TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 20 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 17 Jan
⛅Samarqandda 18-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+5° Kechasi: -3 - -2°, sovuq, Kunduzi: -0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishi oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:50 Quyosh botishi: 17:34 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Jan
Samarqandda 4-sinf o‘quvchisi B2 darajani qo‘lga kiritdi Yosh jihatidan chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritishda samarqandlik Ibrohimjon Po‘latov yuqori natija qayd etdi. Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Ibrohimjon ushbu natijaga birinchi urinishdayoq erishgan. Ma’lumot uchun, B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga amaldagi tartibga ko‘ra quyidagi imtiyozlar beriladi: OTMga kirishda chet tili fanidan maksimal ball beriladi; Akademik litsey va OTMlarda chet tili fanidan imtihondan ozod etiladi; Turli tanlov va grant dasturlarida ustunlik beriladi; Xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Jan
Taxtaqoracha dovonida harakat tiklandi Avvalroq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Almata–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida ob-havo sharoiti yaxshilanishi va yo‘l qoplamasi tozalanganidan so‘ng transport vositalari harakati tiklandi. Haydovchilardan dovon hududida harakatlanishda ehtiyot choralariga amal qilish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini soʻraymiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Jan
❤️🔥Toyloq tumanida koʻp qavatli uy zilzilabardoshliligi sinovdan oʻtkazildi 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Jan
❄️Qo‘shrabotda qor qalinligi yarim metrga yetdi Qo‘shrabot tumanining tog‘li hududlarida qor qalinligi 30 sm dan 0,5 metrgacha yetgani kuzatilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Avvalroq Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchiliklar, asosan yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, ob-havo sharoiti sabab “Taxtaqoracha” dovonida transport harakati vaqtincha cheklandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Jan
“Taxtaqoracha” dovonida harakat vaqtincha cheklanadi 2026-yil 16-yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida qor yog‘ishi va havo haroratining keskin pasayishi sabab yo‘l qoplamasining yuza qismi muzlagan. Shu bois dovon hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Taxtaqoracha” dovonining “Urgut–Kitob” yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Haydovchilardan belgilangan cheklovlarga amal qilish, muqobil yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Jan
Taftish uz nomi ostida jarangdor shiorlar va tahdidlar bilan niqoblanib, tovlamachilik va firibgarlik bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh aʼzolariqoʻlga olindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Jan
Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi 20-23-yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri —National AI Xakatonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi. Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar. Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. 👉Batafsil 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Jan
Samarqand shahar hokimi roʻyxatdan oʻtdi 15-yanvardan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni boshlandi. Mazkur jarayon doirasida birinchilar qatorida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ham roʻyxatdan oʻtdi. Maʼlumot uchun, roʻyxatga olish tekshiruv yoki nazorat tadbiri emas. Ushbu jarayon mamlakatdagi aholi soni, aholining yashash sharoitlari hamda qishloq xoʻjaligining real holati haqida aniq statistik maʼlumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Roʻyxatdan oʻtishning eng qulay usuli — 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish hisoblanadi. Ushbu usul tez va oson. Fevral oyidan boshlab esa “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, maʼlumotlar yigʻiladi. Qayd etilishicha, taqdim etilgan barcha maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va soliq yoki boshqa nazorat organlariga berilmaydi. Ular faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jan
Samarqandda kuchli yog‘ingarchiliklar kutilmoqda 16-yanvar kuni Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchiliklar, asosan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shuningdek, “Taxtaqoracha” dovonida juma kuni kunduzgi paytda, “Qamchiq” dovonida esa juma kuni tushdan keyin hamda shanbaga o‘tar kechasi qor bo‘ronlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Avvalroq Samarqandda 25 yil ichida eng koʻp yogʻingarchilik qayd etilgani haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jan
⛅Samarqandda 16-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+8° Kechasi va kunduzi: +3 - +8°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kutiladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:51 Quyosh botishi: 17:32 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jan
Samarqandda bog‘chalarga ovqat yetkazib berish bo‘yicha shubhali tender aniqlandi O‘tgan yilning 3-sentabr kuni Samarqand shahridagi 99 ta davlat bog‘chasiga ovqat yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda “LAZZATLI-HALOL OSHXONA” MCHJ g‘olib bo‘lgan. Tenderning umumiy qiymati qariyb 42 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu haqda data-jurnalist Nodirbek Nortoʻrayev xabar berdi. Bu holat Samarqand shahridagi davlat bog‘chalarining 70 foizdan ortig‘iga ovqat yetkazib berish birgina MCHJ qo‘liga jamlanganini anglatadi. E’tiborlisi, ushbu MCHJ nafaqat Samarqand shahrida, balki viloyatning bir nechta tumanlarida hamda Surxondaryo viloyatidagi ayrim hududlarda ham shunga o‘xshash tenderlarda g‘olib bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube