TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 30 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 12 Des
“Piyodalar xavfsizligi” haftaligi doirasida Samarqand viloyati bo‘ylab keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
🔥Pastdarg‘omda noqonuniy issiqxona 1,2 mlrd so‘mlik gazdan foydalangan Pastdarg‘om tumanida mahalliy fuqaro o‘z yerida ruxsatsiz issiqxona qurib, uni shlang orqali gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi. Holat bo‘yicha 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani ma’lum qilindi. Ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
Maktablarda “Kelajak” markazlari tarmoq to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi qarori bilan maktablarda davlat qo‘llab-quvvatloviga ega “Kelajak” markazlari faoliyati tartibga solindi. Endi har bir umumta’lim muassasasida maktabga tayyorlov, xorijiy tillar, sport, IT, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda tarmoq to‘garaklari tashkil etiladi. To‘garaklar 6–18 yoshdagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan. Ota-onalar badali orqali pul mablag‘lari maktab fondi va markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi, shuningdek kam ta’minlangan oilalar va ayrim toifalar uchun imtiyozlar belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
“Xavfsiz hudud – xavfsiz mahalla”: Samarqandda jinoyatchilikni oldini olishning yangi bosqichi Fuqaro murojaatlariga asosan texnik qo‘riqlash markazi xodimlari tomonidan xonadonlar zamonaviy qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanmoqda. O‘tgan yili qo‘riqlanayotgan jismoniy shaxslar xonadonlari soni 5 296 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning noyabriga kelib bu ko‘rsatkich 9 172 taga yetdi. Texnik qo‘riqqa olingan ob’ektlar soni ham keskin oshib, 5 086 tadan 9 172 taga ko‘paydi. Batafsil:👉https://telegra.ph/Havfsiz-%D2%B3udud--havfsiz-ma%D2%B3alla-Samar%D2%9Bandda-zhinoyatchilikni-oldini-olishning-yangi-bos%D2%9Bichi-12-12 ©Shaxriyor Musurmonov, Samarqand viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
🚙Samarqandda metan shoxobchalari vaqtincha 05:00–17:00 oralig‘ida ishlaydi Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida gaz bosimini barqaror ushlab turish maqsadida respublika bo‘ylab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Shunga muvofiq, Samarqand viloyatida hokimlik bilan kelishilgan tartibda faoliyat yuritayotgan 135 ta AGTKSh ish vaqti ertalab soat 05:00 dan kechki 17:00 gacha etib belgilandi. Mazkur choralar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani bildirildi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi, deya xabar berdi “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
❗️Samarqandda 2,5 gramm “gashish” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. 2,59 gramm “gashish”ni boshqa bir fuqaro M.X.ga 2 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Des
❗️Bugundan dorilar shifokor retseptisiz sotilmaydi 12-dekabrdan O‘zbekistonda DMED elektron retsept tizimi ishga tushadi. Endilikda retsept bo‘yicha beriladigan barcha dori vositalari faqat raqamli retsept asosida sotiladi. Shifokor retseptni DMED tizimi orqali rasmiylashtiradi, bemor esa dorixonada ID yoki QR-kod orqali dori oladi. Tizimda retsept ma’lumotlarini soxtalashtirish yoki o‘zgartirish imkoni mavjud emas. Qoidalarga ko‘ra, antibiotiklar, gormonal va psixotrop preparatlar, shuningdek, ko‘rsatmasida “retsept bo‘yicha” deb belgilangan barcha dorilar faqat raqamli retsept bilan beriladi. Mazkur tartib dorilarni nazorat ostida berish, antibiotiklarning nazoratsiz sotilishini cheklash va xalqaro standartlarga moslash maqsadida joriy etildi. Retseptsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Des
🌥Samarqandda 12-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +4/+16° Kechasi: +4 - +9°, iliq, Kunduzi: +11 - +16°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:42 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Des
Bulung‘urda inspektor tahdidi ortidan o‘ziga o‘t qo‘ygan 17 yoshli o‘smir vafot etdi 2025-yil 22-fevral kuni Bulung‘ur tumanida 17 yoshli B.B. profilaktika inspektori I.H.ning “qamayman” degan tahdidlari ortidan o‘ziga o‘t qo‘yib, og‘ir kuyish jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa-da, 2025-yil 6-may kuni vafot etgan. Bu haqda sud hujjatlarini oʻrgangan Kun.uz xabar berdi. Sud materiallariga ko‘ra, inspektor B.B.ni uyiga qaytarishdan avval uning onasidan 400 ming so‘m olgan va o‘smirni qamoq bilan qo‘rqitgan. Oila aynan shu tahdidlar bolani ruhiy bosimga olib kelganini bildirgan. JIB Payariq tuman sudi I.H.ni Jinoyat kodeksining firibgarlik (168-modda) va mansab vakolatidan suiiste‘mol qilish (207-modda) bandlari bo‘yicha aybli deb topdi. Sud unga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Des
🔵Dinamo klubiga yangi direktor tayinlandi Samarqandning Dinamo futbol klubida rahbariyatda o‘zgarish sodir bo‘ldi. Bungacha klub direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Dilshod Sharofiddinov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shuhrat Ro‘ziyev tayinlandi. So‘nggi yillarda jamoa qayd etayotgan yaxshi natijalar fonida rahbariyatdagi ushbu o‘zgarishning sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Shuningdek klub ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni bekor qilgan boʻlsa, ayrim futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Des
"Metan zapravka"lariga vaqtincha cheklovlar joriy etiladi Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik sabab import hajmi qisqargani bois, bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda. Eng avvalo aholi xonadonlari hamda maktab, bog‘cha, shifoxona, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari kabi ijtimoiy soha obyektlarini barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash asosiy vazifa etib belgilangan. Aholi xonadonlarida gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafik asosida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Energetika vazirligiga ko‘ra, bu choralar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Des
Samarqand avtomobil zavodidagi davlat ulushi Turkiya kompaniyasiga sotildi Turkiyaning “Anadolu Group” tarkibidagi “Anadolu Isuzu” kompaniyasi “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QK ustav kapitalidagi 75,2 foiz davlat ulushini sotib oldi. Shartnomaga ko‘ra investor davlat ulushi uchun 80 mln dollar to‘laydi. Shuningdek, korxonani rivojlantirish maqsadida texnik-iqtisodiy baholash natijalari asosida yana 80 mln dollar miqdorida qo‘shimcha investitsiya kiritadi. Maʼlumot uchun Samarqand avtomobil zavodida asosan Isuzu rusumidagi avtobuslar, yuk avtomobillari va pikaplar ishlab chiqariladi. Zavod yillar davomida N va F seriyadagi yuk mashinalari, shuningdek SAZ LE-60, SAZ HC-45 kabi shahar avtobuslari, turli maxsus texnikalar (muzlatkichli furgon, yoqilg‘i tashuvchi, suv tashuvchi, tibbiy xizmat mashinalari va boshqalar)ni tayyorlab kelgan. So‘nggi yillarda esa Isuzu D-Max pikaplari ham ishlab chiqarila boshlandi. Yangi investor — “Anadolu Isuzu” — korxonada keng sig‘imli avtobuslar va elektrobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube