TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini12,220Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 65 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 20 Jun

Saida Mirziyoyeva Qo‘shrabotdagi olis maktablar uchun 17 ta yangi avtobus topshirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bir qator ta’limga oid muhim tadbirlarda ishtirok etdi. Saida Mirziyoyeva Qo‘shrabot tumanidagi olis hududlarda joylashgan 20 ta maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchi uchun 17 ta yangi maktab avtobusini taqdim etdi. Ushbu avtobuslar bolalarning xavfsiz va qulay tarzda darslarga yetib borishini ta’minlaydi. Shuningdek, u Samarqanddagi 71-maktabda bo‘lib, maktabni a’lo baholar bilan bitirgan yoshlarga oltin medallarni tantanali tarzda topshirdi. Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mazkur maktab so‘nggi yillarda yuqori natijalarga erishib, bitiruvchilarining barchasi oliy o‘quv yurtlariga kirgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,020 views

Diposting 20 Jun

2026-yildan davlat xizmatida yagona va natijadorlikka asoslangan maosh tizimi joriy etiladi Prezidentning yangi tashabbusi – davlat xizmatida adolatli va samara asosidagi ish haqi tizimi shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan navbatdagi muhim hujjat – “Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshlari yangicha, natijadorlikka asoslangan tamoyil asosida belgilanishi belgilandi. Yangi tizimga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik ish haqi endilikda ularning: • ish tajribasi, • ilmiy darajasi yoki malaka toifasi, • erishilgan natijalari, • intizomiy ko‘rsatkichlari kabi mezonlar asosida yagona va shaffof tizim asosida shakllantiriladi. Maoshni belgilashda individual yondashuv yo‘lga qo‘yiladi. Farmonga binoan, bugungi kunda davlat xizmatida mavjud bo‘lgan murakkab, tabaqalashtirilgan va bir xil turdagi lavozimlar uchun farqli oylik belgilanishi kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, oylik ish haqi tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 19 Jun

🌤Samarqandda 20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+38° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:04 Quyosh botishi: 20:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube

898 views

Diposting 19 Jun

Pastdarg‘omda noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 25 million soʻm jarimaga tortildi Pastdarg‘om tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Aniqlanishicha, tumanning Parcha Chandir mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.I. mahalliy yo‘l bo‘yida o‘sib turgan manzarali daraxtlarni belgilangan tartibda ruxsat olmasdan kesib tashlagan. Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 25 million 500 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. — Ayni paytda mamlakatimizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga qarshi moratoriy joriy etilgan. Shu sababli har qanday daraxtni ruxsatsiz kesish qat’iyan man etiladi va qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi, — deyiladi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,470 views

Diposting 19 Jun

⚡️QS 2026-reytingiga SamDU ham kiritildi QS World University Rankings 2026 natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning 7 ta oliy taʼlim muassasasi dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatiga kiritildi. Bu — mamlakat tarixida ilk bor kuzatilgan yuksak natija boʻlib, Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining xalqaro miqyosdagi taraqqiyotini yaqqol namoyon etadi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilgi natijadan 5 ta universitetga koʻp boʻlib, Oʻzbekiston ilk bor reytingda debyut qilgan OTMlar soni boʻyicha dunyodagi top-9 ta davlat qatoriga kirdi. Reytingda eng yuqori oʻrinni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti egallab, 469-oʻringa loyiq topildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy universiteti 721–730-oʻrinlar oraligʻida qayd etildi. Qolgan besh universitet reytingga ilk bor kiritilgan boʻlib, ular orasida Samarqand Davlat Universiteti (SamDU) ham bor. Bu SamDU uchun tarixiy bosqich boʻlib, u nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham ilm-fan, taʼlim va xalqaro hamkorlik borasidagi yutuqlarini namoyon qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

934 views

Diposting 19 Jun

Poyezdda “fohishaxona” tashkil qilgan konduktor jazoga tortildi Navoiyda “O‘ztemiryo‘lyoʻlovchi” AJ filialida konduktor bo‘lib ishlagan, Payariq tumanida tug‘ilgan 40 yoshli shaxsga sud hukmi chiqarildi. U Olot–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yo‘lovchilar uchun intim munosabatlarga sharoit yaratgan. Jumladan, er-xotinga 300 ming so‘m evaziga bo‘sh kupeni taqdim etgan. Sudda ayblanuvchi aybini tan olib, ularga kalit, toza choyshab va iliq suv berganini, ilgari ham shu xizmatni ko‘rsatganini aytgan. Aynan shu yo‘lovchining xabaridan so‘ng huquq-tartibot organlari kupeni tekshirgan. Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan uni aybdor deb topdi. Unga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi, ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolish, va 1,5 yilga moddiy javobgar hamda mansabdor lavozimlarda ishlash taqiqi belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

876 views

Diposting 18 Jun

Pensiya va kompensatsiyalarni tayinlash jarayoni soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining viloyat boshqarmasi tomonidan 7 562 nafar fuqaroga har oyda jami 1 milliard 471,3 million so‘m miqdorida uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi qaroriga asosan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiya va kompensatsiyalarni tayinlash jarayoni soddalashtirilgan – proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Endilikda, ko‘rish qobiliyatidan mahrum I guruh nogironlarga, shuningdek, yadroviy va radiatsiyaviy obyektlarda ishlagan fuqarolarga kompensatsiyalar avtomatik ravishda, elektron axborot tizimlari orqali tayinlanadi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-iyundan boshlab ehtiyojmand oilalardan gaz va elektr energiyasi bo‘yicha tovon pullarini olish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur to‘lovlar ham har oyda amalga oshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

898 views

Diposting 18 Jun

Bars internet nashrining rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat So‘nggi paytlarda Telegram'da muayyan o‘zgarishlar bo‘ldi: kanal egalarining ishtirokisiz ularning kanallarida reklamalar ko‘rsatilmoqda. Bu reklamalarning ayrimlari – ichki kiyimlar, shubhali moliyaviy takliflar va boshqa nojoiz e’lonlardan iborat. Obunachilarimizga shuni ma’lum qilamizki, boshqa kanallar qatori nashrning ham rasmiy kanallarida ko‘zga tashlanayotgan Telegram reklamalarini biz nazorat qila olmaymiz. Biz tomonidan joylanadigan reklama postlarida quyidagilar bo‘ladi: 🔹Post oxirida “Reklama” belgisi bo‘ladi; 🔹 Kontent matni, uslubiyati va dizayni Barsrasmiy.uz sahifalariga xos bo‘ladi; 🔹 Mahsulot yoki xizmat haqida aniq, ochiq-oydin ma’lumot bo‘ladi; 🔹 Reklama e’lonlari nashrimizsahifasi dizayniga mos surat yoki videorolik, logo bilan chiqadi; 🔹 Barcha obunachilarga (shu jumladan Telegram Premium a’zolariga ham) bir vaqtda ko‘rinadi; 🔰Telegram | Instagram | You Tube

801 views

Diposting 18 Jun

Qabul tugashiga 1 hafta qoldi Roppa-rosa 1 haftadan so’ng qabul yakunlanadi. Bugun, 18-iyun10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 255 ming 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: o‘zbek tili — 224 ming 513 nafar; rus tili — 25 ming 841 nafar; qoraqalpoq tili — 4 ming 283 nafar; boshqa tillar — 772 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🙋🏻‍♂️ o‘gil bolalar — 117 ming 940 nafar 🙋🏻‍♀️ qizlar — 137 ming 469 nafar 🔰Telegram | Instagram | You Tube

889 views

Diposting 18 Jun

Temiryoʻl vokzallarida nazorat oʻtkazish punktlari olib tashlandi Endilikda Oʻzbekistondagi barcha temiryoʻl vokzallariga chiptasiz va hujjatlarsiz kirish mumkin. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tartib orqali xavfsizlikni saqlagan holda yoʻlovchilar uchun katta qulayliklar yaratiladi. Yangi tizimga muvofiq, vokzallarga kirishda avvalgi toʻsiqlar va nazorat punktlari olib tashlandi. Bundan buyon yoʻlovchilardan hujjat yoki chipta talab qilinmaydi. Barcha tekshiruv ishlari vokzal binosi ichidagi yagona nazorat nuqtasida amalga oshiriladi. Bu yerda faqat yuklar rentgen apparati orqali tekshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

949 views

Diposting 16 Jun

⚡️1-avgustdan hokimlik xodimlarining ish haqi oshiriladi Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kungi yig‘ilishda 1-avgustdan boshlab barcha viloyat va tuman hokimliklari xodimlarining ish haqi oshirilishini ma’lum qildi. Xodimlarga faoliyatiga qarab ustama va bonuslar ham beriladi. Bu choralar samarali va intizomli ish muhitini yaratish uchun joriy etilmoqda. Prezident intizomsiz va vazifasini bajara olmayotgan xodimlarga chora ko‘rilishini ham ta’kidladi. “Yarim yil yakuni bo‘yicha har bir rahbarning faoliyati jiddiy tahlil qilinadi”, — dedi davlat rahbari. Shuningdek, hokimlar natija bo‘lmasa, mablag‘ qaytarib olinishi haqida ogohlantirildi. Avvalroq 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishi e’lon qilingan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

955 views

Diposting 16 Jun

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Dolzarb 90 kun” tadbirining 14-kunida hududlarda kuzatilayotgan holatlar bo‘yicha rasmiy izoh berdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, pedagoglarning yozgi ta’til davrida mehnat ta’liga chiqishi uchun belgilangan reja-grafik tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan pedagoglar belgilangan kunlarda mehnat ta’liga to‘liq chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ushbu tadbirlarda o‘z ixtiyori bilan ishtirok etgan pedagoglarni bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan. “Dolzarb 90 kun” tadbirlarida o‘quvchilarning ishtiroki ham ixtiyoriy bo‘lib, ular ota-onalarining roziligi asosida jalb qilinadi. Vazirlik rasmiy bayonotida aytilishicha: “Joriy yilda tashkil etilayotgan ‘Dolzarb 90 kun’ tadbirlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 1239 ta umumta’lim maktabida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu oromgohlarga 170 mingga yaqin o‘quvchini ixtiyoriy asosda jalb etish rejalashtirilgan.” 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,340 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6364656667•••70•••75•••80•••8384