1

Yanvar oyida qanday postlar chiqardim? 1. Maqsadlarni qo‘ygan odamlar haqida 2. 2025-yil so‘zlari 3. Dunyodagi eng qimmat 10 ta aktiv 4. Bolalarni tarbiyalash uchun qancha ketadi 5. Ishlash uchun eng yaxshi kompaniylar 6. Ortiqcha vaznga ega insonlar davlatlarda qancha 7. Mamlakatlarda inflatsiya darajasi 8. Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi oshdi 9. Nima uchun o‘rtacha umr ko‘rish yoshi o‘sadi? 10. Sog‘lom ovqatlanish qanchaga tushadi 11. Vikipediyadagi eng mashhur 10 ta maqola 12. 2026-yilda qanday yashab qolish mumkin 13. Sanoatdagi turli yoqilg‘ilarning ulushi 14. Dollarning zaiflashuvi 15. Sile me ilovasi birinchilikka chiqdi 16. Uy narxi qimmat, hajmi kichkina bo‘lyapti 17. Farmasevtika qaysi dorilardan ko‘p daromad qilyapti? 18. Diqqatni saqlab qolish yo‘li 19. Qo‘shiqlar mahzun bo‘lib bormoqda 20. NATO’ning mudofa xarajatlari qanday? 21. Kreativ bo‘l 22. Yangi yil maqsadlar uchun qanday payt 23. Board of Peace nima? 24. JCh boykot bo‘ladimi? 25. Yoshi kattalar AQSh urish e’lon qilgan joylarga qanday munosabatda? 26. Dunyoda iqtisodiy o‘sish qanday bo‘ladi? 27. Nima davlatlarga eng ko‘p zarar yetkazishi mumkin? 28. AQShda oila a’zolar ko‘pligiga qarab qancha ishlab topadi? 29. Hindiston 2026-yilda qancha o‘sadi?

13,100 views

Editum Jan 31

Hindiston 2026-yilda necha foizga o‘sishi kutilyotgani haqida post qilgan edim. 🇮🇳 Bu infografikada 2020-2025-yil davomida Hindiston 1 rupiy daromadni qayerlardan olishi ko‘rsatilgan O‘rtacha hisobda, hukumat topadigan har ₹1ning 55–60 foizi soliqlardan keladi. 📈 Bu soliqlarga odamlarning daromadidan olinadigan foyda solig‘i, kompaniyalardan olinadigan korxona solig‘i va mahsulot-xizmatlarga qo‘shiladigan QQS kiradi. Soliqlar ichida foyda solig‘i + korxona solig‘i birga hisoblanganda har ₹1 ning taxminan 30–35 foizini beradi. 🔺 Bu Hindiston pulning katta qismini tobora ko‘proq odam va kompaniya daromadidan olinadigan soliqlarga tayanyotganini bildiradi Lekin soliqlar yaxshi yig‘ilsa ham, hukumat baribir katta miqdorda qarz olaveradi. 2020–2025 oralig‘ida har ₹1 ning taxminan 25–35 foizi hukumat olgan qarzlar hisobiga keladi 🦠 COVID-19 yillarida (2020–21) iqtisodiyot sekinlashib, davlat xarajatlari ko‘paygani uchun qarzga tayanish eng yuqori darajaga chiqqan. Keyinroq, 2024–25 ga kelib daromadlar yaxshilangani sari bu tayanish asta-sekin kamaygan. Hukumatning qolgan daromadi, ya’ni har ₹1 ning taxminan 8–10 foizi soliqdan tashqari manbalardan keladi. 🏦 Masalan, Markaziy bank (RBI) va davlat korxonalari foydasidan tushadigan dividendlar, turli to‘lovlar va yig‘imlar, foiz daromadlari va ba’zan davlat o‘z aktivlarini sotish orqali tushadigan pul bo‘lishi mumkin. Manba @teacherazam

14,000 views

Editum Jan 31

11,400 views

Editum Jan 30

🇺🇸 Bu infografika AQShda uy xo‘jaligi (bir uyda birga yashaydigan odamlar) soniga qarab o‘rtacha daromadni ko‘rsatadi. Ma’lumotlar AQSh Aholini ro‘yxatga olish idorasi (U.S. Census Bureau)ning American Community Survey (ACS) 2024, 1 yillik hisobotidan olingan. 💲 2024-yilda AQSh bo‘yicha median uy xo‘jaligi daromadi $81,604 ekan. Infografikadagi raqamlar uyda nechta odam yashashiga qarab farqlanadi: • bir kishi yashaydigan uy xo‘jaliklarida median daromad $42,124; • ikki kishilik uy xo‘jaliklarida esa bu $90,465; • uch kishilikda $107,126; • to‘rt kishilikda $124,990; • besh kishilik $119,003; • olti kishilik $118,348; • eng yuqorisi “yetti yoki undan ko‘p odam” bo‘lib, median daromad taxminan $126,072 atrofida. 👨‍👩‍👧‍👧 Bu yerda juda oddiy mantiq bor: uyda odam ko‘p bo‘lsa, ko‘pincha ishlaydigan odamlar ham ko‘proq bo‘ladi (ota-ona, katta farzandlar va hokazo), shuning uchun uyga kiradigan jami pul ko‘payadi. 🚫 Lekin bu “katta oila boyroq” degani emas. Chunki katta oilada pul ko‘proq odamga bo‘linadi. Shu sababli, uy xo‘jaligining umumiy daromadi balandroq ko‘rinsa ham, har bir odamga to‘g‘ri keladigan ulush ko‘pincha kichik oilalarnikidan pastroq chiqadi. Yana bitta qiziq narsa yolg‘iz yashaydigan odamlar daromadi, ikki kishilik uy xo‘jaliklarinikidan yarmidan ham kam. Bu ham ko‘pincha “bitta odam = bitta ish haqi” bo‘lgani uchun. Manba @teacherazam

13,500 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485