TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini9,592Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 47 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 8 Okt

🌤Samarqandda 9-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+28° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:35 Quyosh botishi: 18:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube

576 views

Diposting 8 Okt

Mirziyoyev Samarqandda yana bir xalqaro yigʻilish oʻtkazish taklifini ilgari surdi Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim tashabbus bilan chiqdi — TDTga a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini aynan Samarqandda o‘tkazishni taklif etdi. O‘zbekiston rahbari, shuningdek, Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq qabul qilish zarurligini ta’kidladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

600 views

Diposting 8 Okt

Endi fuqarolarning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fuqarolarning shaxsiy hayoti va tasvir huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Endilikda shaxsni suratga olish yoki tasviridan foydalanish uchun uning roziligi shart bo‘ladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tasvirga olishda ota-ona yoki vasiy roziligi talab etiladi. Jamoat joylariga videokuzatuv tizimlari o‘rnatilganda, bu haqda ogohlantiruvchi belgi joylashtirish majburiy. Kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalarda videokamera o‘rnatish qat’iyan taqiqlanadi. Qonun loyihasi fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, hozir Senatga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,320 views

Diposting 8 Okt

Ijro hokimiyatida 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi — Prezident farmoni Prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida jami 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi. Eng katta hajmdagi qisqartirishlar: Soliq qo‘mitasi — 486 ta shtat birligi. Suv xo‘jaligi vazirligi — 224 ta shtat birligi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 200 ta shtat birligi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 163 ta shtat birligi. Boshqa vazirlik va idoralar — qolgan qismlar jami hisobida (2 141 — yuqoridagi qiymatlar) ta shtatga teng bo‘ladi. Qo‘mita, agentlik, inspeksiya darajasida — 16 ta o‘rinbosar (rahbar o‘rinbosarlari) shtati tugatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

562 views

Diposting 7 Okt

🌤Samarqandda 8-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+27° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:34 Quyosh botishi: 18:04 🔰Telegram | Instagram | You Tube

529 views

Diposting 7 Okt

Viloyat Madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi Viloyat musiqali drama teatrida Madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov qatnashdi. Yig‘ilishda boshqarmaning markaziy apparati xodimlari hamda tizimga qarashli madaniyat muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan Botir Tugalov Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Botir Tugalov ilgari Madaniyat vazirligi tizimidagi qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. U avval Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori hamda viloyat musiqali drama teatri direktori sifatida ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

560 views

Diposting 7 Okt

7-oktyabr kuni osmonni “Super Oy” yoritadi Bugun, 7-oktyabr kuni, Yer aholisi “Super Oy” deb ataluvchi noyob astronomik hodisani kuzatishadi. Oy Yerga odatdagidan 360 ming kilometrdan ham yaqinroq masofada bo‘ladi, natijada uning o‘lchami kattaroq va yorqinligi 30 foizga balandroq ko‘rinadi. Astronomlarning ma’lum qilishicha, Oy shu kuni o‘zining perigey nuqtasiga yetadi — bu Oy orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi hisoblanadi. Bu masofa Oy Yer orbitasining eng uzoq nuqtasidan qariyb 14 foizga yaqinroq. “Super Oy”ni kuzatish uchun eng qulay vaqt — kechqurun soatlari. Shu paytda Oy osmon gumbazida juda yorqin va yirik holatda ko‘rinadi. Shuningdek, oktabr oyida yana bir nechta qiziqarli hodisalar kutilmoqda: 13-oktyabr — Oy va Yupiter yaqin burchakda ko‘rinadi; 19-oktyabr tongida — Oy osmondagi eng yorqin sayyora Venera bilan yaqinlashadi; 21-oktyabr — Orionidlar mеteор oqimi avjiga chiqadi va har soatda o‘rtacha 5 ta “yulduz yog‘dusi”ni ko‘rish mumkin bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

522 views

Diposting 6 Okt

Kimlar maktab maslahatchisi bo‘lishi mumkinligi ochiqlandi Prezident qaroriga binoan, 2025-yil 1-oktyabrdan har bir umumiy o‘rta maktabga 1 ta shtat bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi. Lekin, kimlar bu lavozimga tayinlanishi mumkinligi aniq emas edi, chunki maslahatchilarning malaka talablari hali belgilanmagan edi. 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyruqqa ko‘ra, maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi. Talablar: Ta’lim darajasi: oliy yoki bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim. Afzalliklar: magistratura yoki ilmiy daraja bo‘lsa, afzal hisoblanadi. Mutaxassislik: pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishida bo‘lishi kerak. Istisno: • Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilar uchun mutaxassislik talab qilinmaydi. • “El-yurt umidi” jamg‘armasi bo‘yicha davlat stipendiyachilari ham maxsus mutaxassislik talab qilinmaydi. Nomzodlardan ish staji talab qilinmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

577 views

Diposting 6 Okt

Inspeksiya xodimlari formali kiyim-bosh bilan ta’minlanmoqda Prezidentning PF-66-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 22-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 602-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, inspeksiya xodimlari uchun idoraviy formali kiyim-boshlar va farqlovchi belgilar tasdiqlandi. Formaning asosiy rangi — to‘q ko‘k, unda inspeksiya emblemasi tushirilgan kepka, ko‘krak qismida ikkita cho‘ntak hamda chap tomonda “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” yozuvi joylashtirilgan. Laboratoriya xodimlari uchun esa ushbu yozuv forma orqa qismida bo‘ladi. Xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari forma o‘ng tomonida aks etadi. Shuningdek, chap yengda shevron, to‘q ko‘k shim (yoki yubka) va qora charm poyabzal belgilangan tartibda kiyiladi. Hozirda Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari bosqichma-bosqich ushbu formalar bilan ta’minlanmoqda. Ma’lumot uchun, inspeksiya xodimlari ilgariroq yonkamera (bodikamera) va planshetlar bilan ham ta’minlangan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,100 views

Diposting 6 Okt

Samarqandda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar kamaygan Viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Abdunabi Nosirov ma’lum qilishicha, joriy yilning 9 oyida viloyatda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 taga (2,9 foizga) oshgan — 747 ta holat qayd etilgan. Shuningdek, o‘lim bilan bog‘liq hodisalar 17 taga kamaygan (198 dan 181 taga). Joriy yil davomida YPX inspektorlari tomonidan 538 ming 727 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan: 138 ming 54 tasi — qo‘pol qoidabuzarliklar, 2995 tasi — mast holatda transport boshqarish, 10 ming 639 tasi — svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 30 ming 50 tasi — piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

512 views

Diposting 6 Okt

Samarqandning uch yirik massivi aholisi uchun yangi issiqlik tizimi barpo etiladi Samarqand shahrining “Sattepo”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlarida issiqlik ta’minoti tizimini yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. Loyiha doirasida 39,4 km uzunlikdagi zamonaviy issiqlik quvurlari yotqizilmoqda hamda umumiy quvvati 100 Mvt bo‘lgan uchta yangi qozonxona (ikki tasi 30 Mvt, bittasi 40 Mvt) qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish va montaj ishlari yakunlangach, mazkur uchta massivdagi 381 ta ko‘p qavatli uy, 22 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 18 864 ta xonadon markaziy issiqlik energiyasi bilan to‘liq ta’minlanadi. Bu esa 53 mingdan ortiq aholi uchun qish mavsumida barqaror, energiya tejamkor va xavfsiz issiqlik tizimini yaratish imkonini beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,140 views

Diposting 5 Okt

🌤Samarqandda 6-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +9/+25° Kechasi: +9 - +14°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:32 Quyosh botishi: 18:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

594 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••454647484950•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384