TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 82 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 26 Mar
Tug‘ilgan bolalar ota-onasining millati bo‘yicha taqsimlanishi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 926 422 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Tug‘ilgan bolalar ota-onasining millati bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: Otasi: 89,9 % – o‘zbek; 4,3 % – tojik; 1,5 % – qozoq; 0,7 % – qirg‘iz; 0,5 % – turkman; 3,1 % – boshqalar. Onasi: 92,3 % – o‘zbek; 4,0 % – tojik; 1,4 % – qozoq; 0,6 % – qirg‘iz; 0,5 % – turkman; 1,2 % – boshqalar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
🌧Samarqandda 26-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+13° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:29 Quyosh botishi: 18:49 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
Urgutda koʻchadagi chuqurda cho‘milgan bloger qamaldi Samarqand viloyatida “yama”da cho‘milayotganini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Videoda erkak Samarqand viloyatining Urgut shahrida ekanini, yo‘llardagi chuqurlar “basseyn”dek bo‘lib yotganini ta’kidlagan. “Mashina tushib ketib, baloni yirtilib ketdi. Hatto cho‘milishingiz ham mumkin. Hozir cho‘milib ko‘rsataman”, degan erkak videoda. Sud majlisida blogerga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
Samarqandda narkolaboratoriya fosh etildi DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari Qashqadaryoda tug‘ilgan, Toshkentda vaqtincha yashovchi 2001 va 2002-yilda tug‘ilgan ikki shaxsni Rossiyadan xalqaro pochta orqali yuborilgan 7 kg 313 gr “5-Fluro-ADB” giyohvand moddasi bilan qo‘lga oldi. Ular noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 dollar evaziga ushbu moddani Samarqandga yetkazishi kerak boʻlgan. Samarqandda ushbu moddani qabul qilib olgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2001 va 2002-yilda tug‘ilgan yana ikki shaxs ham ushlangan. Ulardan birining Samarqanddagi xonadonida sintetik giyohvand moddalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilingani aniqlangan. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
Samarqandda 28 mm yog‘ingarchilik: 1 gektarga 280 tonna suv tushdi Kecha Samarqand viloyati hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida yomg‘ir miqdori 28 mm ni tashkil etdi. Bu bir gektar maydonga Samarqandda umumiy 280 tonna suv osmondan tabiiy tushganini anglatadi. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha yog‘ingarchilik normalaridan yuqori ekanligini ko‘rsatadi. 28 mm yog‘ingarchilik bu — 1 kvadrat metr maydonga 28 litr suv tushganini anglatadi. Agar buni katta maydonlarga hisoblasak: 1 gektar (10,000 m²) uchun: 10,000 m² × 28 litr = 280,000 litr, yoki 280 tonna suv. Bu tabiiy suv manbai sifatida juda katta miqdor bo‘lib, yerning namlanishi va qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yilning bu vaqtida yomg‘irning yog‘ishi yerning namligini oshiradi, bu esa g‘alla, sabzavot va mevali daraxtlar uchun foydali. Dehqonlar uchun sun’iy sug‘orishga bo‘lgan talab qisman kamayadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
Samarqandda yurish-turish qoidalarni qasddan mensimasdan, axloqa zid qilmishlar sodir etgan shaxslarning 3 nafari qamaldi hamda voyaga yetmagan ishtirokchilarning ota-onalari jarimaga tortildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mar
Tramvay harakati to‘xtatiladi Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasida tramvay yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2025-yil 25-mart kunidan ishlar yakuniga qadar 2-sonli “Temiryo‘l vokzali-Siyob bozori” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. "Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz" deyiladi viloyat Transport boshqarmasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
🌧Samarqandda 25-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+15° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:29 Quyosh botishi: 18:48 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
Tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir sabab Samarqand shahri koʻchalarini suv bosmoqda Videoda Mirzo Bedil koʻchasidagi holat aks etgan. Ma’lumot uchun ushbu koʻchaning latoklari 2024-yil boshida almashtirilib, ariqlar betonlab kengaytirilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi ✅ Prezident qarori (PQ-103, 14.03.2025) ga asosan, 2025-yilda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratildi. Asosiy maqsadlar: 2 million nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash; 250 ming nafar ayolni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish; 250 ming nafar ayolni oliy ta’lim bilan qamrab olish; 50 ming ehtiyojmand xotin-qizni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish va ularga tadbirkorlik bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish. 💰“HAMROH” dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan: Tadbirkor ayollarga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi! Kamida 5 nafar xotin-qizning biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratiladi. Ayol tadbirkorlar kredit hisobidan sotib olgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar kafillik taqdim etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
Samarqandda suv narxi oshiriladi Xalq deputatlari viloyat Kengashining so‘nggi sessiyasida Samarqand viloyatida 2025-yil 1-apreldan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oshirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 💧Ichimlik suvi: Aholi uchun: 1m³ - 2800 so‘m Byudjet tashkilotlari uchun: 1m³ - 6700 so‘m Ulgurji iste’molchilari uchun: 1m³ - 6700 so‘m Bu tariflar Samarqand viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun qo‘llaniladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatdan turistlar tashrif buyurgan? Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga oshgan. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha: Qirg‘iz Respublikasi - 211 262 nafar Tojikiston - 200 969 nafar Qozog‘iston - 105 551 nafar Rossiya - 48 695 nafar Afg‘oniston - 42 733 nafar Turkmaniston - 26 154 nafar Turkiya - 11 660 nafar Hindiston - 5 049 nafar Xitoy - 4 988 nafar Koreya Respublikasi - 2 896 nafar boshqa davlatlar - 18 718 nafar 🔰Telegram | Instagram | You Tube