TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini20,110Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 75 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 21 Apr

Samarqandda sobiq harbiy gospital oʻrnida park bunyod etiladi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi "Oʻzbekiston" koʻchasida joylashgan sobiq harbiy gospital oʻrnida barpo etilayotgan Bolalar va yashil jamoat parkida boʻldi. Mazkur bogʻ hududi 5.4 gektar boʻlib, oʻzida 20 ta binoni jamlagan ushbu bogʻ hududida 3 ta madaniy meros obyektlari hisoblanadi. Bogʻ hududida muzey, kreativ pavilionlar, yopiq va ochiq attraksionlar qurilishi rejalashtirilgan. Hududni koʻzdan kechirish chogʻida viloyat rahbari mavjud bino va inshootlardan samarali foydalanish, bino va oʻyingohlarni qurishda yashil maydonlarga ziyon yetkazmagan holda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilishi haqida gapirgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,700 views

Diposting 21 Apr

Rim papasi Fransisk vafot etdi Rim papasi Fransisk 2025-yil 21-aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi Casa Santa Marta rezidensiyasida vafot etdi . Uning o‘limi ertalab soat 7:35 da Kardinal Kevin Ferrell tomonidan e’lon qilindi. Fransisk 2013-yil 13-martda papa etib saylangan bo‘lib, u birinchi lotinamerikalik va birinchi jesuit papa edi. Uning pontifikati davomida u ijtimoiy adolat, iqlim o‘zgarishi, muhojirlar huquqlari va cherkovdagi islohotlar kabi global muammolarga faol e’tibor qaratdi. Uning sog‘lig‘i so‘nggi oylar davomida yomonlashgan edi. Fevral oyida ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va mart oyida shifoxonadan chiqqan edi. Biroq, sog‘lig‘i yana yomonlashib, o‘limiga olib keldi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,420 views

Diposting 21 Apr

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda: 🔸yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106,8 % 🔸sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 106,5 % 🔸qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 110,8 % 🔸chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 109,5 % 🔸 bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,6 % 🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 103,8 % 🔸tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 108,6 % 🔸eksportning o‘sish sur’ati – 124,4 % 🔸importning o‘sish sur’ati – 97,7 % 🔸faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 442 402 ta 🔸 transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 102 % 🔸 transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 104,3 % 🔸 aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 109,8 % 🔸 doimiy aholi soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 37,7 mln kishi 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,630 views

Diposting 20 Apr

Osiyo kubogi U-17. 9 kishi bo‘lib bir taym harakat qilgan O‘zbekiston Osiyo chempioniga aylandi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi yakunlandi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. G‘ALABA MUBORAK! 👏💐 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,410 views

Diposting 20 Apr

⛅Samarqandda 21-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+25° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:46 Quyosh botishi: 19:15 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,350 views

Diposting 20 Apr

Sunʼiy intellekt koʻp "suv ichadi" Sun’iy intellektdan har kuni milliardlab savollar so‘raladi, ammo ko‘pchiligimiz bilmagan haqiqat bor. Bu raqamli qulaylik uchun ekologik badal to‘lanmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, sun’iy intellektga berilgan har 50 ta savol taxminan yarim litr suv iste’moliga olib keladi. Sun’iy intellekt modellari ishlayotgan paytda fonda katta ma’lumotlar markazlari ishlaydi. Ushbu markazlar yuqori ishlov berish quvvatiga bo‘lgan talablarni qondirish bilan birga katta miqdorda issiqlik hosil qiladi. Tizimning haddan tashqari qizib ketishining oldini olish va uskunani sovutishning eng keng tarqalgan usullaridan biri suvga asoslangan sovutish tizimlaridir. Texnologiya gigantlari yanada barqaror yechimlarni ishlab chiqishga intilayotgan bo‘lsa-da, suv sarfini nolga tushiradigan tizim hali mavjud emas. Har safar sun’iy intellekt bilan suhbatlashayotganingizda bu ma’lumotni eslang, zero suv — hayot manbai. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,640 views

Diposting 20 Apr

Oʻzbekistonning qaysi hududida aholi eng zich joylashgan? Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha aholi zichligi 1 km² ga oʻrtacha 84,0 kishini tashkil etmoqda. Hududlar boʻyicha aholi zichligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga oʻrtacha 6 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Fargʻona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan. Hududlar kesimida 1 km² ga toʻgʻri keladigan aholi soni quyidagicha: Qoraqalpogʻiston Resp. – 12,2 kishi Andijon viloyati – 807,9 kishi Buxoro viloyati – 51,8 kishi Jizzax viloyati – 72,8 kishi Qashqadaryo viloyati – 128 kishi Navoiy viloyati – 9,9 kishi Namangan viloyati – 422,7 kishi Samarqand viloyati – 257,3 kishi Surxondaryo viloyati – 147,3 kishi Sirdaryo viloyati – 218,3 kishi Toshkent viloyati – 206,2 kishi Fargʻona viloyati – 615,7 kishi Xorazm viloyati – 337,1 kishi Toshkent shahri – 6 983,2 kishi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,630 views

Diposting 19 Apr

⛅Samarqandda 20-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+23° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +18 - +23°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:47 Quyosh botishi: 19:14 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,530 views

Diposting 19 Apr

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga koʻra, Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek va Gagarin koʻchalari kesishgan hududda kuchli yomgʻir yoqqani sababli yoʻllarni suv bosgan. "Yaqinda qurib, foydalanishga topshirilgan koʻprik va uning atrofida yomgʻir yogʻishini hisobga olib, suv qochirish va drenaj tizimlarini ham puxta qilishi mumkin edi-ku. Qolaversa, shu yerda piyodalar uchun qilingan yerosti oʻtish yoʻllari ham suv bilan toʻlgan," – deydi murojaatchi. Bars nashri kuzatuvchilari, ushbu holat yuzasidan siz qanday fikrdasiz? 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,780 views

Diposting 19 Apr

Samarqandda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir oqibatida ba’zi ko‘chalarda suv to‘planishi kuzatildi Oʻzgidrometning xabar berishicha, 2025-yil 19-aprel kuni Samarqand viloyatida qisqa vaqt ichida kuchli yomg‘ir yog‘di. Soat 17:18 dan 17:31 gacha bo‘lgan oraliqda Samarqand meteostansiyasi tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, atigi 13 daqiqa ichida 7,2 mm miqdorda yog‘ingarchilik tushgan. Yog‘ingarchilik natijasida shaharning ba’zi hududlarida suv irrigatsiya tarmoqlaridan toshib chiqqan. Bu esa ayrim ko‘chalarda vaqtincha suv to‘planishiga olib keldi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,660 views

Diposting 19 Apr

O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarida har qanday usuldagi baliq ovlash taqiqlanadi Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiming maʼlum qilishicha, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda. Ushbu taqiq Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli Qonuniga asosan joriy qilinmoqda. Demak, baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas. "Shuningdek, taqiq davrida brakonyerlarga qarshi kurash kuchaytiriladi. Noqonuniy baliq ovlaganlarga esa keskin chora ko‘riladi." deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,460 views

Diposting 19 Apr

Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi 18-aprel kuni Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs kelib, to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan xodimdan pul talab qilgan. Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelishganida, jinoyatchi markaz oynasini sindirib qochishga uringan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida erkak qo‘lga olingan. Unga tegishli bo‘lgan buyum o‘yinchoq to‘pponcha ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,900 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7374757677•••80•••8384