TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini14,610Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 15 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 5 Feb

Ayrim yo‘l qoidabuzarliklari uchun endi jarima emas, ogohlantirish beriladi O‘zbekistonda ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy jarima o‘rniga ogohlantirish qo‘llash amaliyoti joriy etilmoqda. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yo‘l qoidalarini birinchi marta buzgan shaxslarga rasmiy ogohlantirish berilishi mumkin. Ushbu chora bir shaxsga nisbatan yil davomida faqat bir marta qo‘llanadi. Yangi tartib past xavfli huquqbuzarliklar uchun joriy etilib, jarima qo‘llashdan ko‘ra profilaktik va ogohlantiruvchi ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek, foto va video qurilmalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qarori huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay chiqarilishi belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,210 views

Diposting 5 Feb

Payariqda 56 tup daraxtni kesib ketish holati o‘rganilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanida daraxtlar kesilgani yuzasidan turli xabarlar tarqaldi. Mazkur holat Payariq tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazoratga olinib, mutaxassislar jalb etilgan holda o‘rganildi. Aniqlanishicha, tumanning Choshtepa MFY hududida joylashgan madaniy meros obyektiga tutash tepalik atrofida shu hududda yashovchi fuqaro Muhamadiyev Anvar tomonidan ekilgan 56 tup, 2–3 yillik daraxtlar noma’lum shaxslar tomonidan tungi vaqtda kesib tashlangan. Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzar shaxslarni aniqlash bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,270 views

Diposting 4 Feb

🌤Samarqandda 5-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+15° Kechasi: +7 - +12°, iliq, Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:36 Quyosh botishi: 17:55 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,170 views

Diposting 4 Feb

Samarqandda qo‘riqlash xizmati uchun zamonaviy elektromobillar joriy etilishi mumkin So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘riqlash departamentiga tegishli elektromobil tuning qilingani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati Axborot xizmati rahbari Shaxriyor Musurmonovning ma’lum qilishicha, mazkur elektromobil qo‘riqlash xizmatining samaradorligini oshirish, ob’ektlar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda tezkor harakatlanishni yaxshilash maqsadida sinov tariqasida xizmatga jalb etilgan. Qayd etilishicha, agar sinov natijalari ijobiy bo‘lsa, kelgusida Samarqandda shu kabi zamonaviy elektromobillardan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. ▶️Batafsil ko‘rish uchun: https://youtu.be/NTed-0tBHyg?si=DHKYLg4GWlibXaIR 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,210 views

Diposting 4 Feb

Samarqandda yirik chiqindi saralash stansiyasi quriladi Samarqand viloyatida kuniga 500 tonna chiqindini saralash quvvatiga ega zamonaviy stansiya barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, loyiha Turkiyaning “MT Makina” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan loyihalarning umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida chiqindilarni saralash stansiyasi qurish bilan birga yiliga 1000 dona maxsus texnika va konteyner ishlab chiqaradigan zavodni mahalliylashtirish ham ko‘zda tutilgan. Mazkur tashabbuslar natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning faoliyat muddati 20 yil etib belgilangan. Ma’lumot uchun, “MT Makina” chiqindilarni boshqarish sohasida 20 yillik tajribaga ega kompaniya hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,310 views

Diposting 3 Feb

🌤Samarqandda 4-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +4/+18° Kechasi: +4 - +9°, iliq, Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:38 Quyosh botishi: 17:53 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,370 views

Diposting 3 Feb

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi Samarqand viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, u fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan 48 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida jami 58 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, boshqa tezkor tadbirda dorixona sotuvchisi 20 quti “Benzonal” va 9 quti “Amitriptilin Grindeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Yana bir holatda, kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs 5 dona “Torgabalin” va 15 dona “Galara Pregabalin” dorilarini sotayotgan vaqtida ushlangan. Undan qo‘shimcha ravishda yana 14 dona “Galara Pregabalin” dorisi ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,280 views

Diposting 3 Feb

Chet elga yuborilgan samarqandlik oʻquvchilar kimlarning farzandi? Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ayrim mansabdorlar o‘z farzandlari va yaqinlari bo‘lgan o‘quvchilarni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan tadbirga yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, safarga ayrim o‘quvchilar tanlov asosida emas, balki tanish-bilish orqali kiritilgan bo‘lishi mumkin. Manbalarda aytilishicha, safarda boshqarma rahbari va ayrim xodimlarning farzandlari ham ishtirok etgan. Shuningdek, dastlabki ro‘yxatda bo‘lmagan ayrim mas’ullar keyinchalik ro‘yxatga kiritilgani haqida ham ma’lumotlar bor. Xabarlarda safarga yuborilgan o‘quvchilar orasida olimpiadalarda qatnashmagan yoki o‘qish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham bo‘lgani aytilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,130 views

Diposting 3 Feb

Pastdargʻom tumani hokimi etib Jamshid Pardayev tayinlandi Xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tegishli boshqarma va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Deputatlar tumanning iqtisodiy masalalar boʻyicha hokim oʻrinbosari Jamshid Pardayev nomzodini qoʻllab-quvvatlab, uni Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqladi. Maʼlumot uchun, Sherzod Rahmonov 2024-yil 26-iyundan buyon Pastdargʻom tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 3 Feb

Samarqandda o‘quvchi AQSH universitetining 152 ming dollarlik grantini qo‘lga kiritdi Samarqand tumani 10-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zohirova Manija AQSHdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of San Francisco universitetiga talabalikka qabul qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, universitet rahbariyati Manija Zohirovaning yuqori akademik natijalari, mehnatsevarligi hamda iqtidori yuqori baholagan. Unga universitet tomonidan yiliga 38 ming AQSH dollari miqdorida stipendiya ajratilgan. Mazkur stipendiya 8 semestr davomida yangilanib, umumiy qiymati 152 ming AQSH dollarini tashkil etadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,320 views

Diposting 3 Feb

Temur Mahmudov Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlandi Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bandlikni oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga to‘xtaldi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sherzod Qudratov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Deputatlar Mahmudov Temur Asomidinovich nomzodini qo‘llab-quvvatlab, uni Oqdaryo tumani hokimi etib tasdiqladi. Tayinlovga qadar T. Mahmudov Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,050 views

Diposting 3 Feb

Samarqandlik qiz nomi Epshteyn ishi hujjatlarida tilga olindi Milliarder Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq yangi hujjatlar e’lon qilinishi dunyo bo‘ylab keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ochiqlangan hujjatlar orasida turli davlatlar va shaxslarga oid epizodlar uchrashi mumkinligi aytilmoqda. Ayrim OAV va norasmiy manbalarda O‘zbekiston nomi ham tilga olinayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Xususan, ayrim manbalarda 2012-yilda Samarqandlik qiz tomonidan Epshteyndan xorijda o‘qish, kurslar va safar xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam so‘ralgani haqidagi yozishmalar tilga olinayotgani aytilmoqda. Yozishmalarda viza, xorijda yashash va modellik masalalari muhokama qilingani qayd etiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujjatlarning katta qismi hali to‘liq tahlil qilinmagan. Shu sabab kelgusida yangi ma’lumotlar yoki boshqa shaxslar haqida qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,100 views
12•••5•••10•••1314151617•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384