TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 45 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 22 Okt
Yo‘llar to‘liq yopilmaydi, harakat vaqti-vaqti bilan cheklanadi 30-oktyabr – 13-noyabr kunlari Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladi. – Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida YUNESKO tadbirlari munosabati bilan Samarqand shahrida ayrim ko‘chalar yopilishi haqida xabar berildi, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov Zarnews.uz nashriga bergan intervyusida. - Lekin buni ayrimlar noto‘g‘ri talqin qilayotgani kuzatilmoqda. Xalqaro tadbir o‘tadigan kunlari aytilgan ko‘chalarda transport vositalari harakati butunlay to‘xtatilmaydi, vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Ayrim yo‘llar yopilgan vaqtda ham ularga muqobil ko‘chalarda harakat cheklanmaydi, haydovchilari va yo‘lovchilar ko‘zlagan manziliga bemalol yetib olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, madaniy meros ob’yektlari, turistik manzillar ham ochiq bo‘ladi va mahalliy hamda xorijlik sayyohlar shaharni aylanishlariga hech qanday cheklov o‘rnatilmaydi. Sayyohlarning aeroport va temiryo‘l vokzali orqali Samarqandga kelishlari va ketishlarida ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Okt
🌤Samarqandda 21-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +6/+28° Kechasi: +6 - +11°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:48 Quyosh botishi: 17:45 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Okt
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqandga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Okt
Davlat tashkilotlarida ma’naviyat va davlat tili maslahatchilari joriy etiladi 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning 2025-yil 20-oktyabrda imzolangan “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab: qardosh tillarda ta’lim beriladigan maktablar uchun o‘zbek tili darsliklarining yangi avlodi yaratiladi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqiladi; bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at nashr etiladi; o‘zbek tilini o‘rgatishga oid zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar tayyorlanadi. Shuningdek, qaror doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 2026-yil 1-mayga qadar o‘zbek tilini sun’iy intellekt asosida qo‘llab-quvvatlovchi platforma ishlab chiqish bo‘yicha hujjat loyihasi tayyorlanadi; 2026-yil 1-iyunga qadar ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi; 2026-yil 1-dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobi chop etiladi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-dekabrga qadar yangi so‘z va atamalarni birlashtiruvchi elektron platforma yaratish bo‘yicha ilmiy loyihaga tanlov e’lon qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Okt
Urgutda maktab oʻquvchi qizlari janjallashdi Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchi qizlari janjallashgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 13-oktyabr kuni 9- sinf o‘quvchisi F.F. va 9- sinf o‘quvchisi R.G. telefon orqali o‘zaro gap talashgan. Ertasi kuni, ya’ni 14-oktyabrda, soat taxminan 14:20 da Qoratepa MFY hududidagi Sarbozor ko‘chasida ular o‘zaro janjallashgan. Voqea joyida o‘quvchilarning sinfdoshlari ham bo‘lgan. Shundan so‘ng mazkur jarayonda ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Tuman IIB mas’ullari tomonidan jami 12 nafar o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Okt
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.B. va S.X. qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, ular fuqaro M.X.ga100 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 300 AQSh dollari va 1,7 mln so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Okt
⭕️Samarqandda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi 18-oktyabr — “Samarqand shahri kuni” bayrami munosabati bilan ertaga shaharda bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Samarqand shahar hokimi farmoyishiga ko‘ra, erta tongda Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi chog‘ida tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Universitet xiyobonining Sohibqiron haykali joylashgan qismi va unga tutash ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Shuningdek, shahrimizdagi yangi zamonaviy “Festival Mall” savdo majmuasi ochilishi munosabati bilan Navoiyshoh va Gagarin ko‘chalari kesishmasining ayrim qismida soat 08:00 dan 11:00 gacha transport harakati vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Okt
Samarqandda xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining majlisi boʻlib oʻtmoqda Bugun, 17-okytabr kuni, Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston xavfsizlik tuzilmalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Uchrashuvga O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B. Qurbonov raislik qilmoqda. Majlisda zamonaviy xavf va tahdidlar, hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir joyi va kun tartibi 2024-yil noyabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan 20-yubiley majlisda belgilangan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Okt
Samarqand shahri kuni muzeylar va tarixiy obidalarga mahalliy tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul bo‘ladi 1996-yildan buyon nishonlab kelinayotgan “Samarqand shahri kuni” joriy yilda ham keng miqyosda, yuqori saviyada o‘tkaziladi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bayram kuni erta tongda Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati va duolar o‘qilishi, shuningdek, Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shahar bo‘ylab bir qator yangi obyektlar foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida Islom Karimov ko‘chasidan Universitet hiyoboni ko‘chasi yo‘nalishida xayriya marafoni tashkil etiladi. Bayram tadbirlari doirasida Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida san’atkorlar va badiiy jamoalar ishtirokida galakonsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Konsert yakunida esa mushakbozlik namoyishi samarkandliklar va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashadi. Bayram munosabati bilan muzeylar va tarixiy obidalarga mahalliy tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul bo‘ladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual o‘yini, milliy liboslar ko‘rgazmasi va “Men Samarqand farzandiman” nomli yoshlar aksiyasi ham o‘tkazilishi belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Okt
🌤Samarqandda 17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:43 Quyosh botishi: 17:51 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Okt
Narpayda kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kumush qimmatbaho metalning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Navoiy viloyatida yashovchi 1980, 1983va 1987-yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kilogramm kumushni har bir grammini 11 700 so‘mdan hisoblab, jami 21 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda jinoyat ustida ushlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan metallning sof og‘irligi 16 kg 744 gramm bo‘lib, uning asillik darajasi “999” ni tashkil etgan. Baholash natijalariga ko‘ra, ushbu metallning umumiy qiymati 502 million 344 ming so‘mga teng. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kumushning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Okt
Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini onlayn qaytarib olish imkoni yaratiladi 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat OTM talabalari oylik ijara to‘lovining bir qismini my.gov.uz portali orqali qaytarish uchun onlayn murojaat yubora oladi. Hozircha bu jarayon hujjatlarni dekan o‘rinbosari yoki fakultetga topshirish orqali amalga oshiriladi. Yangi tartib bu bosqichni bekor qiladi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim bilan bog‘liq davlat xizmatlari ham Yagona portal orqali ko‘rsatiladi. 💰 Ijara to‘lovining qaytariladigan miqdori: Toshkent shahrida — BHMning 1 baravari (412 ming so‘m) Boshqa hududlarda — BHMning 0,5 baravari (206 ming so‘m) Bir xonadonda yashovchi barcha talabalar ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi shart. 🔰Telegram | Instagram | You Tube