TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 10 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 27 Feb
Samarqandda 17 000$ evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro X.K. fuqaro F.K.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan. U oldindan bo‘nak sifatida 7 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Feb
Payariqda bog‘cha tarbiyachisiga intizomiy chora ko‘rildi Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi 40-sonli DMTT o‘qituvchisining tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, ingliz tili o‘qituvchisi R.D. tayyorlov guruhida mashg‘ulot vaqtida ayrim bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan hamda baland ovozda gaplashgan. Holat bo‘yicha o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Feb
Ishtixonda noqonuniy qirg‘ovul ovlaganlar aniqlandi Ijtimoiy tarmoqlarda qishloq hududida Damas avtomobilidan qirg‘ovul ovlanayotgani haqida xabarlarga asosan holat Ishtixon tumani Ekologiya bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida tezkor o‘rganilgan. Aniqlanishicha, tumanda yashovchi fuqarolar J.F. va A.A. o‘zlariga tegishli ov qurollari bilan Zarafshon qirg‘ovullarini noqonuniy ravishda ovlagan. Hozirda ushbu fuqarolarga tegishli ov qurollari tuman IIBga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Feb
⛅️Samarqandda 25-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+23° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +18 - +23°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:12 Quyosh botishi: 18:17 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Feb
🏘 Xonadoningiz xavfsizligini mobil telefoningiz orqali boshqarishni istaysizmi? 🔐 Unday bo‘lsa Qo‘riqlash departamentining "Aqlli uy" loyihasi bilan buni amalga oshiring! Hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maxsus taklif egasiga aylaning. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Feb
⛅️Samarqandda 24-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+18° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:14 Quyosh botishi: 18:17 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Feb
Rossiyada yosh bola hayotini saqlab qolgan yurtdoshimiz davlat mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan favqulodda vaziyatda ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolgani uchun Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Farmonda qayd etilishicha, u murakkab va xavfli sharoitda o‘z joni hamda salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda, yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Feb
Samarqandda bir tup yong‘oqni kesgan fuqaro 96 mln so‘mjarimaga tortildi Samarqand shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro N.G. o‘z yashash hududi atrofida o‘sib turgan 1 tup yong‘oq daraxtini noqonuniy kesgani aniqlangan. Holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 10 mln 300 ming so‘m jarima belgilangan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga muvofiq o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 86 mln 520 ming so‘m hisoblangan. Umumiy to‘lov miqdori 96 mln 820 ming so‘mni tashkil etgan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Feb
Payariqda 10,5 yilga qamalgan sobiq IIB xodimi oqlandi Sud hujjatlariga ko‘ra, S.S. avval Payariq tumani IIBda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori lavozimida ishlagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining 2012-yil 23-avgustdagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “b” bandi (pora olish) va 241-1-moddasi 1-qismi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki yashirish) bilan 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yil 2-dekabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi mazkur hukmni bekor qilib, S.S.ni aybsiz deb topdi. Unga qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlanmagani sababli reabilitatsiya qilinib, jinoyat ishining unga oid qismi tugatilgan. Oqlovdan so‘ng S.S. yetkazilgan mulkiy zararni undirishni so‘rab murojaat qilgan. Samarqand viloyat sudi arizani qisman qanoatlantirib, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi ma’lumotiga asosan 2012-yil iyundan 2024-yil 2-dekabrgacha to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi — 357 255 403 so‘mni (soliqlar chegirilgan holda) undirishni belgiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Feb
Urgutda 5 ta bozorda yashirin iqtisodiyot fosh etildi Davlat rahbari topshirig‘i asosida yashirin iqtisodiyotga qarshi tizimli xatlov ishlari doirasida Urgut tumanidagi 5 ta bozor va savdo kompleksida o‘rganishlar olib borildi. Dastlabki tekshiruvlarda 250 ta holatda onlayn nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalisiz savdo amalga oshirilayotgani, 220 ta savdo nuqtasida QR-kod mavjud emasligi, 158 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirilmagani hamda 415 ta holatda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati olib borilayotgani aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 234 ta tadbirkorlik subyekti onlayn nazorat-kassa mashinasi va terminal bilan to‘liq jihozlanib, 204 tasi QR-kod tizimiga ulangan. Shuningdek 78 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan va 107 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Nazorat tadbirlari davom etmoqda, deyiladi Davlat soliq qoʻmitasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Feb
⛅️Samarqandda 23-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+18° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:15 Quyosh botishi: 18:17 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Feb
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaro vafot etdi 21-fevral kuni soat 17:35 lar atrofida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro X.Q.ning sog‘ligi yomonlashgan. U Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan bo‘lgan. Fuqaro Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga olib borilayotgan vaqtda, shu kuni soat 18:00 larda vafot etgan. Dastlabki sud-tibbiy xulosaga ko‘ra, o‘lim sababi 2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari ekani aniqlangan. Tanada jarohat izlari topilmagan. Ma’lumot uchun, 18-fevral kuni ham ayblanuvchi sog‘ligi sabab shifoxonaga olib chiqilgan, yaqinlariga xabar berilgan va qo‘shimcha uchrashuv tashkil etilgan. Zarur muolajalardan so‘ng 20-fevral kuni shifokorlar xulosasiga ko‘ra sog‘ligi qoniqarli deb topilib, hibsxonaga qaytarilgan. Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube