TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 70 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 16 Mei
Endi radarlar yoʻl chizigʻini bosgan avtomobillarga jarima yozmaydi Prezident topshirigʻiga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yoʻl chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Toʻxtash chizigʻi – “stop-liniya” (5.33 yoʻl belgisi) bundan mustasno. Yaʼni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mei
Samarqandda nechta pedagog 1000 dollar maosh olyapti? Bugungi kunda viloyatda 1333 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi (1268 ta umumta’lim, 18 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident maktabi, 46 ta nodavlat maktab), 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta Bolalar kutubxonasi, 1 ta viloyat Pedagogik mahorat markazi va 4090 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (764 ta davlat, 143 ta DXSH, 62 ta nodavlat, 3121 ta oilaviy bog‘cha) faoliyat yuritmoqda. Maktablarda 61 536 nafar o‘qituvchi 776 905 nafar o‘quvchiga ta’lim bermoqda. 26 nafar xorijiy o‘qituvchi (Rossiyadan 14, Filippindan 9, Hindiston, Fransiya va Kanadadan 1 nafardan) dars bermoqda. 8 nafar fransuz tili o‘qituvchisi Fransiyada malaka oshirdi. Natijada milliy va xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar soni 3526 nafarga yetdi. 84 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan har oyda 5,5 mln so‘m ustama olmoqda. 2017–2021-yillardagi islohotlar davomida oylik ish haqi 1000 dollarga tenglashtirilgan pedagoglar soni yildan-yilga ortib, joriy yilda 249 nafarga yetdi.
Diposting 16 Mei
Samarqand shahrida fuqaro “opiy” giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish borasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tezkor tadbir natijasida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro Samarqand shahrida harakatlanib ketayotganida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi. Fuqaroning shimidagi choʻntagidan 101,68 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mei
🌤Samarqandda 16-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+41° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +36 - +41°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:16 Quyosh botishi: 19:39 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mei
Maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralari maoshi oshiriladi Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralari maoshi 7-10 million so‘mdan oshadi. Bu haqda Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun ajratiladigan mablag‘ 7 barobarga oshirildi, joriy yilda esa 60 trln so‘m yo‘naltirilmoqda. Maktablarda 1 million, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rin yaratildi. Bog‘chaga qamrov 3 barobar oshib, 78 foizga yetdi. Malaka, til bilish, baholash tizimi va fan olimpiadalari asosida 10 dan ortiq ustama joriy etilgan. Bu tizimdan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi 8-12 million so‘m maosh olmoqda. Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshirilib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Mei
⛰Omonqoʻton — Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan qadimiy qishloqlardan biridir. Bu qishloq Urgut tumanining togʻli hududlaridan birida, Pomuq va boshqa togʻ oldi qishloqlari yaqinida joylashgan. Tabiati goʻzal, havosi toza, bogʻdorchilik va dehqonchilik uchun qulay joy hisoblanadi. Foto: Abbos Shodmonqulov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Mei
🌤Samarqandda 15-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+41° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +36 - +41°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:17 Quyosh botishi: 19:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Mei
Samarqandda tabiatga 137 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Oqdaryo” daryosining muhofaza etiladigan hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/53668 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Mei
Qabulga oz qoldi. Oʻzi oʻqishga hujjat topshirish tartibi qanday? Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Mei
🌤Samarqandda 14-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+39° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +34 - +39°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:19 Quyosh botishi: 19:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Mei
Temir yo‘li atrofidagi qurigan xas-xashaklar yonib ketdi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, temir yo‘ldan og‘ir yuk tashuvchi teplovoz harakatlanishi jarayonida undan chiqqan uchqun atrofdagi qurigan xas-xashaklarning yonishiga sabab bo‘lgan. Voqea Samarqand shahri Cho‘pon Ota tepaligining orqa tomonidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofida sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining o‘t o‘chirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Samarqand shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan ushbu holatga huquqiy baho berish maqsadida qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Mei
Samarqandda chet el fuqarosini oilasi bilan AQSHga yuborish evaziga 150 ming dollar olgan shaxs ushlandi Fuqarolarni AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan mahalliy hamda xorij fuqarolarning harakatlari bartaraf etildi. DXX tomonidan Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Unda Samarqand shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila a’zolarini har birini 30 ming AQSH dollaridan, jami 150 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytadi. So‘ngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube