TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 55 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 3 Sep
Viloyat hokimiga yordamchi tayinlandi Viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan Toshnazarov Ahror Rahmatovich Samarqand viloyati hokimining yordamchisi etib tayinlandi. A.Toshnazarov 1986-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan (mutaxassisligi — fermer xo‘jaligini boshqarish). Ish faoliyatini 2009-yilda Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi devonxona mudiri sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli lavozimlarda ishlaganidan so‘ng, 2018-yilda viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi lavozimiga o‘tkazilgan. So‘ng esa, viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatida faoliyat yuritgan A.Toshnazarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Sep
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿"Yuksalish" harakati Internetning bolalar ijtimoiy ko‘nikmalari, qadriyatlari va xulq-atvori shakllanishiga ta’sirini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnoma atigi 11 ta savoldan iborat bo‘lib, uni to‘ldirish 2–3 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar to‘liq anonimdir. Sizning fikringiz bu mavzuni chuqurroq anglashimizga yordam beradi va tadqiqotga qimmatli hissa qo‘shadi. Ishtirok etish havolasi: https://ee.kobotoolbox.org/x/IT2Em7Kb 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Sep
🌤Samarqandda 3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +13/+35° Kechasi: +13 - +18°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:02 Quyosh botishi: 19:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Sep
“Homilani tug‘maslik tavsiya qilingan” Bocelli Samarqandda kuyladi Kecha ilk bor Samarqand Registonida sahnaga chiqib, Aida Garifullina va orkestr bilan tomoshabinlarga sehrli oqshom taqdim etgan Andrea Bocelli o‘zi kim edi? Andrea Bocelli — mashhur italiyalik tenor. Shifokorlar onasiga uni tug‘maslikni maslahat bergan, ammo u dunyo yulduziga aylandi. Bocelli bolaligidan ko‘z muammosi bilan kurashdi, 27 marta operatsiya qilindi, 12 yoshida futbol paytida boshiga to‘p tegib butunlay ko‘r bo‘ldi. Shunga qaramay, musiqa yo‘lini tanlab, restoranlarda kuyladi, keyin esa ustoz Franko Korelli qo‘lida tenor sifatida shakllandi. Bugun 67 yoshli Bocelli opera va popni uyg‘unlashtirgan san’atkor sifatida millionlab muxlislarga ega. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Sep
Piskent poligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi 2025-yil 2-sentabrdan boshlab avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tartib 2024-yil 1-noyabrda joriy etilgan paytda respublika bo‘yicha atigi 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 21 ta xorijiy kompaniyaning rasmiy dilerlari ish boshlagan. Ularga 100 dan ortiq avtomobil rusumlari bo‘yicha turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirilgan. “Respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshgani, shuningdek, iste’molchilarning bevosita rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani inobatga olinib, Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlarini o‘tkazish amaliyotiga ehtiyoj qolmadi”, – deyiladi agentlik bayonotida. Eslatib o‘tamiz, yil boshida Piskent tumanidagi avtomobil sinov poligonida uzun navbatlar yuzaga kelib, jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Avtomobil egalari bir dona elektromobilni sertifikatlash uchun 4,48 mln so‘m, benzin, dizel yoki gibrid avtomobillar uchun esa 5,6 mln so‘m to‘lashgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Sep
“Vatanparvar” bog‘i zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlanadi Samarqand shahridagi umumiy maydoni 7,35 gektardan iborat “Vatanparvar” bog‘ida qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlangan. Loyiha doirasida bog‘ hududida asosiy kirish qismi, avtoturargoh, boshqaruv binosi, savdo nuqtalari, favvora, umumiy ovqatlanish joylari, avtomat o‘yingoh, yopiq karting, yopiq bolalar o‘yingohi, 72 metrli charxpalak, ekstremal attraksionlar hamda restoran barpo etiladi. Qurilish ishlari yakuniga yetgach, “Vatanparvar” bog‘i 2026-yil yoz mavsumiga qadar zamonaviy qiyofa kasb etib, aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Sep
Samarqand viloyatida “Ochiq byudjet” doirasida jami 220 ta loyiha gʻolib deb topildi Viloyat boʻyicha jami 220 ta loyiha gʻolib boʻldi. Ushbu loyihalar doirasida 331 mlrd 718 mln soʻmlik ishlaramalga oshiriladi. Tuman va shaharlar kesimida: • Bulungʻur tumani — 12 ta loyiha, 18 mlrd 495 mln soʻm • Jomboy tumani — 12 ta loyiha, 19 mlrd 12 mln soʻm • Ishtixon tumani — 15 ta loyiha, 23 mlrd 293 mln soʻm • Kattaqoʻrgʻon tumani — 15 ta loyiha, 22 mlrd 712 mln soʻm • Kattaqoʻrgʻon shahri — 12 ta loyiha, 13 mlrd 737 mln soʻm • Qoʻshrabot tumani — 11 ta loyiha, 17 mlrd 101 mln soʻm • Narpay tumani — 12 ta loyiha, 19 mlrd 284 mln soʻm • Nurobod tumani — 13 ta loyiha, 19 mlrd 798 mln soʻm • Oqdaryo tumani — 12 ta loyiha, 17 mlrd 72 mln soʻm • Pastdargʻom tumani — 19 ta loyiha, 28 mlrd 547 mln soʻm • Paxtachi tumani — 10 ta loyiha, 15 mlrd 558 mln soʻm • Payariq tumani — 14 ta loyiha, 22 mlrd 444 mln soʻm • Samarqand tumani — 15 ta loyiha, 22 mlrd 909 mln soʻm • Samarqand shahri — 18 ta loyiha, 25 mlrd 993 mln soʻm • Toyloq tumani — 14 ta loyiha, 20 mlrd 839 mln soʻm • Urgut tumani — 16 ta loyiha, 24 mlrd 924 mln soʻm. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Sep
Samarqand shahrining ayrim koʻchalarida harakat cheklanadi Samarqand shahridagi Registon maydonida dunyoning mashhur san’atkori Andrea Bocellining konserti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, konsertning xavfsiz va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 1-sentabr kuni vaqti-vaqti bilan Samarqand shahrining Registon maydoni atrofidagi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Agu
🇺🇿Samarqandda Mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Agu
Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i etib polkovnik Abdunabi Nosirov tayinlandi Ichki ishlar organlarida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan polkovnik Nosirov Abdunabi Rustamovich Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar u Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Shavkat Boyxo‘rozov nima sababdan ishdan olingani ma’lum qilinmagan. Maʼlumot uchun, Abdunabi Rustamovich 2017–2020-yillarda Samarqand viloyati YHXB boshlig‘i sifatida ham ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Agu
1-sentyabrdan yangi tartib kuchga kiradi Endilikda haydovchilar maktab va bog‘chalar oldida tezlikni qat’iy cheklashlari kerak bo‘ladi. Soat 07:00 dan 19:00 gacha ushbu hududlarda 30 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlangan haydovchilar 412 ming so‘m jarimaga tortiladi. Dam olish kunlari esa cheklov yumshab, 60 km/soat tezlikda yurishga ruxsat etiladi. Mazkur choralar bolalar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Agu
🌤Samarqandda 29-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+39° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +34 - +39°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:56 Quyosh botishi: 19:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube