TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini53,270Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 31 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 11 Des

Endi yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan yosh agronomlarni qo‘llab-quvvatlashni e’lon qildi. Agrar universitetning 180 nafar talabalari dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda amaliyot o‘tadi. Fermer va klasterlarga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya beriladi. Yetarli tajriba orttirgan yosh agronomlar 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiya va sifatli urug‘ yordamida hosildorlikni oshirishga ko‘maklashadi. Shu ishlar uchun oyiga 2 ming dollar to‘lanadi. Shuningdek, paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar reytingi yuritilib, yuqori pog‘onadagi fermerlarga imtiyozli kreditlar va innovatsion sertifikatlar bilan qo‘shimcha ball beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,100 views

Diposting 10 Des

🌥Samarqandda 11-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+17° Kechasi: +0 - +5°, iliq, Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:41 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,150 views

Diposting 10 Des

Samarqand markazidagi havo sifati datchiklari o‘chirildi(mi?) So‘nggi kunlarda havo sifatining yomonlashuvi fonida bir qator choralar ko‘rilgani, yog‘gan yomg‘irlar sabab havo holati nisbatan yaxshilangani qayd etilgandi. Ammo hozirda AQI Air xalqaro platformasida Samarqand shahri markazidagi havo sifatini o‘lchovchi kamida uchta qurilma ishlamayotgani yoki o‘chirib qo‘yilgani kuzatilmoqda. Avvalroq shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatida ham qayd etilgan. O‘shanda faollar bu holat havo sifatini yaxshilash emas, balki salbiy ko‘rsatkichlarni aholidan yashirishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Endilikda shunga yaqin vaziyat Samarqandda ham kuzatilmoqda. Platforma orqali kuzatilganda, shahar markazidan tashqarida joylashgan Samarqand Turizm markazidagi datchik ishlamoqda, biroq markaziy hududlardagi datchiklar tizimda ko‘rinmayapti. Hozircha ushbu holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar rasmiy izoh bermagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,300 views

Diposting 10 Des

🇺🇿Samarqand shahri hududi28 ming gektarga yetadi Viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qilinishiga ko‘ra, Prezident topshirig‘i asosida Samarqand shahri hududi kengaytirilmoqda. Bu jarayon xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari bilan Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand va Toyloq tumanlari hududlari hisobidan amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, Samarqand shahri hududi 28 ming gektarga yetkaziladi. Shahar hududiga quyidagi yerlar qo‘shilmoqda: — Past Darg‘om tumanidan — 1242 gektar, 7 mahalla va 20 ming aholi; — Toyloq tumanidan — 1266 gektar, 8 mahalla va 12 ming aholi; — Samarqand tumanidan — 13 308 gektar, 68 mahalla va 235 ming aholi; — Oqdaryo tumanidan — 1411 gektar, 2 mahalla va 10 ming aholi. Shu bilan birga, Samarqand shahri Xishrav sanoat zonasidan 518 gektar yer Past Darg‘om tumaniga o‘tkaziladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar natijasida Samarqand shahrining umumiy hududi 28 403 gektarga, aholisi esa 880 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Samarqand tumanining 28 289 gektar hududi, 6 mahallasi va 47 ming aholisi Toyloq tumaniga, 1551 gektar hududi esa Past Darg‘om tumaniga o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,630 views

Diposting 10 Des

Samarqand tumanida atmosferani ifloslantirgan fuqaroga jarima qo‘llandi Samarqand tumanida ekologiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida atrof-muhitga zarar yetkazish holati aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Xususan, Yangiravot MFYda yashovchi fuqaro hududda to‘plangan o‘simlik qoldiqlarini ochiq alangada yoqib, atmosfera havosini ifloslantirgani qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,280 views

Diposting 10 Des

❗️Saudiya Arabistoni Makka va Madinadagi masjidlarda foto va video olishni taqiqladi Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi 2026-yilgi Haj mavsumidan boshlab Makka va Madinadagi ikki muqaddas masjid — Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviyda foto va video olishni taqiqladi. Endi ushbu hududlarda mobil telefonlar, professional kameralar va boshqa yozuv qurilmalari ishlatish mumkin emas. Bu qaror bilan muqaddas maskan selfi va sayyohlik joyiga aylantirilmasligi, ziyoratchilar xavfsizligi va dindorlarning ibodatga to‘liq e’tibor qaratishi ta’minlanadi. Qoidalarni buzganlarga qurilmalarini musodara qilishdan tortib, mamlakatdan chiqarib yuborishga qadar choralar qo‘llanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,770 views

Diposting 9 Des

🌦Samarqandda 10-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+13° Kechasi: +0 - +5°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:41 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,450 views

Diposting 9 Des

O‘zbekistonda 70 ga yaqin bukmekerlik sayti bloklandi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilik o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklanganini ma’lum qildi. Qo‘mita bildirishicha, 2025-yil davomida 86 ta sayt nazoratga olinib, ularning 70 ga yaqini bloklangan. Bu chora “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, internet orqali qimor o‘yinlarini reklama qilish taqiqlanishi bilan izohlanadi. Shuningdek, 2025-yil iyul-avgust oylarida Melbet bukmekerlik brendini reklama qilgan 6 nafar vayner sudga berilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

5,630 views

Diposting 9 Des

Savdo-sanoat palatasining Samarqanddagi hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining buyrug‘iga asosan Axmedov Akmal Shamuradovich Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar “Sam-Ferre” MCHJ ta’sischisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,930 views

Diposting 9 Des

⚡️Endi davlat ishiga topshirilgan test natijalari 1 yil amal qiladi Prezidentning “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026 yil 1-martdan boshlab davlat fuqarolik xizmatiga qabul jarayonlari yangi tartib asosida amalga oshiriladi. Endilikda barcha bo‘sh ish o‘rinlari vacancy.gov.uz platformasida e’lon qilinadi. Fuqarolar ushbu platformada o‘zlariga mos mutaxassislik, lavozim va ish haqi talablari asosida “ish qidiruvchi” sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatiga kirish bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar platformadagi bo‘sh lavozimlarga bevosita da’vogarlik qilish huquqiga ega bo‘ladi. Test sinovlari shaxsni tasdiqlash va nazorat qilish imkonini beruvchi maxsus onlayn tizim orqali yoki Boshqaruv samaradorligi agentligining maxsus jihozlangan xonalarida o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,870 views

Diposting 9 Des

🏡Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi? Quyidagi toifadagi fuqarolar yer solig‘ini to‘lamaydi: “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvoniga ega boʻlganlar va uch darajali “Shuhrat” ordeni sohiblari; urush nogironlari va urush qatnashchilari; I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; yolg‘iz pensionerlar; boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar; Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslar; uy-joyi elektr, gaz va boshqa energiya tarmoqlaridan butunlay uzilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchilar — o‘rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga. Muhim eslatmalar: Imtiyoz faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari uchun amal qiladi. Soliq imtiyozi faqat bitta yer uchastkasiga beriladi. Imtiyozdan foydalanish uchun hujjatlar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,310 views

Diposting 8 Des

⛅️Samarqandda 9-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+10° Kechasi: +2 - +5°, iliq, Kunduzi: +7 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:41 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,850 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2930313233•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384