TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini10,678Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 40 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 10 Nov

⛅Samarqandda 11-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+17° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:09 Quyosh botishi: 17:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube

757 views

Diposting 10 Nov

Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflardan dars soatlarini ololmaydi Maktablarda sinflarni komplektlash va dars soatlarini taqsimlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda mavjud bo‘lgan dars soatlarini ololmaydi — agar ular boshlang‘ich taʼlim mutaxassisligi yoki shu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha maxsus taʼlimga ega bo‘lmasa. Ushbu tartib 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tartib “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Yangi tahrirga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining boshlang‘ich taʼlim mutaxassisligiga ega bo‘lishi yoki shu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha taʼlim olganligi shart qilib qo‘yiladi. Agar yuqori sinf o‘qituvchisi ushbu talablarni bajarmasa, u boshlang‘ich sinflardan dars soatini ololmaydi. Mazkur o‘zgarishlar o‘qituvchilar o‘rtasidagi malaka mosligini oshirish, boshlang‘ich taʼlim sifatini yaxshilash va dars soatlarini adolatli taqsimlashga qaratilgan. Yangi tartib 2026-yil 1-avgustdan boshlab barcha umumta’lim muassasalarida amal qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

943 views

Diposting 9 Nov

⛅Samarqandda 10-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+17° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:09 Quyosh botishi: 17:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube

780 views

Diposting 9 Nov

Prezident tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qildi Prezident tomonidan “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq, sohada qator yangiliklar joriy etiladi: 2026-yildan boshlab, davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan moddiy rag‘batlantiriladi. Ularga har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida mablag‘ tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy etiladi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlarida navbatchilik asosida ishlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlari uchun imtiyoz belgilandi. Ular respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganda, yillik kontrakt summasining 30 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan holda, hozirda 6 mln 180 ming so‘mgacha) davlat tomonidan qoplab beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

834 views

Diposting 8 Nov

Samarqand shahrida “Samarkand Marathon 2025” xalqaro xayriya yugurish marafoni o‘tkazilayotgani munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanmoqda. Yo‘l-patrul xizmati va boshqa sohaviy xizmat xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat faoliyatini olib bormoqda. Fuqarolardan harakatlanish chog‘ida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish va YPX xodimlarining ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

824 views

Diposting 8 Nov

Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 million so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida tumandagi mahallalardan birida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilardan birining ishini tanishlari orqali “ijobiy hal qilib berish” evaziga 2 500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, hokim yordamchisi bu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerak bo‘lgan, shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, advokat ham 2 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumonlanuvchiga oid qismini JPKning 84-moddasi asosida tugatib berishni va’da qilgan. Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 hamda 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

905 views

Diposting 7 Nov

🇺🇿Samarqand shahar hokimligida sun’iy intellekt orqali yaratilgan jurnalist ish boshladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

899 views

Diposting 7 Nov

⛅Samarqandda 8-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+15° Kechasi: +2 - +3°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:08 Quyosh botishi: 17:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube

934 views

Diposting 7 Nov

🇺🇸 🇺🇿Samarqandda navbatdagi “C5+1” sammiti bo‘lib o‘tishi mumkin Vashington shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilari ishtirokida “C5+1” formatidagi sammit o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, AQSh Prezidenti Donald Tramp, shuningdek, mintaqa davlatlari rahbarlari qatnashdi. Tadbirda iqtisodiyot, xavfsizlik, energetika va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “C5+1” Kotibiyatini tashkil etish, investitsiyalar bo‘yicha kengash tuzish va transport hamda energetika loyihalarini rivojlantirish tashabbuslarini ilgari surdi. Shuningdek, davlat rahbari keyingi “C5+1” sammitini Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif etdi. Ushbu tashabbus ishtirokchi davlatlar tomonidan iliq qo‘llab-quvvatlandi. Bu qaror Samarqandning xalqaro nufuzi va mintaqaviy diplomatiya markazi sifatidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

796 views

Diposting 7 Nov

🇺🇿2025-yil 8–9-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Batafsil ma’lumot videoda keltirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

761 views

Diposting 7 Nov

⚡ "YILNING ENG FAOL MAHALLA YETTILIGI" TANLOVIGA START BERILDI! 🇺🇿 Samarqand shahar hokimligi tomonidan "Yilning eng faol mahalla yettiligi" tanlovi e’lon qilinadi! Endi siz Samarqand shahridagi eng faol, namunali va ibratli faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligini qo‘llab-quvvatlab, ularga ovoz berishingiz mumkin! Tanlov yakunida eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar Samarqand shahar hokimligi tomonidan “ENG FAOL MAHALLA YETTILIGI” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanadi. 🗓 So‘rovnoma 2025-yil 20-noyabr kuni soat 20:00 gacha davom etadi. 👉OVOZ BERISH👈 🔰Telegram | Instagram | You Tube

965 views

Diposting 7 Nov

Samarqanddakiberjinoyatlarning 80 foizi Samarqand shahrida qayd etilgan Samarqandda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tashabbusi bilan “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi boshlandi. Markaz maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon viloyat ichki ishlar organlariga kiberfiribgarlik holatlari bo‘yicha 6 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Umumiy zarar miqdori 30,1 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 5 milliard so‘mga yaqini qaytarib olingan. Qayd etilishicha, kiberjinoyatlarning 80 foizi Samarqand shahrida sodir etilgan. Tahlillarga ko‘ra, firibgarliklarning 32 foizi zararli APK-fayllarni yuklab olish, 24 foizi soxta onlayn platformalardan foydalanish, 18 foizi esa telefon qo‘ng‘iroqlari orqali amalga oshirilgan holatlarga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar aholiga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, dasturiy ta’minotni muntazam yangilab turish, noma’lum havolalarga kirmaslik hamda SMS-kodlarni hech kimga bermaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyat IIB tomonidan Samcyber_102 mobil ilovasi va @Samcyber_102bot ishga tushirilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda soxta xabarlar va virusli havolalarni avtomatik aniqlab, ularni o‘chirib tashlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,280 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3839404142•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384