TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 48 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 5 Okt
Samarqandda turistik xizmat salkam yarim barobar oshgan 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Samarqanddagi turistik agentliklar 2,2 trln soʻmlik xizmat koʻrsatgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 44 % ga koʻpdir. Hududlar kesimida xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlangan: Toshkent shahri – 1,7 trln soʻm Samarqand viloyati – 305 mlrd soʻm Xorazm viloyati – 73,1 mlrd soʻm Toshkent viloyati – 52,2 mlrd soʻm Buxoro viloyati – 31,9 mlrd soʻm 305 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatgan Samarqand viloyati bugun poytaxtdan keyingi eng yirik turizm markaziga aylanyapti. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Okt
Jomboyda mast holatda skuter boshqargan haydovchi aniqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Okt
Pastdargʻomda "staj" uchun pora olganlar qoʻlga olindi Pastdargʻom tumanida buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari ikki fuqaroni aldagan. U o‘zining hisobini yuritayotgan korxonalarga ularni “go‘yoki xodim sifatida ishlagan” tarzda soxta ma’lumotlar kiritib, ish stajlarini sun’iy oshirgan. Natijada, har biriga 2,5 million so‘mdan pensiya tayinlanishi uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Pastdargʻom tumani bo‘limi xodimi bilan til biriktirgan. Mazkur xizmat uchun u 2 ming AQSh dollari talab qilgan. MCHJ rahbari kelishilgan puldan 1 900 dollarni olayotgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Okt
“Xalqaro tajribali murabbiy zarur” — O‘FA qarori bilan Cannavaro milliy jamoada Italiyalik futbol afsonasi, 2006-yilgi Jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi Fabio Cannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda. U yiliga 4 million yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqaldi. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Cannavaro dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan terma jamoa murabbiylari reytingida yuqori o‘rindan joy oladi. Eng ko‘p maosh oladigan terma jamoa murabbiylari: 1. Ancelotti — €9,5 mln (Braziliya) 2. Tuchel — €5,9 mln (Angliya) 3. Nagelsmann — €4,9 mln (Germaniya) 4. Cannavaro va Martinez — €4 mln (O‘zbekiston, Portugaliya) 5. Deschamps — €3,8 mln (Fransiya) Biroq 4 mln yevro maosh haqidagi xabar ba’zi manbalarda rasmiy emas, taxmin sifatida keltirilgan. Milliy jamoaning avvalgi murabbiyi Timur Kapadze 2025-yil yanvarida tayinlangan edi. U yoshlar terma jamoasi va Olympiya jamoasida ham murabbiylik qilgan, yaxshi natijalar qayd etgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoani xalqaro maydonda yuqoriroq natijalarga olib chiqish uchun ko‘proq tajribaga ega, dunyo miqyosida tanilgan murabbiy zarurligini ta’kidladi. Shu sababli Kapadze o‘rniga Cannavaro tanlandi. Cannavaro va O‘FA o‘rtasidagi shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda ekani aytilmoqda. OʻFA tez orada kelishuv haqida batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Okt
24 soat ichida ipoteka subsidiyalari uchun Samarqand viloyati boʻyicha salkam 4 yarim ming ariza tushdi 2-oktyabrdan boshlab ipoteka subsidiyalari uchun ariza topshirish jarayonlari boshlandi. Oradan 24 soat o‘tib, mamlakat bo‘yicha 43 mingdan ortiq ariza kelib tushdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ariza Farg‘ona viloyatidan yuborildi — 6 mingdan ziyod. Toshkent shahri 4,5 mingta ariza bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Samarqand viloyati esa 4,4 mingta ariza bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Namangan viloyatidan 4,1 mingta, eng kam faollik esa Sirdaryo viloyatida kuzatilib, 1,2 mingta ariza topshirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Okt
SamDU oʻquv binosi qurilishida kamchiliklar aniqlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Okt
Xalqaro astronavtika kongressi 2028-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi 28-sentabr kuni Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tgan sammitda “O‘zbekkosmos” agentligi Samarqandni 2028-yilgi Xalqaro astronavtika kongressiga nomzod sifatida taqdim etdi. IAC-2025 yig‘ilishida Samarqandning nomzodi Hindiston va Bahrayn bilan bellashib, g‘olib chiqdi. Endi 2028-yilda bu nufuzli kongress aynan Samarqandda o‘tkaziladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Samarqand tanlovi ramziy ahamiyatga ega: bundan 500 yil oldin Mirzo Ulug‘bek bu shaharda dunyodagi eng yirik rasadxonani barpo etgan va ilm markaziga aylantirgan edi. Tadbirga 10 mingdan ortiq mehmon kelishi, yirik ko‘rgazmalar tashkil etilishi kutilmoqda. Masalan, Avstraliya bu kongressdan 27 mln dollar daromad olgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Okt
Samarqandda erkak ayolni mashinaga majburan o‘tqazib olib ketmoqchi bo‘ldi Ijtimoiy tarmoqlarda erkak ayolni zo‘ravonlik bilan mashinaga o‘tqazgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, 1-oktabr kuni Samarqand shahar “A.Temur” mahallasida 2002-yilda tug‘ilgan erkak o‘ziga tanish bo‘lgan ayol bilan kelishmovchilikdan so‘ng uni mashinaga majburan o‘tqazishga uringan. Biroq, ayol mazkur holat bo‘yicha erkakka nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan. Erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida ish qo‘zg‘atilib, sudga yuborilgan. Statistikaga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon 24 mingdan ortiq ayolga himoya orderi berilgan, 1 700 nafarga yaqiniga psixolog va tibbiy yordam koʻrsatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Okt
O‘zbekistonda hokim o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi O‘zbekistonda tuman va shahar hokimiyatlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda, deya xabar bermoqda UzA. Loyihaga ko‘ra, hokim o‘rinbosarlari soni hozirgi 6 tadan 4 taga qisqartiriladi. Shuningdek, 2026-yil oxirigacha 32 ta hududda yangi boshqaruv modeli joriy etiladi. Bu jarayonda iqtisodiyot, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va yoshlar ishlari bo‘yicha idoralar hokimiyat tizimiga integratsiya qilinadi. Hokimlar mazkur bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qilib, xodimlarni tayinlash yoki bo‘shatish, rag‘batlantirish va intizomiy choralar ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Okt
Samarqand davlat chet tillar instituti bosh binosi SamDUga qaytarildi Samarqand davlat chet tillar instituti bosh binosi Samarqand davlat universitetiga qaytarildi. Hozircha bu borada ikkala oliygoh matbuot xizmatidan rasmiy xabar berilmagan. Mazkur masala ilk bor 2022-yilda viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tilga olingan edi. Unda SamDUning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov shunday degandi: “Aslida bu mish-mish emas, shunday loyiha bor. Lekin hali tasdiqlangani yo‘q. Rektorimiz bulvarning barcha binolarini universitet kampusi sifatida birlashtirish uchun hukumatga murojaat qilyapti. Bulvarda o‘quv binolari bilan birga mehmonxonalar ham bor. Mehmonxonalar bizga xalaqit qilmaydi, ammo o‘qituvchi va talabalar o‘quv binolariga qatnab yurishda vaqt yo‘qotadi. Xorijiy nufuzli universitetlarda kampus deganda binolar bir joyda, yoki hech bo‘lmaganda yaqin masofada qurilgan bo‘ladi.” Maʼlumot uchun 1990-yillarda SamDU tarkibida Chet tillar fakulteti faoliyat yuritgan. 1992-yilda shu fakultet negizida Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilgan. Institutning hozirgi bosh binosi ham o‘sha paytda SamDU balansidan ajratib berilgan bino hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Sep
SamAutoning katta ulushi Turkiya kompaniyasiga sotildi Samarqand avtomobil zavodining (SamAuto) 75,2% davlat ulushi Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga 80 million dollarga sotildi. Kelishuvga ko‘ra: Kompaniya yana 80 million dollar investitsiya kiritadi; Samarqandda katta avtobuslar va elektravtobuslar ishlab chiqariladi; Servis markazlari ochiladi; Mahsulotlar nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Afrikaga ham eksport qilinadi. Ishbu bitim 2024-yil iyunida prezidentning Turkiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Shuningdek, zavoddagi yapon kompaniyalari ham o‘z ulushini turklarga sotishga rozilik bildirdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Sep
Air Samarkand ishchilari maoshsiz qoldi Air Samarkand xodimlari 3 oydan beri ish haqi ololmayapti. Kompaniya bayonotida aytilishicha, bahor-yoz oylarida samolyotlarga rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish katta xarajatlarni talab qilgan va shu sabab maoshlar kechikmoqda. Rossiyadan jalb qilingan 50 ga yaqin xodim esa 3 oydan beri na maosh, na turar joy puli ololmayotgani, hattoki yegulik uchun ham mablag‘ ajratilmayotganini bildirmoqda. Rahbariyat ishchilardan uzr so‘rab, qarzdorlikni qisqa muddatda yopishni ustuvor vazifa deb belgilagan. Shu maqsadda investorlar va hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube