TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini23,725Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 35 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 1 Des

O‘zbekistonda avtobuslarga “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida avtobuslarga maxsus “tashvish tugmalari” o‘rnatila boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tugma bosilganda signal avtomatik tarzda qo‘riqlash bo‘linmalariga va tezkor xizmatlarga yetkaziladi. Shuningdek, avtobus ichidagi kuzatuv kameralariga favqulodda holat yuzaga kelgani haqida ogohlantirish yuboriladi. Loyiha dastlab yirik shaharlarda va shaharlararo yo‘nalishlarda pilot tarzda joriy etiladi. Tizim xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda vaziyatlarda tezkor javob berish imkoniyatini oshiradi. Rasmiylarga ko‘ra, mazkur mexanizm jamoat transportida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar, tibbiy favqulodda holatlar va boshqa xavfli vaziyatlarga tezkor javob qaytarish samaradorligini oshiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,420 views

Diposting 30 Nov

⛅Samarqandda 1-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+15° Kechasi: -2 - +3°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:33 Quyosh botishi: 17:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,600 views

Diposting 30 Nov

Toyloqda yoqib yuborilgan yuk avtomobillari haqida ma’lumot berildi 28-noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani “Beklar” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan K.A. bilan qo‘shni mahallada istiqomat qiluvchi, oldindan tanish G‘.R. (1990-y.t.) va N.R. (1991-y.t.) o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylanadi. Janjaldan so‘ng, K.A. o‘zining 2005 va 2007-yillarda tug‘ilgan farzandlari bilan birga G‘.R. va N.R. boshqaruvidagi yuk avtomashinalariga benzin sepib, ularni yoqib yuborgan. Yong‘in tezda o‘chirilgan va boshqa transport vositalari hamda yuklarga zarar yetishining oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan 29-noyabr kuni Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda, deya xabar berdi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,540 views

Diposting 30 Nov

Samarqandda havo sifati yomon: aholiga muhim tavsiyalar Samarqand shahrida havo sifati so‘nggi kunlarda xavotirli darajaga chiqdi. IQAir xaritasida AQI 230–339 oralig‘ida qayd etilib, shahar “juda zararli” toifaga kirgan. Bu daraja sog‘lom odamlar uchun ham xavfli bo‘lib, nafas olishda qiynalish, ko‘z tirnashi va yurak hamda o‘pka kasalliklari kuchayishiga olib kelishi mumkin. Havodagi PM2.5 zarrachalari inson soch tolasi diametridan qariyb 25 baravar kichik bo‘lgani uchun ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun odam havoning iflosligini sezmaydi, lekin bu zarrachalar nafas olayotganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pkaga kirib boradi. Eng xavflisi — PM2.5 o‘pkaning chuqur qatlamiga qadar o‘tib, qon tomirlariga kirishi va organizm bo‘ylab tarqalishi mumkin. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, astma, nafas qisishi va bosh og‘rig‘i kabi xavfli holatlarni kuchaytiradi. Aholiga esa imkon qadar tashqarida kam yurish, ochiq havoda jismoniy mashqlarni to‘xtatish, N95/FFP2 niqoblaridan foydalanish, uy oynalarini yopiq tutish va havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar, keksa va kasalligi bor shaxslar havo tozalanguncha tashqariga chiqmasliklari lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,330 views

Diposting 30 Nov

💪Samarqandda xazon yoqqan fuqaro Qo‘riqlash xodimlari tomonidan aniqladi Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand tumani M39 avtomobil yo‘li bo‘yida yashovchi fuqaro o‘z tomorqasida xazon yoqib, atrof-muhitga hamda aholi salomatligiga zarar yetkazayotgani ma’lum bo‘ldi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,320 views

Diposting 28 Nov

Fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etiladi O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan PF-232-son Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, tadqiqot va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi yangicha tartibda shakllantiriladi. Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar va ularning tarkibida sho‘balar tashkil etiladi. Shuningdek, fakultet yo‘nalishidan kelib chiqib tadqiqot markazlari barpo etilib, ular huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolarni ilmiy tahlil asosida o‘rganadi. Farmonga muvofiq, fakultet dekanlari, akademik departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etiladi. Ular ikki o‘quv yiliga saylanadi va bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimlarni egallashi mumkin emas. Akademik departamentlar boshliqlari va markaz rahbarlari fakultet dekanining o‘rinbosarlari sifatida belgilangan. Sho‘balar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,790 views

Diposting 28 Nov

Davlat xizmatlari SI asosida ishlaydi Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi "Byurokratiyani bartaraf etish" forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi: ✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi. ✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi. ✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi. ✔️Davlat xizmatlari portali, "Lisenziya" tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi. ✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi. ✔️Litsenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi. ✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi. ✔️"Qog‘ozsiz hukumat" tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi. ✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi. ✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi. ❗️2023–2030-yillarda O‘zbekiston qog‘ozbozlikdan xoli, tezkor, qulay, inson manfaatlariga asoslangan raqamli davlatga aylanadi. Fuqaro, tadbirkor va davlat o‘rtasidagi barcha jarayonlar minimal vaqt, minimal hujjat va maksimal shaffoflik bilan amalga oshadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,660 views

Diposting 28 Nov

Samarqandda numizmatika ashyolari noqonuniy olib chiqilishi fosh etildi Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ellik yil avval yoki undan oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish qat’iyan taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan bunday qadriyatlarni chetga noqonuniy olib chiqishga urinilish holatlari hanuz uchramoqda. “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti va DXXning tegishli bo‘linmalari hamkorligida Moskvaga parvozga tayyorlanayotgan yo‘lovchilardan birining qo‘l yukini tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida og‘zaki so‘rovda ko‘rsatilmagan, 1879 va 1898-yillarda zarb qilingan 3 dona qadimiy tanga aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,880 views

Diposting 28 Nov

❗️ O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasiga jinoiy javobgarlik belgilandi Endilikda elektron sigaretalar, veyplar va ularning qismlarini saqlash, tayyorlash, tashish yoki mamlakatga olib kirish jinoiy ish sifatida baholanadi. Agar ushbu harakatlar katta miqdorda sodir etilsa yoki shaxs avval bu bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unga quyidagi jazolar qo‘llanadi: BHMning 300–500 baravari miqdorida jarima; 2–3 yil axloq tuzatish ishlari; 3–5 yil ozodlikni cheklash; yoki 3–5 yil ozodlikdan mahrum qilish. Agar shaxs o‘z aybini tan olib, vakolatli organlarga murojaat qilsa va taqiqlangan mahsulotlarni ixtiyoriy topshirsa — javobgarlikdan ozod qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,670 views

Diposting 27 Nov

⛅Samarqandda 28-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+18° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:24 Quyosh botishi: 17:18 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,810 views

Diposting 27 Nov

🚊"Samarqand – Urgut" yangi temiryo‘l yo‘nalishi ishga tushirildi 2025-yil fevralida qurilishi boshlangan 55 km uzunlikdagi “Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l tarmog‘i foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida ikki zamonaviy vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikki yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘prik va inshootlar barpo etildi. Kelgusida yo‘l to‘liq elektrlashtiriladi. Yangi yo‘nalish orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 mln tonna yuk tashish imkoni yaratiladi. Ikki juft yo‘lovchi, to‘qqiz juft yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Temiryo‘l Samarqand shahri, Samarkand, Jomboy, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xavfsiz va qulay transport xizmatini ta’minlaydi, ichki turizmga ham turtki beradi. Shuningdek, “Urgut” EIZ faoliyatini kengaytirib, 130 ta yangi ish o‘rni yaratadi. Loyiha yuk tashish xarajatlarini kamaytirib, mahsulotlarning bozorlarga tez yetib borishini ta’minlaydi, investorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Poyezdlar jadvallari — Urgut → Samarqand: 06:30, 16:59; — Samarqand → Urgut: 08:47, 19:27; Chipta sotib olish: vokzallarda yoki onlayn. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,900 views

Diposting 27 Nov

Hurmatli fuqarolar! 🏠 Xonadon qo‘riqlovi uchun oylik to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring. 👉Batafsil videolavhada 🔰Telegram | Instagram | You Tube

805 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3334353637•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384