TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 28 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 19 Des
Urgutda giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda aniqlandi 2025-yil 19-dekabr kuni soat 14:20lar atrofida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1-otryad Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Urgut tumani hududidan o‘tuvchi Omonqo‘ton YPX maskanida “BYD” rusumli avtomobil to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchining hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda avtomobildagi yo‘lovchilardan birining shubhali xatti-harakatlari sababli xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘zdan kechirish amalga oshirilgan. Natijada uning yon cho‘ntagidan o‘tkir hidli, giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Urgut tumani IIBga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Des
Urgutda Gʻijduvonsoy va Choshtepasoy suv omborlari quriladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Urgut shahriga tashrifi davomida tuman suv ta’minoti tizimidagi asosiy muammolar — minglab gektar yerlarning barqaror suv bilan ta’minlanmagani hamda eskirgan nasos stansiyalari sabab yuzaga kelayotgan yuqori suv yoʻqotishlari bilan tanishdi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Urgut tumanida Gʻijduvonsoy va Choshtepasoy suv omborlarini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 10 ming gektardan ortiq yer maydoni barqaror sug‘orishga o‘tkaziladi, nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi, kichik suv omborlari quriladi hamda energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi. Natijada suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi va eksport salohiyati kengayishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Des
O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand yetakchilik qilmoqda 2025-yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha tug‘ilishlar statistikasi e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha jami 664 600 dan ortiq bola dunyoga kelgan. Tug‘ilishlar bo‘yicha hududlar kesimida esa Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi — bu yerda 80 903 nafar chaqaloq ro‘yxatga olingan. Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo (75 116), uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona (74 614) viloyatlari turibdi. Bu Bundan tashqari, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni bo‘yicha yangi reytingda ham Samarqand viloyati yetakchi o‘ringa chiqdi — bu yerda tahminan 4,36 million kishi istiqomat qiladi va bu koʻrsatkich boshqa barcha viloyatlardan yuqori hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Des
Samarqandda elektrobus bekatga borib urildi Joriy yil 17-dekabr kuni Samarqand shahrida ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatga borib urilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, “Samarqandyoʻlovchitrans” DMga qarashli M2-yo‘nalishdagi elektrobus Amir Temur ko‘chasida harakatlanib ketayotganda, parallel yo‘nalishda harakatlangan avtomobil tomonidan halaqit berilishi oqibatida to‘qnashuvning oldini olish maqsadida keskin o‘ngga burilgan. Natijada transport vositasi bekatga borib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi va yo‘lovchilar tan jarohati olmagan, shuningdek, tibbiyot muassasalariga murojaat qilinmagan. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlari, shuningdek, jamoat transportiga berilgan ustuvorlikni inobatga olib, unga yo‘l berishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Des
🌨Samarqandda 19-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+5° Kechasi va kunduzi +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:46 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Des
Saida Mirziyoyeva Urgutga keldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Urgut shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Prezident yordamchisi tumanda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan bir qator strategik loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temir yo‘l infratuzilmasi orqali bordi. Ushbu tashrif doirasida, Mirziyoyeva Savdo va logistika markazlari, shuningdek yangi diagnostika va tijorat markazlari imkoniyatlari bilan tanishdi. Loyihaning asosiy maqsadi – Urgut hamda atrof-mintaqalarda iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, savdo hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishdir. Shuningdek, tadbir davomida Urgutning tranzit potentsialini kuchaytirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish va hududni mintaqaviy iqtisodiy markazga aylantirish bo‘yicha muhim imkoniyatlar muhokama qilindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Des
Samarqandda advokatning noqonuniy harakati fosh etildi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand shahrida advokatning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Qayd etilishicha, mahalliy advokatlik firmasi advokati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rilayotgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ayblanuvchisiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishni va’da qilgan. U sud idoralaridagi tanishlari orqali masalani hal qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Des
🌦Samarqandda 18-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+5° Kechasi va kunduzi +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:47 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Des
Kattaqo‘rg‘on shahar sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining joriy yil 17-dekabrdagi ajrimiga muvofiq, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2025-yil 13-oktyabrda chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi. Qayd etilishicha, T. Abdijalilov (1976-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “T-NUTS” va “PICHOQCHI DRY FRUITS” MCHJ rahbari) hamda boshqa ikki nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan hukmga qarshi berilgan apellyasiya shikoyatlari qanoatlantirilmadi. Avvalroq, tadbirkor sudiga Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamda Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ham jalb etilgani haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Des
Pastdargʻomda qariyb 64 ming dona noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat IIB hamda Pastdarg‘om tumani YPX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Pastdarg‘om tumanida fuqaro Q.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil kuzatuvga olinib, to‘xtatilgan. Transport vositasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday hujjatlarsiz “Treniya” nomli 12 100 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. Tadbir davomida fuqaro o‘z ixtiyori bilan yashash xonadonida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 5 turdagi jami 63 890 dona pirotexnika vositalarini topshirgan. Vaqtincha saqlovga olingan mahsulotlarning umumiy qiymati 37 million so‘mni tashkil etadi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Des
🌧Samarqandda 50 mm gacha yomg‘ir va qor kutilmoqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati (Oʻzgidromet) ob-havo tahlillariga ko‘ra, yaqin ikki—uch kun davomida Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda. Maʼlum qilinishicha, Turkmaniston hududi orqali kirib kelayotgan nam havo oqimlari taʼsirida Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida 20-dekabrga qadar yog‘ingarchilik miqdori 50 mm gacha yetishi mumkin. Bu esa bir gektar maydonga 500 000 litr yoki 500 tonna tabiiy suv to‘g‘ri kelishini anglatadi. Bu miqdor yilning ushbu davri uchun sezilarli ko‘rsatkich hisoblanib, tuproq namligining oshishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari va kuzgi-qishki zaxiralar uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Oldinroq Payariq tumanidagi Qorasuv suv ombori butunlay qurib qolgani haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Des
❗️Yangi yil tadbirlari sabab Samarqandda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi Yangi yil bayram tadbirlari munosabati bilan Samarqand shahrining ayrim markaziy ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. ❕ A. Temur maydonidan H. Olimjon nomidagi musiqali drama teatriga olib boruvchi kirish ko‘chasi hamda Ko‘ksaroy maydoni hududida; ❕ Beruniy ko‘chasining Roʻdakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan temiryo‘l vokzali oldidagi maydon binosigacha bo‘lgan qismida; ❕ Sartepa massivi hududida Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi oldidan o‘tgan 200 metr qismida; ❕ Kimyogarlar shaharchasi hududida Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida; ❕ “Yoshlik” istirohat bog‘i hududida Beruniy ko‘chasidan va Bag‘dod ko‘chasidan kirish yo‘llarida; ❕ Qorasuv massivi hududida Yangi O‘zbekiston bog‘iga olib boruvchi kirish ko‘chalarida harakat cheklanadi. Cheklovlar 2025-yil 20-dekabrdan 2026-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi. Haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanish va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube