TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 80 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 5 Apr
🌦Samarqandda 6-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+26° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +21 - +26°, iliq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:09 Quyosh botishi: 19:00 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Apr
🌤Samarqandda 3-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+28° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:14 Quyosh botishi: 18:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Apr
🇺🇿Samarqand yana bir xalqaro sammitni oʻtkazishga tayyor. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Apr
🌤Samarqandda 2-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+27° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:15 Quyosh botishi: 18:56 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Apr
Payariq tumanida 16 yoshli bola daraxt yiqitish jarayonida vafot etdi Ma’lum boʻlishicha, 30-mart kuni soat 11:00 larda Payariq tuman Ichki ishlar boshqarmasiga “Ilg‘or” MFYda yashovchi 2008-yilda tug‘ulgan bola o‘z uyida daraxt yiqitish jarayonida baxtsiz xodisa sababli og‘ir tan jarohati olib, Chelak shifoxonasiga olib kelinganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, bola yashash xonadonida daraxt kesish jarayonida daraxtning kesilgan shoxi uning ustiga tushib ketgan. Oqibatda bola tan jarohati olib, oila a’zolari tomonidan zudlik bilan Chelak shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan bola vafot etgan. Holat tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Mar
Andijondagi masjidda portlash sodir bo‘ldi Bugun, 31-mart kuni Andijonning Izboskan tumani "Mirzo Ulug‘bek" MFY hududida joylashgan masjidlaring birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida barcha mutasaddi mas’ullar yetib kelgan, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Mar
Samarqanddagi ayrim oliygohlarga ta’til beriladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari tasdiqladi. Samarqand shahrida xalqaro sammit o‘tkazilishi munosabati bilan shaharda harakatlanish cheklanadi (ayrim yoʻllar yopiladi). Shu sababli 2025-yil 1-5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalariga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi: 1. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2. Samarqand davlat chet tillar instituti 3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti 7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi. ❗️Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi. Jaydari tilda aytganda, hozir 5 kun dam olishadi, evaziga yozgi ta’tilga 5 kun kechroq chiqishadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Mar
🌥Samarqandda 31-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+25° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:18 Quyosh botishi: 18:54 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Mar
Joriy yilning 3-4-5-aprel kunlari Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi birinchi sammit boʻlib oʻtishi munisabati bilan shaharga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Mar
Hurmatli Bars internet nashri kuzatuvchilari Sizga va siz orqali barcha yaqinlaringizga tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik, baxt-saodat yor boʻlishini jamoamiz bilan chin dildan tilab qolamiz. Ramazon hayiti muborak boʻlsin! 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Mar
Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i deputatlarga hisob bergisi kelmadi OʻzLiDeP matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, deputatlik guruhi yig‘ilishida Samarqand viloyat transport va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dolzarb masalalar muhokamasi oʻtkazilgan. Viloyat Transport boshqarmasi rahbari Ravshan Tojiyevning ma’lum qilishicha, hududda 2772 ta jamoat transporti yo‘nalishlarda harakatlanmoqda. Bundan tashqari, 18 mingdan ortiq fuqaro shaxsiy avtomobillari orqali yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Suhrob Zayniyev viloyat aholisiga 342 ta tibbiy muassasa xizmat ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan. Kun tartibida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Elyor Tolliyevning hisobotini eshitish ham belgilangan bo‘lib, boshqarma boshlig‘i mutaxassisni yuborganligi sabab hisobot tinglanmagan va keyingi eshituvga qoldirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Mar
Har kim o‘zicha ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi, deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emas — Musulmonlar idorasi Musulmonlar idorasi Ramazon oyi 29 kun bo‘lgani yuzasidan tushuntirish berdi. Milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bo‘lgani kabi hijriy oylar, jumladan, Ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo‘lishi mumkin. Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik bo‘lsa, hijriy oylar hilolning yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun qaysi oy necha kunlik bo‘lishi oyning ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Shunga ko‘ra, hech kim o‘zicha Ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi, deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir. Ramazon oyi 29 kunlik bo‘lib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal ro‘za tutgan bo‘lamiz", deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube