TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 84 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 18 Mar
🌤Samarqandda 19-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+27° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:39 Quyosh botishi: 18:41 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Mar
Urgutda ota farzandi uchun 80 million so‘m to‘lab berdi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor J.T.dan undiruvchi G.E.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur sud qaroriga asosan ijro hujjati bo‘yicha MIBning Urgut tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandiga aliment uchun hisoblangan 80 million so‘mni bir yo‘la oldindan to‘lab berdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Mar
Samarqand viloyatida 33 mingga yaqin kichik biznes subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda 2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 32 559 tani tashkil etmoqda. Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Samarqand shahrida (30,7 foiz), Samarqand (9,3 foiz), Pastdarg‘om (7,7 foiz), Urgut (7,3 foiz) va Payariq (4,9 foiz) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu hududlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50 foizdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Mar
Samarqandda avtobus haydovchisi yo‘nalish chizmasidan chiqib ketib, qo‘pol xatti-harakatlar sodir qildi Ijtimoiy tarmoqlarda 87-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusning yo‘nalish chizmasidan chiqib ketganligi hamda haydovchining qo‘pol xatti-harakatlari yuzasidan videomurojaat tarqaldi. Aniqlanishicha, holat “Toxir R” MChJga tegishli, 87-sonli “Sartepa maskani-Universitet xiyoboni” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanishi belgilangan, davlat raqami 30/652 YBA bo‘lgan avtobus haydovchisi tomonidan sodir etilgan. Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan avtobus haydovchisi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. "Korxona rahbariyati tomonidan haydovchiga belgilangan tartibda jazo chorasi qoʻllanilib, “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar alohida nazoratga olindi" deyiladi viloyat Transport boshqarmasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mar
🌤Samarqandda 17-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+22° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:41 Quyosh botishi: 18:40 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mar
🌸SAMARQANDDA BAHOR NAFASI Suratlarda Urgut tumanidan oʻtgan Taxtaqoracha dovoni tabiati aks etgan. Foto: Abbos Shodmonqulov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mar
📊Qaysi sohada mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘proq faoliyat yuritmoqda? Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yil 1-mart holatiga jami 285 459 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda. ✅ Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha: savdo sohasida – 105 732 ta; sanoat sohasida – 40 490 ta; qurilish sohasida – 24 710 ta; qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 24 636 ta; yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 15 929 ta; tashish va saqlash sohasida – 14 658 ta; axborotva aloqa sohasida – 8 666 ta; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 6 967 ta; boshqa sohalarda – 43 671 ta. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mar
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda Vazirlar Mahkamasi tegishli qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Parlament matbuot xizmati esa hali muhokama ham qilinmagan loyihani go‘yoki qabul qilib bo‘lingandek xabar tarqatdi: “Endi qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanadi”. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mar
Samarqandda kutubxonada yongʻin sodir boʻldi Samarqand shahrida joylashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 14-mart kuni soat 22:50 da Samarqand shahri Shohruh Mirzo ko‘chasida joylashgan kutubxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan. 6 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Ushbu yong‘in kutubxonaning ma’muriy binosida sodir bo‘lgan hamda kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mar
📱 O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlarning o‘rtacha soni 356 tani tashkil etdi. ✅ 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni yillar kesimida: 2005-yil – 79 ta; 2010-yil – 145 ta; 2015-yil – 234 ta; 2020-yil – 287 ta; 2024-yil – 356 ta. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Mar
🌤Samarqandda 15-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +4/+22° Kechasi: +4 - +9°, iliq. Kunduzi: +17 - +22°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:45 Quyosh botishi: 18:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube