TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 81 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 29 Mar
1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 032,2 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan. ✅ Joriy yilning yanvar-fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga tashrif buyurgan: Qirg‘iz Respublikasi – 422 572 nafar; Tojikiston – 193 348 nafar; Qozog‘iston – 154 716 nafar; Saudiya Arabistoni – 81 173 nafar; Rossiya – 48 029 nafar; Turkiya – 33 039 nafar; BAA – 31 787 nafar; Misr – 11 078 nafar; Tailand – 10 803 nafar; Vetnam – 7 876 nafar; Boshqa davlatlar – 37 740 nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Mar
🌥Samarqandda 29-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+17° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:21 Quyosh botishi: 18:52 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Mar
2026-yildan oʻzini oʻzi band qilish tartibi oʻzgaradi O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi. 2026-yildan quyidagi yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilish bekor qilinadi: ❌ Sartaroshlik ❌ Repetitorlik ❌ Gid-tarjimonlik ❌ Rieltorlik ❌ Avtomobil ustachiligi va boshqalar Endi ushbu sohalarda ishlayotganlar xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Qiziq jihati, pandemiya davrida o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati kengaytirilgan edi. Endi esa bu imkoniyat ayrim sohalar uchun bekor qilinmoqda. Uy sharoitida tovuq boqish, hunarmandchilik kabi faoliyatlar esa o‘zini o‘zi band qilish asosida davom etishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Mar
Turkiyadan 2 oyda O‘zbekistonga 22,5 ming nafar turist kelgan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 22,5 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming nafarga yoki 57,8 % ga oshgan. ✅Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha: xizmat yuzasidan – 9 396 nafar sayyohlik – 6 884 nafar qarindoshlarni yo‘qlash – 6 069 nafar tijorat – 92 nafar o‘qish – 68 nafar davolanish – 11 nafar 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
🌥Samarqandda 28-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+15° Kechasi: +1 - +6°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:24 Quyosh botishi: 18:51 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
Aprel oyi boshlari yana juda issiq bo‘lishi kutilmoqda O‘zgidromet o‘zining aprel oyi uchun ishlab chiqqan prognozida ma’lum qildi. Unda yozilishicha, yangi oyning 5—sanasigacha respublika bo‘ylab quruq va issiq harorat kutiladi. Ko‘plab hududlarda harorat maksimumi +30 daraja, cho‘l, shimol, janub va voha hududlarda esa +32 darajagacha ko‘tariladi. Oyning birinchi o‘n kunligi ikkinchi yarmida harorat yana biroz pasayib, joylarga bulut oralaydi. Hududlarda yomg‘ir (ayrim hududlarda jala va chaqmoq—momaqaldiroqli do‘l) kuzatilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
Samarqandda 43 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi Samarqand shahrida 43 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnomaga o‘tkazilib, haydovchilardan kunlik reja topshirish majburiyati olib tashlandi. Endi haydovchilarga oylik bosib o‘tgan masofa va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab to‘lanadi. Samarqand shahrida 43 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnomaga o‘tkazildi. Qayd etilishicha, avtobuslarda elektron to‘lov imkoniyati yaratildi. Imtiyozli va moslashuvchan (bir soat ichida birinchi to‘lov 1600 so‘m, ikkinchisi 600 so‘m, uchinchisi tekin) tariflar joriy etildi. Avtobuslarni onlayn rejimda kuzatish yo‘lga qo‘yildi. Shaharga shu kungacha 100 ta elektrobus olib kelingan, 2025-yil yakuniga ko‘ra, yana 100 ta elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
O‘zbekiston mudofaa byudjeti bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda Global Firepower 2025-hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa byudjeti bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda deb topildi Mamlakat xarajatlari 2,8 milliard dollarni tashkil etadi. 2 milliard dollarlik mudofaa xarajatlari bilan Qozog‘iston ikkinchi pog‘onani egalladi. Turkmaniston 1,1 milliard dollar bilan 2-o‘rinda. Eng kam mudofaa xarajatlari Qirg‘iziston (221,8 million dollar) va Tojikistonda (446 million dollar) kuzatilgan. Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, global mudofaa xarajatlari bir yil ichida 2023-yildagi 2,24 trillion dollardan 2024-yilda 2,46 trillion dollargacha oshgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
Hindistondan O‘zbekistonga 10,3 ming nafar turist kelgan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 10,3 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 ming nafarga yoki 47,4 % ga oshgan. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha: sayohat – 5 310 nafar; xizmat yuzasidan – 3 065 nafar; o‘qish – 1 864 nafar; qarindoshlarni yo‘qlash – 80 nafar; tijorat – 5 nafar; davolanish – 2 nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mar
🌧Samarqandda 27-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+11° Kechasi: +1 - +6°, iliq. Kunduzi: +6 - +11°, iliq. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:25 Quyosh botishi: 18:50 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mar
⚡Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi — prezident Qarori Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mar
TikTok va Instagram o‘smirlarga qanchalik zarar yetkazadi? Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘smirlarning internetga qaramligi giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga qaramlik bilan tenglashtirilgan. Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, internetga qaramlik miyaga xuddi marixuana yoki alkogol kabi ta’sir qiladi. Ikkala holatda ham qaramlikning paydo bo‘lish xavfi mavjud: ya’ni, "ko‘proq va yana-da ko‘proq bir narsani xohlaganingizda va nazoratni yo‘qotganingizda," deb tushuntiradi olimlar. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda ko‘p vaqt sarflanishi hayotning boshqa sohalari e’tibordan chetda qolishiga olib keladi", deya qo‘shimcha qilgan tadqiqotchilar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube