TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 32 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 8 Des
🍁Samarqandda qish mavsumida kuz manzaralari Suratlar: Abbos Shodmonqulov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Des
✅Samarqand havosi xavfli darajadan o‘rtacha holatga tushdi So‘nggi kunlarda yog‘gan yomg‘irlar Samarqand shahrida havo sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. IQAir xalqaro monitoring portali ma’lumotlariga ko‘ra, avval xavfli chegaraga yaqinlashgan havo ifloslanishi indeksi hozirda 86 ball atrofida qayd etilib, u “o‘rtacha (moderate)” daraja sifatida baholanmoqda. Taqqoslash uchun: Surxondaryo viloyatining Termiz hududida havo sifati indeksi 169 ball (zararli daraja), Buxoro atrofida 136 ball, Toshkent viloyatiga yaqin ayrim hududlarda esa bu ko‘rsatkich 137–161 ball oralig‘ida qayd etilgan. Bu esa Samarqanddagi mavjud holat mintaqadagi boshqa hududlarga nisbatan nisbatan barqaror ekanini ko‘rsatmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Des
⛅️Samarqandda 8-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+10° Kechasi: +2 - +5°, iliq, Kunduzi: +7 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:38 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Des
Paxtachi tumani nomi o‘zgarishi mumkin Paxtachi tumani nomi o‘ziga xos tarixiy mazmunga ega bo‘lmagani va hududning asl qiyofasini ifodalamagani sababli uni o‘zgartirish masalasi muhokama qilinmoqda. Tuman hokimligi kanalida soʻrovnoma oʻtkazilib, tumanga tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Ziyovuddin yoki Dabusqalʼa nomlarini berish taklifi ilgari surilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Des
Dahbed–Roʻdakiy chorrahasida tirbandliklarni kamaytirish choralari kuchaytirildi Samarqand shahridagi Dahbed va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida tirbandliklarning oldini olish maqsadida IIB YHXB va Transport boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Ko‘rilayotgan choralar: — yerosti o‘tish yo‘lini tartibga keltirish; — piyodalar uchun temir panjaralar o‘rnatish; — kuzatuv kameralari nazoratini kuchaytirish; — reyd tadbirlarini ko‘paytirish; — bekatlarda avtobuslarning uzoq turib qolishiga chek qo‘yish; — piyodalar yo‘lakchasiga mashina qo‘yish holatlarini bartaraf etish. 🚍 Endilikda tumanlardan kiruvchi transportlar “Motrid” avtoshox bekatida to‘xtashi shart. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Des
Toyloq tumanida qator hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi 7-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan Toyloq tumanida 110 kVli yangi elektr tarmog‘i tortiladi hamda “Adas” podstansiyasida qo‘shimcha uskunalar o‘rnatiladi. Mazkur ishlar sabab quyidagi mahallalarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi rejalashtirilgan: Adas, Shopo‘lat, Davlatobod, Ravot, Nurafshon, Do‘stlik, Xo‘jayuz, Zarafshon, Jumabozor, Saribozor, Xo‘jaqishloq, Tali Ota, Bog‘izog‘on, O‘rtaqishloq, Tepa qishloq, Fayizobod, Chorbog‘tepa, Galabotor, G‘ulba O‘ray eli, Nuroniy, Sariosiyo, Jalolobod, Olmazor. Shuningdek, ushbu tarmoqlar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida ham vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Des
Payariqdagi Qorasuv suv ombori qurib qoldi Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Qorasuv suv ombori to‘liq qurib qoldi. 26,9 million kub metr sig‘imga ega ushbu ombor odatda 8100 gektar ekin maydonini sug‘orish uchun xizmat qiladi. Cosmo Monitoring tasvirlarida omborda suv sathi deyarli nol darajaga tushgani ko‘rinmoqda. Taqqoslash uchun 2019-yil may oyida omborda 42,1 million kub metr suv bo‘lgan, 2024-yil noyabr oyida esa suv hali mavjud edi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, Nurota tog‘larida yog‘gan qor-yomg‘ir hisobidan shakllangan soylar va Zarafshon daryosidan olinadigan suv avval Qorovultepa suv omboriga, undan chiqadigan kanal orqali tog‘ etagi bo‘ylab ekin maydonlariga yo‘naltiriladi. Faqat ortib qolgan qismi Qorasuv suv omboriga kelib quyiladi. Yog‘ingarchilikning kamayishi bu suv zanjiri bo‘ylab oqimni keskin qisqartirgan va natijada Qorasuvda suv to‘planmay qolgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Des
⛅️Samarqandda 7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+15° Kechasi: -0 - +5°, iliq, baʼzi joylarda -2° sovuqqacha; Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:38 Quyosh botishi: 17:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Des
Samarqandda chorva kasalligi bo‘yicha xavotir kuchaymoqda, rasmiylar jim Samarqandda avgust oyidan buyon chorva mollari orasida noodatiy teri kasalligi kuzatilayotgani haqida aholi murojaatlari ko‘paymoqda. Chorvadorlar mollarida teri o‘zgarishlari, ozib ketish va nobud bo‘lish holatlari ko‘payganini aytmoqda. Ayrimlar kasallangan hayvonlarini hatto kolbasa sexlariga topshirishga majbur bo‘lganini bildirmoqda. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi esa ushbu xabarlarni bir necha bor “mish-mish”, “uydurma” deb rad etib kelmoqda. Biroq oradan uch oy o‘tsa-da, kasallik yuzasidan rasmiy tahlil natijalari, diagnostika xulosalari yoki batafsil izohlar e’lon qilingani yo‘q. Aholi tomonidan esa uchta asosiy savol hanuz ochiq qolmoqda: 1. Nega rasmiylar murojaatlarni rad etish bilan cheklanib, tahlil natijalarini ochiqlamayapti? 2. Kasallangan mollar kolbasa sexlariga topshirilgani — oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha favqulodda holat emasmi? 3. Kasallik sut orqali odamga yuqushi mumkinmi? Sotuvdagi sutlar xavfsizmi? 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Des
66 ta chet so‘z o‘zbekchaga almashtirildi: endi “emoji” ham “imo” bo‘ladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini tasdiqladi. Yangi ro‘yxatga ko‘ra, kundalik hayot va media makonida tez-tez uchraydigan 66 ta so‘zning o‘zbekcha varianti joriy etilmoqda. Hujjat hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, mutaxassislar va foydalanuvchilar fikr bildirishlari mumkin. Ro‘yxatdan ayrim muhim atamalar: Anomal → Noodatiy Blokcheyn → Zanjirblok Bonus → Siylama Breket → Tishsim Brend → Xosnom Vebinar → Vebmashg‘ulot Dayjest → Qisqa xabarlar Dedlayn → So‘ngmuddat Dekoratsiya → Sahnabezak Kopirayting → Tijoriy matn yozish Kriptovalyuta → Kriptopul Layfhak → Sarayechim Mikser → Qorgich Penaplast → Po‘kak Penablok → Po‘kak g‘isht Penya → Kechikma puli Rakovina → Chanoq Rasprodaja → Arzonsotuv Reels → Qisqa lavha Suflyor → Shivirchi Transkript → Bahonoma Frilanser → Erkin ishchi Heshteg → Kalitso‘z Hostel → Qo‘noqxona Emoji → Imo 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Des
Pastdarg‘omda shprislar yoqilgani bo‘yicha izoh berildi Ijtimoiy tarmoqlarda shprislar yoqilayotgani, bu esa ekologiyaga zarar yetkazayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Murojaatlar asosida Pastdarg‘om tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari holatni nazoratga olib, masʼullar ishtirokida tezkor o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. O‘rganish davomida voqea Pastdarg‘om tumani, Kimyogarlar mahallasida joylashgan “Akrom Fayz Eko” MChJga tegishli tibbiy chiqindilarni kuydirish pechlarida sodir bo‘lgani aniqlangan. Hozirda hududda qatʼiy nazorat o‘rnatilgan. Ekologiya boshqarmasining maʼlumotiga ko‘ra, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Tekshiruv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Biznes-ombudsman javob xatiga muvofiq amalga oshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Des
6 000 nafar xotin-qizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2 trln so‘m ajratiladi Prezidentning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–240-sonli farmoni (03.12.2025) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan markazlar faoliyatini kengaytiriladi. 2026–2027 yillarda “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tomonidan: 6 000 nafar xotin-qizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi; 2 800 nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi; 2 000 nafar xotin-qizning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik qilish orqali ko‘mak beriladi. Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari huzuridagi Markazlar tegishli tartibda xotin-qizlar uchun tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritish uchun ijaraga beriladi. Avvalroq “HAMROH” dasturi doirasida tadbirkor ayollarga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube