TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini13,207Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 83 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 23 Mar

🌧Samarqandda 24-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +9/+17° Kechasi: +9 - +14°, iliq. Kunduzi: +14 - +17°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:32 Quyosh botishi: 18:45 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,610 views

Diposting 22 Mar

🌦Samarqandda 23-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +9/+27° Kechasi: +9 - +14°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:33 Quyosh botishi: 18:45 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,970 views

Diposting 22 Mar

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi xodimlar ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantiriladi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga Prezident Farmoniga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi. 2025-yil 1-sentyabrdan: umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga; umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga; I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. 2026-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha ragʻbatlantiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

776 views

Diposting 22 Mar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻzinining rasmiy kanalida maʼlum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,230 views

Diposting 22 Mar

Katta miqdordagi xorijiy valyutaning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1978 y.t. fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

803 views

Diposting 22 Mar

😷Bugun ertalab Samarqand Oʻzbekistondagi eng zararli havoga ega shaharga aylandi Ifloslanish darajasi me’yordan 20,8 barobar oshgan. Shu sababli, Samarqandda hozirgi havo sifati aksariyat odamlar uchun maqbul boʻlsa-da, yuqori sezuvchanlikka ega shaxslar tashqarida boʻlish vaqtini cheklashlari yoki ehtiyot choralarini koʻrishlari tavsiya etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

786 views

Diposting 22 Mar

Odamlarning ruxsatisiz video va rasmga olish taqiqlanishi mumkin Shaxsni suratga olish yoki uni aniqlash imkonini beradigan tashqi belgilari aks etgan tasvirlarni uning roziligisiz olish taqiqlanishiga oid taklif Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun chiqargan qonun loyihasida keltirilgan. Loyihaga ko‘ra, quyidagi holatlar bundan mustasno: - xizmat vazifasini bajarishda davlat xizmatchilarini suratga olish; - to‘y yoki boshqa ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonni tasvirga tushirish; - hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbadan olingan tasvirlar; - xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida olingan tasvirlardan foydalanishda ruxsat talab qilinmaydi. Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish maqsadida yashirin suratga olish yoki axborotni yashirin tarzda yig‘ish uchun maxsus vositalardan foydalanganlik uchun jarima joriy etilishi ham ko‘zda tutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

657 views

Diposting 21 Mar

🌤Samarqandda 22-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+27° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:33 Quyosh botishi: 18:45 🔰Telegram | Instagram | You Tube

864 views

Diposting 21 Mar

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi 40 yil ichida birinchi marta Parijdagi qarorgohidan boshqa joyda — Samarqandda o‘tkaziladi YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu qaror 2023-yil noyabr oyida Parijda o‘tkazilgan 42-sessiyada qabul qilindi va 194 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu sessiya tashkilotning 80 yilligiga to‘g‘ri keladi va 1985-yildan beri ilk bor Parijdagi shtab-kvartirasidan tashqarida o‘tkaziladi. 2024-yil 15-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Unga muvofiq, bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkiliy qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita sessiyani yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

658 views

Diposting 20 Mar

🌤Samarqandda 21-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +9/+29° Kechasi: +9 - +14°, iliq. Kunduzi: +24 - +29°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:34 Quyosh botishi: 18:44 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,350 views

Diposting 20 Mar

21-27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida bepul spektakllar namoyishi bo‘lib o‘tadi 27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. Haftalik davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlar rejalashtirilgan. Spaektakllar bepul namoyish etiladi. Samarqanddagi teatrlardagi bepul namoyish etiladigan spektakllar roʻyxati 👉https://telegra.ph/Samarqanddagi-teatrlardagi-bepul-namoyish-etiladigan-spektakllar-ro%CA%BByxati-03-20 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,600 views

Diposting 20 Mar

Viloyat hokimi “mahalliy” xizmat avtomobilidan foydalanmoqda Prezident topshirig‘idan keyin, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev "Toyota Sequoia" rusumli xizmat avtomobilidan Chevrolet Tahoe'ga o‘tgan (videoda). Mulozimlar xizmatida bo‘lgan, endilikda foydalanilmayotgan “inomarka”lar auksion orqali sotib yuboriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

903 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••8081828384