TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini38,820Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 29 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 16 Des

Qo‘qonlik tabib faoliyatidagi qonunbuzilishlar sabab sudga berildi Xalq orasida “Bionur” nomi bilan tanilgan tabib Iqbol Soliyev Xalq tabobati faoliyati qonunlarini buzgani uchun sudga berildi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yilda “Xalq tabobati” faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, ammo guvohnoma muddati 2024-yil dekabrida tugagan. Sud 2025-yil 10-yanvarda unga 7,5 million so‘m jarima tayinlagan. Biroq Soliyev faoliyatini davom ettirib, videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab kelganligi aniqlanib, 27-noyabr kuni yana sudga yuborildi. Qonunchilikka ko‘ra, bu takroran huquqbuzarlik bo‘lib, 8–12 million so‘m jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov bunday holatlarning sababini aholining tibbiy bilim va madaniyatining yetarli emasligida, deya izohlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,120 views

Diposting 16 Des

Samarqandda marmar toshlar orasida yashirilgan 37 kg dan ortiq narkotik aniqlandi Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Samarqand viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qurilish uchun mo‘ljallangan marmar toshlar orasiga yashirilgan holda giyohvandlik vositalarini olib kirgan xorijiy davlat fuqarosi hamda ularni sotish bilan shug‘ullangan 3 nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Tadbir davomida jami 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,390 views

Diposting 16 Des

Maktab oshxonalarida qaysi oziq-ovqatlar tayyorlash va sotilishi taqiqlangan? O‘zbekiston maktablaridagi oshxonalarda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ayrim mahsulotlarni tayyorlash va sotishga qat’iy ta’qiqlar joriy etilgan. “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar maktab oshxonalarida tayyorlanishi yoki sotilishi mumkin emas: gamburger, chizburger, hot-dog kabi go‘shtli fast-fud mahsulotlari; sun’iy ta’m beruvchi moddalar, bo‘yoqlar va konservantlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlar; kiriyeshki, chips va boshqa shunga o‘xshash snacklar; rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar; veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht va parrandachilik mahsulotlari; past sanitariya talablari bilan saqlangan tuxumlar; uy sharoitida tayyorlangan konservalar; kremli tortlar, pishiriqlar va boshqa shirinlar; pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari, qo‘ziqorin mahsulotlari; xom dudlangan go‘sht va kolbasalar hamda boshqa zararli yoki gigiyena talablari buzilgan mahsulotlar. Ushbu cheklovlar o‘quvchilarning sog‘lig‘i va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,600 views

Diposting 15 Des

🌦Samarqandda 16-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+10° Kechasi: - 3 - +2°, iliq, Kunduzi: +5 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:42 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,350 views

Diposting 15 Des

Nurobodda 500 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda Prezidentning 2023-yil 4-iyuldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Nurobod tumanida “Acwa Power Sazagan Solar” MCHJ tomonidan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 334 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi barpo etilmoqda. Loyiha doirasida 758 mln AQSH dollari investitsiya jalb etilishi, elektr energiyasini 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotish, qurilish majburiyatlari uchun 30 mln dollarlik bank kafolati taqdim etilishi belgilangan. Podstansiya va uzatish tarmoqlari loyiha hisobidan quriladi. Viloyat bojxona boshqarmasi loyiha rahbariyati bilan uchrashib, 2025-yil yakuniga qadar 9–10 mingta konteyner importi rejalashtirilgani va bojxona rasmiylashtiruvlarini tezlashtirish masalalarini muhokama qildi. Natijada kompaniyani vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish ma’qullandi. Sazog‘on massivi 2027-yil iyunigacha, Olg‘a massivi 2027-yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,460 views

Diposting 15 Des

Samarqandda 42 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi Joriy yilning noyabr–dekabr oylarida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 8 ta kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatini aniqladi. Natijada 42,1 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Shuningdek, mazkur davrda aniqlangan yana bir holatda 213 dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy muomalasi oldi olindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,420 views

Diposting 14 Des

🌥Samarqandda 15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+5° Kechasi va kunduzi +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:45 Quyosh botishi: 17:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,990 views

Diposting 14 Des

Samarqandning 3 hududida markaziy isitish tizimi qayta ishga tushirildi Samarqand shahrining Sattepo, Sug‘diyona va Mikrorayon hududlarida qariyb 20 yildan beri ishlamagan markaziy isitish tizimi qayta ishga tushirildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, “RK-2” markaziy qozonxonasida olib borilgan rekonstruksiya ishlari doirasida 39,4 kilometr teng qobiqli issiqlik quvurlari yotqizildi hamda umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan 3 ta zamonaviy qozonxona barpo etildi. Natijada 22 ta ijtimoiy soha obyekti, 381 ta ko‘p qavatli uy va ulardagi 18 864 ta xonadon issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Loyiha orqali jami 53 046 nafar fuqaro uchun barqaror issiqlik ta’minoti yaratilishi rejalashtirilgan. 13-dekabr kuni qozonxona sinov tariqasida ishga tushirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,500 views

Diposting 13 Des

🌥Samarqandda 14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+16° Kechasi: +2 - +7°, iliq, Kunduzi: +11 - +16°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:42 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,770 views

Diposting 13 Des

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.I. fuqaro M.A.ga 32 dona “Torgobalin 150 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida undan qo‘shimcha ravishda 40 dona “Geye baralgin” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,340 views

Diposting 13 Des

18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha mablag‘lar imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi Asosiy ma’lumotlar: - Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr - 2 yil - Foiz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli davr - 3 oy - Kredit muddati - 7 yilgacha - Kredit miqdori - 100 mln so‘mgacha Mazkur imtiyozli mikroqarz quyidagi yo‘nalishlarda ajratiladi: - tomorqalardan samarali foydalanish; - chorvachilik; - parrandachilik; - qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlari. Qo‘shimcha ma’lumotlar Kredit manbasi - "Yoshlar biznesi" dasturi Tijorat banki - AT "Aloqabank" tayanch "yoshlar banki" Garov ta’minoti - sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi Maqomi - O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga 🔰Telegram | Instagram | You Tube

3,050 views

Diposting 12 Des

🌥Samarqandda 13-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+11° Kechasi: +2 - +7°, iliq, Kunduzi: +6 - +11°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:43 Quyosh botishi: 17:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,830 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2728293031•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384