TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 60 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 31 Jul
2026-yilda Samarqandga yangi yuqori tezlikdagi temiryo‘l qurilishi boshlanadi 2026-yildan Samarqand va Toshkent o‘rtasida yangi yuqori tezlikdagi temiryo‘l qurilishi boshlanadi. Bu loyiha orqali ikki shahar orasidagi qatnov tezligi oshadi, yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilib, mavjud temiryo‘lning o‘tkazuvchanlik darajasi ham kamida 20 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. Transport vazirligiga ko‘ra, ushbu loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos 2025-yil oxirigacha tayyorlanadi. 2026-yil boshidan esa tender hujjatlari ishlab chiqilishi boshlanadi. Yangi liniya qurilishi tugashini kutmasdan, mavjud Toshkent – Samarqand temiryo‘l yo‘nalishida ham texnik yaxshilanishlar ustida ish olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Jul
E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Karimova E’zozxon Gapirjanovna O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. U may oyidan buyon vazir o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. E’zoza Karimova bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelgan. Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi, 2023-2024 yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Jul
1-avgustdan jarimalar miqdori oshadi Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘m etib belgilandi. Shu sababli ertaga, 1-avgustdan haydovchilarga jarimalar miqdori ham o‘zgaradi. Eng ommabop jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi: Kamar taqmaslik – 206 000 so‘m Texnik ko‘rik yoki dori qutisi bo‘lmaslik – 206 000 so‘m Hujjatsiz haydash – 412 000 so‘m Sug‘urtasiz mashina boshqarish – 412 000 so‘m Svetaforning qizil chirog‘ida o‘tish – 1 236 000 so‘m Noto‘g‘ri parkovka – 824 000 so‘m Telefonda gaplashish – 1 236 000 so‘m Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 2 060 000 so‘m; Tezlik (+20 km/soat) – 412 000 so‘m; Qarama-qarshi yo‘lda haydash – 4 120 000 so‘m; Mast holatda mashina haydash – 16 480 000 so‘mgacha yoki 3 yilgacha diskvalifikatsiya; Ruxsatsiz tonirovka – 10 300 000 so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jul
🌤Samarqandda 31-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+37° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:29 Quyosh botishi: 19:47 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jul
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosari tayinlandi Bugun Samarqand viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan general-mayor Tohir To‘lqunovich Aripov tanishtirildi. Tadbirda Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev ishtirok etdi. Yig‘ilishda aholi xavfsizligi, jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Vazir Tohir Aripov boshchiligidagi yangi rahbariyatdan "Xavfsiz mahalla" va "Xavfsiz shahar" tamoyillarini samarali amalga oshirish, jinoyatlarni barvaqt aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish talab etilishini ta’kidladi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining yana bir buyrug‘iga ko‘ra, Ne’matilla Ibragimovich Haydarov Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Jul
Tohir Aripov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib general-mayor Tohir Aripov tayinlandi. Tohir Aripov 1974-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2017-yildan buyon Ichki ishlar tizimida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. 2018-yil oktyabr oyidan boshlab Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Aripov 2022-yilda general-mayor unvoniga sazovor bo‘lgan. 2022-yil fevral oyidan shu kunga qadar Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimida polkovnik Raxmat Mamatov faoliyat yuritayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Jul
Toyloqda xonanda ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi 2025-yil 26-iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Zebo ismli xonanda o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak farzandlarini ko‘rish maqsadida sobiq turmush o‘rtog‘i Zebo huzuriga kelgan. Suhbat chog‘ida ular o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyat janjalga aylanib ketgan. Mojaro davomida erkak ayolni qo‘llari bilan bo‘g‘ib, o‘ldirgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Jul
🌤Samarqandda 28-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+38° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:26 Quyosh botishi: 19:50 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Jul
Samarqandda qoʻziqorin shaklida noqonuniy qurilgan 12 qavatli bino buziladi Samarqand tumanining “Joʻyisoy” mahallasida qurilgan, qo‘ziqorin shaklidagi 12 qavatli mehmonxona ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Qurilish yuzasidan 2022-yil 26-may kuni Qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi va “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ mutaxassislari tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, binoning seysmik holati qoniqarsiz ekani, qurilish talablari buzilgani va beton konstruksiyalar sinib ketgani aniqlangan. Natijada binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan. Binoning egasi Farrux Halilov Prezidentga videomurojaat yo‘llagan. Maʼsullar ruxsatsiz qurilgan inshootni saqlab qolish imkonsiz ekani ma’lum qilgan. Qurilish 2012-yilda boshlangan bo‘lib, tegishli davlat ruxsatnomalarisiz amalga oshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Jul
Samarqandda qarzdor ota tilla xarid qilayotganida ushlandi Samarqand shahrida aliment to‘lovidan qochib yurgan fuqaro zargarlik do‘konida qo‘lga olindi. U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uchun oltin taqinchoqlar xarid qilishga kelganida ushlangan. Majburiy ijro byurosi xabariga ko‘ra, Sh.S. ismli fuqaro farzandi ta’minoti uchun G.E. foydasiga aliment to‘lashi lozim edi. Biroq, u uzoq vaqt aliment to‘lamay, yashash joyini o‘zgartirib, yashirinib yurgan. Qarzdorlik miqdori 75 million so‘mga yetgan. Tezkor tadbirlar davomida Sh.S. zargarlik do‘konida aniqlanib, davlat ijrochisiga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Jul
Samarqandning yoshi qayta hisoblandi — shahar 3000 yillik tarixga ega So‘nggi arxeologik tadqiqotlar Samarqand tarixining yanada qadimiy ekanini tasdiqladi. Koʻktepa va Afrosiyob yodgorliklari hududida olib borilgan qazish ishlari davomida miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida bu yerda rivojlangan shahar bo‘lgani aniqlanmoqda. Xususan, Afrosiyobdagi tadqiqotlar chog‘ida yangi mudofaa devori topilib, bu miloddan avvalgi VII–VI asrlarda mavjud bo‘lgan qadimgi qal’aning tuzilmasini tiklashga asos bo‘ldi. Shuningdek, mazkur hududdan miloddan avvalgi VII–VI asrlardan milodiy XII asrgacha bo‘lgan davrga oid turli artefaktlar aniqlangan. Topilmalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarga ilmiy tahlil uchun taqdim etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Jul
2026-yildan boshlab avtomobillarni majburiy sug‘urtalash summasi oshiriladi 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda avtotransport vositalarini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha eng yuqori to‘lov miqdori 40 million so‘mdan 80 million so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilgan. Yangi tartibga ko‘ra, sug‘urta narxlari bozor mexanizmlariga asosan shakllantiriladi. Haydovchilar soniga cheklanmagan sug‘urta tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-apreldan yagona sug‘urta hisob tizimi ishga tushadi. Sug‘urtasiz avtomobil boshqarganlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube