TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 2 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 12 Apr
Urgutda poyafzal sexida yongʻin sodir boʻldi Bugun, 12-aprel kuni soat 08:55 atrofida Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” MFY hududida joylashgan poyafzal ishlab chiqarish sexida yongʻin yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ishlab chiqarish chiqindilari saqlanayotgan hududda kelib chiqqan. Voqea haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgach, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Apr
Samarqandda kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 10–11 aprel kunlari Samarqand viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarda yog‘in miqdori qisqa muddat ichida keskin oshadi. Ayniqsa, qisqa vaqt ichida yog‘gan jala ko‘rinishidagi yomg‘irlar drenaj va oqava tizimlariga katta yuklama bergan. Shu sababli ayrim joylarda suv oqimi tizimlari yuklamani to‘liq qabul qila olmay, ko‘chalarda suv yig‘ilishi kuzatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Apr
Samarqandda qurilishda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarib olindi Kecha, 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 da Samarqand shahridagi “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida fuqaroni tuproq ostidan olib chiqgan. Jabrlanuvchiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas. Hozirda fuqaroning ahvoli barqaror, yaqin kunlarda shifoxonadan chiqarilishi kutilmoqda, deyiladi FVV xabarida. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi qurilishda tuproq ko‘chigani haqida xabarlar tarqalgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
🌥Samarqandda 9-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+25° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:05 Quyosh botishi: 19:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi bilan uchrashdi Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi yakunlari muhokama qilinib, ikki tomonlama iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, strategik sheriklikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun AQSh Davlat kotibiga minnatdorlik bildirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Apr
🌥Samarqandda 8-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+18° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:06 Quyosh botishi: 18:59 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Apr
Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻillanib kelayotgan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Apr
🚬Endi chekish va daraxt kesganlik uchun Qo‘riqlash xodimlari ham jarima soladi Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati samaradorligini oshirish”ga qaratilgan qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xodimlariga o‘tkazilmoqda. Endilikda ular: — jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, — noqonuniy ov qilish, — daraxtlarni kesish va boshqa ekologik qoidabuzarliklar yuzasidan choralar ko‘rishi mumkin. Shuningdek, qonun bilan texnik qo‘riqlash vositalarini loyihalash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berish vakolati IIVga o‘tkazilmoqda hamda tadbirkorlar uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
🌦Samarqandda 7-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+18° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:07 Quyosh botishi: 18:59 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
🌧️Samarqandda haftaning asosiy yog‘inlari kutilmoqda Oʻzgidromet prognoziga ko‘ra, 5–7 aprel kunlari Samarqand viloyatida hafta uchun hal qiluvchi yog‘ingarchiliklar kutilmoqda. Ayrim hududlarda yog‘in miqdori hatto bir oylik me’yorga yaqinlashishi, haftalik umumiy yog‘in miqdori taxminan 25–60 mm atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy yog‘inlar 6-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelib, aynan shu kuni yomg‘irlar eng kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kuchli yog‘inlar sabab Urgut, Qo‘shrabot, Nurobod, Bulung‘ur, Jomboy hamda Samarqand tumanlarda sel xavfi e’lon qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
Samarqandda ayrim hududlarda suv o‘chadi Temir yo‘l hududi va Gagarin ko‘chasi atrofida yashovchilarning ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi. Dagbit suv inshootida yangi nasoslar ulanayotgani va bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari sabab 7-aprel, 01:00 dan 9-aprel, 08:00 gacha quyidagi hududlarda ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi: 📍Qorasuv maskani 📍Samarqand tumani (O‘zbekkenti, Yangi Obod va boshqalar) 📍Moturid hududi 📍Temir yo‘l orti hududi 📍Gagarin ko‘chasi atrofi 📍Rudakiy va Navoiyshox ko‘chalari 📍Vokzal va Travmatologiya hududi 📍Pereezd hududi 📍Narpay ko‘chasi atrofi Aholidan oldindan suv zaxira qilish so‘raladi, deyiladi “Samarqand suv ta’minoti” AJ xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
Qoradaryoda butalarga zarar yetkazganlar 33 mln so‘m jarimaga tortildi Kattaqo‘rg‘on tumanida ekologiya inspektorlari reyd vaqtida jiddiy qonunbuzarlikni fosh qildi. Jonkel MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining muhofaza zonasida 4 nafar fuqaro ekskavator va yuk mashinalari bilan yovvoyi butalarni (yulg‘un, jiyda) ildizi bilan qo‘porib tashlagan. Natijada o‘simlik dunyosiga sezilarli zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jami 32 mln 960 ming so‘m jarima qo‘llanildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube