TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 5 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 24 Mar
💵Samarqandda “valyutchik” qo‘lga olindi Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro 4 938 AQSh dollarini 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. Undan 2 359 AQSh dollari, 139 455 Rossiya rubli, 2 650 Tojikiston somoni, 2 110 Isroil shekeli, 2 000 Qozog‘iston tengesi, 5 BAA dirhami, 79,2 mln so‘m pul hamda pul sanash apparati ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
🏗️ Samarqandda qurilishlarga ekologik nazorat kuchaytirildi Samarqand viloyatida 2026-yilda qurilish ishlari ko‘payishi fonida havoning ifloslanishi oshishi mumkin. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi. Shu sababli PQ-338 qarori asosida maydoni 500 kv.m dan ortiq qurilish obyektlari nazoratga olinmoqda. Yangi tartibga ko‘ra: texnikalar yuvilmasdan yo‘lga chiqmaydi; qurilish maydonlariga maxsus moykalar o‘rnatiladi; chang ko‘tariladigan joylarda suv purkagich va yomg‘irlatkichlar qo‘llanadi. Viloyatda 2026-yil I–II chorakda 65 ta yirik qurilish obyekti shu talablar asosida nazoratga olingan. Talablarga amal qilinmasa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq 10 baravardan 50 baravargacha BHM miqdorida jarima qo‘llanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
Urgutda maktab o‘quvchisi Gentra’da 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi Urgut tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa 22-mart kuni “Chorchinor” mahallasidagi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Jabrlangan qizcha shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi va avtomobil topildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 11-sinf o‘quvchisi ota-onasining ruxsatisiz boshqargan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mar
⛅️Samarqandda 24-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+27° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:31 Quyosh botishi: 18:46 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mar
Samarqandning 5 ta tumanida yangi tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filialiga qarashli Nurobod, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Oqdaryo va Urgut tumanlarida zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi. Ushbu binolar 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, har biri zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli inshootlardan iborat. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mar
O‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy ishga jalb qilinadi O‘zbekiston fuqarolari AQSHda qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Bu bo‘yicha Migratsiya agentligi va USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasida kelishuv imzolandi. Ma’lum qilinishicha, ishlar H-2A dasturi doirasida tashkil etiladi. Ishlash muddati 9–10 oy bo‘lib, o‘rtacha oylik 3500 dollarni tashkil etadi. Ishchilar ish beruvchi hisobidan turar joy bilan ta’minlanadi. Nomzodlarni tanlashda malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi. Tomonlar yaqin vaqt ichida hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazishga kelishib olgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Mar
⛅️Samarqandda 23-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+27° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:32 Quyosh botishi: 18:46 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Mar
⛅️Samarqandda 21-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+25° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:35 Quyosh botishi: 18:44 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Mar
Samarqandda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi Samarqand shahrida ertaga — 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. 📍Cheklovlar quyidagi hududlarda 21-mart kuni soat 08:00 dan tadbirlar yakunlangunga qadar amal qiladi: — Abdurahmon Jomiy ko‘chasi: Universitet xiyoboni kesishmasidan O‘zbekiston ko‘chasi tutashmasigacha — Bobur Mirzo ko‘chasi: Abdurahmon Jomiy ko‘chasidan Rim ko‘chasigacha Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘raladi, deyiladi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Mar
Hurmatli Bars internet nashri kuzatuvchilari Sizga va siz orqali barcha yaqinlaringizga tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik, baxt-saodat yor boʻlishini jamoamiz bilan chin dildan tilab qolamiz. Ramazon hayiti muborak boʻlsin! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Mar
Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib, 28-martga qadar davom etadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. O‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi. Joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Mar
Samarqand viloyatiga 500 ta elektrobus olib kelinadi Umuman, Narpay, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlari, Kattaqo‘rg‘on shahrining viloyat sanoatidagi jami ulushi bor-yo‘g‘i 10 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ularda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dastur qilinib, 1 trillion 200 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘larning 800 milliard so‘mi sanoat loyihalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlashga, qolgan 400 milliard so‘mi yo‘l, suv, elektr ta’minotini yaxshilash, servis va renovatsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘ doirasida Kattaqo‘rg‘on shahridan 40 kilometr masofadagi Ingichka shaharchasiga sanoat va “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi kiradi. Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahri markazidagi Narpay kanalidan o‘tgan, 60 yil oldin qurilgan ko‘prik ham rekonstruksiya qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube