TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 49 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 29 Sep
Netanyahuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston vakillari ishtirok etmadi Ynet nashriga ko‘ra, Netanyahu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlay boshlaganida 77 ta delegatsiya zalni nutq boshlanishidan oldin tark etgan yoki umuman qatnashmagan. Bu ro‘yxatga Misr, Iordaniya, Livan, Suriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron va boshqa ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston ham kirgan. Ammo Bahrayn va BAA vakillari zalni tark etmay, Netanyahuning nutqini tinglagan. Netanyahu minbarga chiqqan vaqti bo‘shab qolgan zal fotosuratlari xalqaro miqyosda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eron oliy rahbari Ali Xomanai ushbu holatga Isroilni “eng nafratlanilgan va eng yakkalangan rejim” deb atadi. Turkiya prezidenti esa ”Kecha o‘sha qotil Netanyahu BMT minbarida turib, bo‘sh o‘rinlarga qarab nutq so‘zladi. Zulm ostidagilarning dod-faryodi erta yo kech sizni quvib yetadi”, dedi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Sep
Samarqand tez yordam jamoasi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi Belarus Respublikasida o‘tkazilgan “Tez tibbiy yordam jamoalari o‘rtasida ko‘nikma va malaka bellashuvi”da Samarqand viloyati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va O‘zbekistondan jami 26 ta jamoa qatnashgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Sep
Samarqandlik sobiq vazir Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi Bosh vazir birinchi o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Prezident maslahatchisi kabi muhim lavozimlarda ishlagan Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi. Ismoil Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U uzoq yillar mobaynida qishloq xo‘jaligi va suv resurslari sohasida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1956-yildan boshlab turli mas’ul vazifalarni bajardi: Pastdarg‘om tumani irrigatsiya tizimlari boshqarmasi muhandisi va rahbari, "Samarqandsuvqurilish" tresti boshlig‘i, keyinchalik esa respublika melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida ishladi. Shuningdek, Jo‘rabekov O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari, Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi, fuqaro muhofazasi ishlari bo‘yicha vazir, Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan. U, shu bilan birga, Bosh vazir birinchi o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri sifatida ham ishlagan. “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Sep
Normurod Norqobilov. Oriyat (hikoya) U qizga yomon ko‘rgani uchun emas, uning padari bo‘lmish Musa fermerga nisbatan yuragida to‘ng‘ib qolgan alami tufayli tosh otdi. Tosh otgandayam nomardlarcha, ya’ni ko‘cha yuzida o‘z maylida sumanglab yurgan yuvosh malla itni bahona qilib tosh otdi. So‘ng esa joni azobda qolgan sho‘rlik qizning faryodi ostida juftak rostladi. Aks holda... Aks holda nima bo‘lardi? https://telegra.ph/Oriyat-hikoya-09-27 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Sep
Samarqandda ayrim ko‘chalarda bir tomonlama harakat sinov tariqasida joriy etiladi 1-oktyabrdan 1 oy davomida quyidagi ko‘chalarda bir tomonlama harakat amal qiladi: • Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi • Abdurahmon Jomiy ko‘chasi • Orzu Mahmudov ko‘chasi • Ko‘ksaroy maydoni • Shohrux Mirzo ko‘chasi • Husayin Boyqaro ko‘chasi • Chuquryo‘l ko‘chasi • Ulug‘ Tursunov ko‘chasi • Yusuf Hamadoniy ko‘chasi Bu tartib tirbandliklarning oldini olish va xavfsizlikni oshirish uchun joriy etilmoqda, deyiladi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabarida. Sinov davrida qoidabuzarliklarga jarima qo‘llanilmaydi, tushuntirish ishlari olib boriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Sep
Meksika orqali noqonuniy ravishda AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSh dollari (jami 96 ming dollar) talab qilgan. Dastlabki kelishuvga ko‘ra, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan rahbar oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan JKning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Sep
🌤Samarqandda 27-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+31° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +26 - +31°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:23 Quyosh botishi: 18:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Sep
Oktyabrdan Toshkent–Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi Qo‘shimcha 775/776-raqamli elektroyo‘lovchi poezdlar 1–2-oktabr kunlari qatnaydi. 3-oktyabrdan boshlab esa haftasiga 3 kun – juma, shanba va yakshanba kunlari muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi. № 775 – Samarqanddan soat 10:55 da jo‘nab, Toshkentga 13:10 da yetib keladi. № 776 – Toshkentdan soat 13:56 da jo‘nab, Samarqandga 16:09 da yetib keladi. Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyidan boshlab Toshkentdan O‘zbekistonning yirik shaharlariga qatnovchi ayrim poezdlar jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Sep
Samarqandda respublikada ilk bor yerosti chiqindi saqlash majmuasi ishga tushdi Respublikada ilk bor Samarqand shahri Qorasuv massivi "Obod maskan" MFYda 2 ta yarim yerosti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi. Mazkur yerosti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlarning sig‘imi 3 metr kub ya’ni 550 litrni tashkil etadi. Natijada 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Kelgusida bu kabi yerosti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan. Mahalliy aholi tomonidan bu kabi samarali chora-tadbirlar mamnuniyat bilan qarshilanib, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olishda ma’qul yechim bo‘lgani ta’kidlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Sep
🌤Samarqandda 26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+29° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +24 - +29°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda ertalab va kechga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:23 Quyosh botishi: 18:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Sep
Oqdaryolik tadbirkor sudiga ikki nafar hokim jalb etildi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida tadbirkor Tolibxon Abdijalilov nohaq ayblanib, qamalgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat sudlari matbuot xizmati ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, tadbirkor Abdijalilov va boshqalarga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining ish yurituviga kelib tushgan. Tergov organining xulosasiga ko‘ra, tadbirkor va boshqalar (jami 3 kishi) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan, kredit shartnomasiga asosan 7 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Ayni paytda ularning barchasiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Maʼlumotlarga koʻra tadbirkor sudiga Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamda Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ham jalb etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Sep
O‘zbekistonda paxta terimida qonunbuzarliklar aniqlanmoqda O‘zbekiston Senatining ma’lumotiga ko‘ra, paxta yig‘im-terimi davrida 11 ta Mehnat kodeksi buzilishi va 3 ta majburiy mehnat holati qayd etildi. Tekshiruvni Milliy komissiya, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tkazdi. Natijada 300 dan ortiq holatda mehnat munosabatlari qonuniylashtirildi, ish sharoitlari esa talabga moslashtirildi. Qonun buzganlarga nisbatan Ma’muriy kodeksning 49 va 51-moddalari bo‘yicha chora ko‘rilgan. Fuqarolar quyidagi ishonch telefonlari orqali noqonuniy holatlar haqida xabar berishlari mumkin: Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – 1176 Kasaba uyushmalari federatsiyasi – 1092 Telegram-bot: Munosibmehnat.uz 🔰Telegram | Instagram | You Tube