TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT CHAT

Laylo Rustamova

@iteducation_pr

Marketing e pubblicità

Head of PR at IT Education Association Instgram: https://www.instagram.com/laylorustamova/ Facebook: https://www.facebook.com/Laylo Rustamova Telegram: https://t.me/LayloRustamova

Iscritti1,200Iscritti attuali
Post tracciati1,001Post indicizzati
Reach recente15,369Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 26 di 84 · 1,001 post

Pubblicato 31 ago

Юлдузни санъатини яхши курардим, унинг бу ҳаракатидан ҳурматим ошди. Концерт тадбирида бошидаги тожи ва рўмоли тушиб кетиб, йиғлаётган раққоса қизни бағрига босиб унинг кўнглини кўтариб, ёмон вазиятдан чиқаришга ҳаракат қилибди. Биргина кўринишда инсоннинг ўз ишига бўлган виждони ва масъулияти ва бир инсоннинг бошқа бир инсонга меҳри мужассам. Нақадар чиройли шундай эмасми?!

1,220 views

Pubblicato 18 ago

- Har kuni 20 betdan (25 daqiqa) kitob oʻqisak, bir yilda oʻrtacha 30ta kitob oʻqiymiz - Kuniga 100 000dan pul yigʻib borsak, koʻpaytirish hisobini olmagan taqdirda ham 36 500 000 yigʻiladi - Har kuni 2 kmdan yugirsak bir yilda 730 km yuguramiz - Har kuni biror aniq soha boʻyicha mutaxassislar videosini Youtubedan 25 daqiqadan koʻrib borsak, bir yilda oʻsha sohada boshlangʻich mutaxassis darajasida fundamental bilimlarga ega boʻlamiz. Bular hammasi odat darajasiga kirib, shaxsiyatda paydo boʻladigan oʻzgarish va ishonchni raqamlarda oʻlchab boʻlmaydi. "Atom odatlar"da gap koʼp. @allaevuzb

1,310 views

Pubblicato 6 ago

Фарзандингиз компьютер ўйинлари ўйнайдими? Бундан хавотир оласизми? Компьютерда ўйин ўйнаган боланинг мияси ижтимоий тармоқда ўтирган боланикидан яхши ишлар экан. Маълумотларга кўра COVID-19 пандемияси оқибатида одамлар вақт ўтказиш учун ўйин платформаларига мурожаат қилишлари сони минглаб маротабага ошган ва бугун дунё ўйин бозори қарийб 273 миллиард долларга баҳоланмоқда, 2029-йилга келиб бу кўрсаткич 2 баробарга ўсиши прогноз қилинган. 💲Ўзбекистонда ўтган йили 40 миллион доллар ҳажмида ўйин экспорт қилинган. 👾Бугун миллиардлаб доллар айланаётган ушбу соҳада ёшлар ўйин ўйнаш эмас уни яратишга қизиқиш Ўзбекистонда қанчалик юқори, соҳага қандай кадрлар етишмаяпти? 👨‍💻Фарзандлари компьютер ўйинлари ўйнаётган ота-оналардан нималар талаб этилади? 🎙Шу ва бошқалар ҳақида East Games компанияси ривожлантириш бўйича Директори Акмал Салихов билан суҳбатлашдик. https://www.youtube.com/watch?v=kedLu5KMG7A

1,540 views

Pubblicato 5 ago

Sun'iy intellektdan pulni tejab ishlatish bo'yicha tavsiyalar so'ragandim. Menimcha, u bergan maslahatlar sizga ham foydali bo'ladi. – Budjet tuzish va unga rioya qilish: Har oyda daromad va xarajatlaringizni yozib chiqing. Eng muhim xarajatlarni belgilab, qolgan qismini tejash uchun ajrating. – Ortiqcha xarajatlardan qoching: Kiyim-kechak, texnika va boshqa buyumlarni faqat zarur bo'lganda sotib oling. Aktsiyalar va chegirmalarni kuzatib boring. – Yashash xarajatlarini kamaytirish: Elektr energiyasi, suv va gazdan tejamkorlik bilan foydalaning. Yoritishni LED lampalar bilan almashtirish, issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash kabi choralarni ko'ring. – Transport xarajatlarini qisqartirish: Iloch boricha jamoat transportidan foydalaning yoki piyoda yuring. Mashina xarajatlarini kamaytirish uchun yoqilg'i samaradorligini oshiradigan choralarni ko'ring. – Ovqat xarajatlarini kamaytirish: Tushlik va kechki ovqatni uyda tayyorlashga harakat qiling. Restoranlarda kamroq ovqatlaning va ortiqcha chiqindilarni oldini olish uchun oziq-ovqatlarni rejalashtiring. – Qarzlarni kamaytirish: Kredit kartalari va boshqa qarzlarni to'lashga e'tibor bering. Foiz to'lovlarini kamaytirish uchun qarzlaringizni imkon qadar tezroq yopishga harakat qiling. – Omonat hisob raqami ochish: Har oyda ma'lum miqdorda pulni omonat hisob raqamiga o'tkazing. – O'z mahoratingizni oshirish: Kasbiy mahoratingizni oshirish yoki yangi malakalar o'rganish orqali daromadingizni ko'paytiring. Bu kelajakda sizga qo'shimcha daromad manbalari yaratishga yordam beradi. – Sug'urta va boshqa xizmatlarni qayta ko'rib chiqish: Sug'urta polislaringiz va boshqa xizmatlar uchun to'layotgan mablag'larni qayta ko'rib chiqing. Arzonroq va sifatliroq alternativalarni topish mumkin. – Tejamkorlik madaniyatini yaratish: Tejamkorlikni odatga aylantirish uchun oilangiz va yaqinlaringiz bilan bu mavzuda suhbatlashing. Har bir inson tejashga hissa qo'shsa, umumiy maqsadga erishish osonroq bo'ladi. – Bu tavsiyalarni amalda qo'llash orqali moliyaviy holatingizni yaxshilashingiz va kelajakda kutilmagan xarajatlarga tayyor bo'lishingiz mumkin. @haqiqatdaIlyos

1,210 views

Pubblicato 2 ago

Қизларим 1-синфга чиққанида мактабга бориб гаплашилар эди... Роса қийналганман югур-югурдан 🙁 Фаолиятим давомида бу платформанинг қулайлигини кўп ёритганман, аммо ўзимнинг бевосита ишим энди тушди.

1,050 views

Pubblicato 26 lug

Ўзбекистонлик қизларнинг IT соҳасидаги халқаро ғалабасини бошлаб берган бухоролик Зарнигор Рахимова билан Нидерландиядан онлайн суҳбат

1,540 views

Pubblicato 25 lug

🥳🥳🥳Қизларимиздан яна бир халқаро ғалаба!!! Ўзбекистонлик қизимиз илк бор информатика бўйича Европа олимпиадасида иштирок этиб бронзани қўлга киритди Нидерландияда бўлиб ўтаётган информатика бўйича Европа қизлар олимпиадасида (EGOI) ўзбекистонлик ўқувчи қизлар илк бор иштирок этмоқда! 57 давлатдан 200 нафар иқтидорли қизлар қатнашаётган беллашувда бухоролик ўқувчимиз Зарнигор Рахимова 329 балл билан бронза медалини қўлга киритди 🥉 Олимпиада 27-июлга қадар давом этади, биз қизлардан яна яхши хушхабарлар кутиб қоламиз. Зарнигор, унинг ота-онаси ҳамда устозларини ушбу ғалаба билан муборакбод этамиз!!!

1,650 views

Pubblicato 23 lug

ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИДА ИЛК БОР ҚИЗЛАРИМИЗ ИНФОРМАТИКА БЎЙИЧА ҚИЗЛАР ЎРТАСИДА ЎТКАЗИЛАДИГАН ЕВРОПА ОЛИМПИАДАСИДА ИШТИРОК ЭТМОҚДА 21 июль куни тўрт нафар қиздан иборат Ўзбекистон терма жамоаси информатика бўйича The European Girls’ Olympiad in Informatics (EGOI) Европа қизлар олимпиадасида иштирок этиш учун Нидерландиянинг Эйндховен шаҳрига жўнаб кетди. Олимпиадада 57 давлатдан 200 га яқин қизлар иштирок этади. Олимпиада қизлар ўртасида нафақат техник билимларни ривожлантиради, балки жамоада ишлаш, танқидий фикрлаш, ижодкорлик ва маданиятлараро мулоқот каби шахслараро кўникмаларни рағбатлантиради. Ўзбекистонлик иштирокчилар ICT4Girls олимпиадаси доирасида саралаб олинган бўлиб, қизларнинг иштироки Raqamli texnologiyalar vazirligi ва Рақамли таълимни ривожлантириш маркази томонидан Тошкент шаҳридаги Amity университети ҳамда Ucell компаниялари билан яқин ҳамкорликда ташкил этилди. Ватанимиз шарафини ҳимоя қилаётган қизларимиз билан танишинг: ✅ Зарнигор Рахимова (Бухоро вилояти) ✅ Ойша Мирзатиллаева (Тошкент шаҳри) ✅ Малика Хожамуратова (Қорақалпоғистон Республикаси) ✅ Солиха Дагарова (Самарқанд вилояти) Қизларимизга Олимпиададан улкан ғалабалар билан қайтишларини тилаб қоламиз!

1,270 views

Pubblicato 23 lug

"Bir kunlik to‘yga 10 ming dollar harajat qiladi, lekin farzandining bir yillik ta'limi uchun ming dollar sarflashni xohlamaydiganlar bor..." Mars IT School Texnik Direktori, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanchdoktoranti (PhD) Nozir To‘htamurodov IT ta'lim uyushmasining navbatdagi qahramoni bo'ldi. Nozir To‘htamurodov bugun nafaqat dasturchilik hamda software engineer balki bolalarga AyTi sohasida ta'lim berish va o'z sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoshlardan. Nozirjon bilan: 🟢Sun’iy intellekt sabab ishsiz qoladiganlar, 🟢Bolalarning AyTi ta'lim olish imkoniyatlari, 🟢Ota-onalarning ta'limga munosabati, 🟢AyTI sohasining imkoniyatlari 🟢AyTi'da ilmiy salohiyatning ahamiyati haqida suhbatlashdik. Suhbatning to'liq shaklini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 📹https://www.youtube.com/watch?v=4rhciaTEiQg

879 views

Pubblicato 23 lug

#Кун_фотоси Синган оёғи билан имтихонга борган бола... Йиллаб имтихонга тайёргарлик кўриб, қайсидир сабабга кўра имтихонга боролмай қолиш бир умр афсусга сабаб бўлиши мумкин эди. Лекин излаган имкон топади, мана ўша қаҳрамон... Иллоҳим омад ёр бўлсин! У Президент, Ал Хоразмий ва бошқа Ихтисослашган мактабларга имтихон топширган. Дарвоқе, Президент мактаби имтихонларининг илк босқичидан ўта олибди🥳

1,460 views

Pubblicato 18 lug

😉Dasturchi ilk maoshi bilan uyga kelgani "Abdullajon" filmi talqinida qanday bo‘lardi?💰

1,050 views

Pubblicato 13 lug

"IT sohasida ishlagan ayollar beli og‘rimasdan pul topishadi" — «Fond bozorining axborot-resurs markazi» 1-toifali ma'lumotlar bazasi administratori Shaxzodaxon ATAXANOVA. “Doim o‘z ustingizda ishlamasangiz sizdan zo‘ri chiqadi”, degan tamoyilga amal qiladigan Shaxzodaxon har oy o‘z sohasida yangi ko‘nikmalarni o'rganishga harakat qiladi. U bugunga qadar Oracle Database , Huawei'ning Seeds for the Future , Game Dev, Data Analysis kabi 10 dan ortiq Xalqaro kurslarni tamomlab , sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Buni doimiy ravishda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish uchun juda yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi. "Qizlar onlayn kurslarda o'qib xalqaro sertifikat olib ham uyda o'tirib, kamida 500-600 dollar oylik daromad topishlari mumkin" Xalqaro sertifikat xarajatlarining Davlat tomonidan qoplab berila boshlangani Shaxzoda kabi yoshlar uchun ayni muddao. Bunday bilimlar orqali Shaxzodaga har oy kamida bir marotaba Linkedin ijtimoiy tarmog‘i orqali xalqaro kompaniyalardan ish taklifi kelib tushadi. Shaxzoda bilan uning faoliyati, qizlar uchun IT'dagi imkoniyatlar hamda xalqaro sertifikatlarning afzalligi xususida suhbatlashdik. Batafsil suhbatni quyidagi havolada ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=R6ioBQ5Ww5Q

1,190 views
12•••5•••10•••15•••20•••2425262728•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384