TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 25 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 29 Des
⛽️Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkaziladi Ertaga, 30-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab, respublika hududidagi barcha metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur chora aholi va transport vositalarini yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, yil yakunidagi talabning oshishi bilan bog‘liq qulayliklarni yaratish maqsadida joriy etilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Des
Samarqandda 4 696 nafar fuqaroning yer va undagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli Qonuni asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur Qonunga muvofiq, bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqlarini tan olish vakolati xalq deputatlari viloyat Kengashlariga berilgan. Shu asosda, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tegishli qarorlari bilan bugungi kunga qadar viloyat hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar bo‘yicha 4 696 nafar fuqaroning, shundan navbatdagi sessiyada yana 693 nafar fuqaroning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Des
2025-yilgi attestatsiyada o‘qituvchilarning 60 foizdan ortig‘i sinovdan o‘ta olmadi 2025-yilda ta’lim tizimida o‘tkazilgan malaka attestatsiya test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida ikki bosqichda tashkil etilgan attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi belgilangan talab darajasiga erisha olmagan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami 353 604 nafar pedagog attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan. Ulardan 227 793 nafari, ya’ni 60 foizdan ortig‘i, yetarli ball to‘play olmagani sababli attestatsiyadan o‘tolmagan. Shu bilan birga, 125 811 nafar o‘qituvchining malaka toifasi saqlangan yoki oshirilgan bo‘lsa, 6 553 nafar pedagogga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sertifikat berilgan. Shuningdek, 48 600 ga yaqin o‘qituvchi xalqaro tan olingan sertifikatlari asosida ustama olish huquqiga ega bo‘lgan. 2025-yilgi attestatsiya jarayoni pedagoglar orasida keng muhokama va noroziliklarga ham sabab bo‘lgandi. Ayrim o‘qituvchilar vazirlik qarorlaridan norozi bo‘lib, sudlarga murojaat qilgan. Biroq sud jarayonlari vazirlik foydasiga hal etilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Des
🌥Samarqandda 28-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+13° Kechasi: - 0 - +5°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarga yomgʻir yogʻadi, ayrim hududlarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:51 Quyosh botishi: 17:15 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Des
Mirzo Ulugʻbek madrasasida qizlar tarixiy shaxslar haykallarini masxara qildi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Registon ansamblida joylashgan Mirzo Ulug‘bek madrasasining muzey qismida suratga olingan video keng tarqaldi. Unda ayrim qizlarning buyuk bobolarimizning mum haykallariga nisbatan nojoiz xatti-harakatlar qilgani, haykallarning turli qismlaridan ushlab, kulgi qilgani aks etgan. Mazkur holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Biroq hozirga qadar mas’ul idoralar tomonidan ushbu voqea yuzasidan rasmiy izoh berilgani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmshohlar haykalini mazax qilgan bloger sud qarori bilan javobgarlikka tortilgan, unga nisbatan Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 4 million 120 ming so‘m jarima hamda 14 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Des
Oʻzbek soʻmini yoqqan xorijiy ishchilarga jarima qo‘llanildi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Sirdaryo tumanida joylashgan korxonalardan birida faoliyat yuritgan xorijiy ishchilar tamaki chekish jarayonida O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mni yoqqan holatlar aks etgani keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. To‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Sirdaryo tumani sudiga yuborilgan. Sud qaroriga muvofiq, aybdor deb topilgan shaxslarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, ish beruvchi tomonidan mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bir tomonlama bekor qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Des
⚡️Elektromobillar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi Elektromobillarni quvvatlash tizimini rivojlantirish maqsadida yangi davlat qo‘llab-quvvatlovlari belgilandi. Endilikda quvvatlash stansiyalarida 1 kVt/soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Shuningdek: — quvvatlash stansiyalarini tashkil etuvchi tadbirkorlarga 10 foizlik imtiyozli kreditlar ajratiladi; — yer maydonlarini auksion orqali ikki baravar arzon narxda xarid qilish imkoniyati yaratiladi; — elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi fuqarolar uchun alohida imtiyozlar joriy etiladi. Mazkur chora-tadbirlar elektromobillar ulushini oshirish va ekologik toza transportni rag‘batlantirishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Des
Samarqand xalqaro aeroportida 1,5 millioninchi yo‘lovchi qayd etildi 2025-yil yakunlariga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroporti orqali xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar soni ilk bor 1 500 000 nafarga yetdi. Mazkur tarixiy ko‘rsatkich 26-dekabr kuni rasman qayd etildi. Yubiley yo‘lovchi “Pobeda” aviakompaniyasining DP-998 Samarqand — Moskva yo‘nalishidagi reysiga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida aniqlandi. U Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘lgan. Tadbir doirasida Air Marakanda kompaniyasining tijorat direktori Dmitriy Martynenko tomonidan yubiley yo‘lovchiga esdalik sovg‘alari hamda VIP-xizmatdan foydalanish uchun sertifikat topshirildi. Shuningdek, “Pobeda” aviakompaniyasi tomonidan Samarqand — Moskva — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha bepul parvoz sertifikati taqdim etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Des
🌥Samarqandda 27-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+15° Kechasi: - 2 - +3°, iliq, Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:51 Quyosh botishi: 17:14 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Des
Urgut tumani tajribasi respublika bo‘ylab joriy etiladi Urgut tumanida 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etiladi. Kelgusi yil ushbu maqsadlar uchun 544 mlrd so‘m yo‘naltirilib: • 72 ta bog‘cha, maktab va poliklinika quriladi, • ichki yo‘llar qurilib-ta’mirlanadi, • kanallar beton qoplamaga o‘tkaziladi, • 2 ta sel-suv ombori barpo etiladi. Shu kabi ishlar 33 ta tuman va 330 ta sharoiti og‘ir mahallada ham amalga oshiriladi. Ularda ijtimoiy ob’yektlar bilan birga tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Umuman olganda, ushbu yo‘nalishlarga barcha manbalar hisobidan 8,5 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Des
2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinadi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasida 2026-yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari nutqida mahalla — jamiyat tayanchi, aholi muammolari eng tez va samarali hal etiladigan bo‘g‘in ekanini alohida qayd etdi. So‘nggi yillarda mahallalar orqali ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tubdan o‘zgargani misol sifatida keltirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Des
❗️Lazerli nur tarqatuvchilarga jarima belgilanmoqda Lazerli nur tarqatuvchi qurilmalardan foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Oddiy lazerli nur tarqatuvchidan foydalanganlik uchun 10 million so‘mdan ortiq jarima qo‘llanilishi mumkin. Agar ushbu uskuna O‘zbekistonga olib kirishga urinish aniqlansa, jarima miqdori 20 million 600 ming so‘mgacha yetadi. Tegishli qonun Senat tomonidan ma’qullangan. Hujjat Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube