TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 51 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 19 Sep
Samarqandda Italiya oliygohining filiali ochiladi Italiyaning Tushiya universiteti rektori, professor Stefano Ubertini O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev bilan uchrashuv chog‘ida Samarqandda yangi universitet filialining ochilishi haqida ma’lum qildi. Rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 30-sentyabr kuni o‘tkaziladi. Talabalar esa ilk mashg‘ulotlarini 2026-yil yanvar oyida boshlaydi. Bakalavriat yo‘nalishlari: — Qishloq xo‘jaligi fanlari — Oziq-ovqat texnologiyalari Magistratura yo‘nalishlari: — Qishloq xo‘jaligi fanlari — Bioiqtisodiyot Bundan tashqari, qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar o‘qish jarayonining bir qismini Italiyada o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Professor Ubertinining ta’kidlashicha, bu — italiyalik agrar universitetlar tarixida ilk bor chet elda filial ochilishi bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Sep
Taʼqiqlangan diniy-ekstremistik materiallar roʻyxati eʼlon qilindi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan materiallar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan kontentlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qat’iyan taqiqlanadi. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni tarqatish yoki ulardan foydalanish: Ma’muriy javobgarlik, Og‘ir hollarda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Sep
Samarqandda aqlli svetoforlar koʻpaytiriladi Shaharda tirbandliklarning oldini olish va harakatni qulay qilish maqsadida zamonaviy boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi: 180 ta yangi aqlli svetofor o‘rnatiladi. 67 ta svetofor yagona boshqaruv tizimiga ulanadi. 9 ta markaziy ko‘chada “yashil yo‘lak” tashkil etiladi. 60 ta kamera to‘xtash va qoidabuzarliklarni aniqlaydi. 55 ta maxsus moslama maktablar oldida piyodalar o‘tish joylariga o‘rnatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Sep
🌤Samarqandda 19-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+27° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:15 Quyosh botishi: 18:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Sep
Samarqandda yetti nafar kadastrchi ishdan olindi Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K. Valiyev boshchiligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. O‘nga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ular aholidan tushayotgan arizalarni asossiz rad etib, e’tiborsiz qoldirgan. Uchrashuvda aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilayotgani, murojaatlarga bee’tiborlik va mas’uliyatsiz yondashuv keskin tanqid ostiga olindi. O‘rganilgan asosli faktlar tahlili bo‘yicha viloyatning filial rahbarlaridan izoh so‘raldi. Palata raisi "Ariza va murojaatlarni belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda javob berish, asossiz radlar uchun javobgarlik belgilanishi" - haqida ogohlantirdi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotgan 10 ga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilanib, 7 nafar kadastrchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Sep
Samarqandda 20 000 shisha soxta aroq yoʻq qilindi Narpay va Ishtixon tumanlarida Majburiy ijro byurosi xodimlari katta hajmdagi kontrafakt alkogol mahsulotlarini aniqlab, musodara qildi. Maxsus maydonda 100 dan ortiq turdagi — aroq, vino va pivo kabi spirtli ichimliklardan iborat qariyb 20 ming dona shisha idishdagi mahsulotlar yo‘q qilindi. Musodara qilingan ichimliklarning sifati tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan, sanitariya qoidalariga zid kelgan, ayrimlarida esa hatto yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday mahsulotlarni iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Hozirda viloyatda noqonuniy alkogol mahsulotlarini aniqlash va musodara qilish bo‘yicha reydlar davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Sep
❗️1-oktyabrdan boshlab, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tganlik uchun 125 000 so‘m jarima solinadi O‘zbekistonda piyodalarga muhim eslatma: yo‘lni kesib o‘tganda gadjetlardan foydalanish va diqqatni chalg‘itish uchun jarima belgilanadi. Quyidagi harakatlar taqiqlanadi: • Telefondan foydalanish; • Kitob yoki jurnal o‘qish; • Video tomosha qilish; • Audio eshitish; • Boshqa elektron qurilmalarga diqqatni qaratish. O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga asosan, fuqarolarning harakatni tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Sep
🌤Samarqandda 18-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+25° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:15 Quyosh botishi: 18:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Sep
Direktor oʻrinbosari shtatlari qisqartirilib, maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-277-son, 08.09.2025)ga muvofiq: 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari lavozimi o‘rniga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Qarorga muvofiq: Bo‘shaydigan 3 400 ta direktor oʻrinbosari shtat birliklari hisobida maktab maslahatchisi shtat birliklari kiritiladi. 2025-yil yakunigacha ta’lim muassasalarida ushbu tartib maqbullashtiriladi, va 2026-yil 1-yanvardan maktab maslahatchisi shtat birliklari rasman amalda bo‘ladi. Endi maktablarda 0,5 stavkada ishlaydigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul direktor oʻrinbosari lavozimi bekor qilinadi. Maktab maslahatchilari maoshi direktor oʻrinbosari lavozimi maoshiga tenglashtiriladi. Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab, sertifikat amal qilish muddati davomida, lavozim maoshining ustiga 30% ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida, mahalla, maktab, oila va jamoat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizimli yondashuv joriy etilishi ko‘zda tutilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Sep
Green Card lotereyasida oʻynash pulli boʻladi AQSh Davlat departamenti Diversity Visa (DV, Green Card) dasturiga ariza topshirishda 1 dollar yig‘im joriy etishni taklif qildi. Buning sababi: operatsion xarajatlarni faqat g‘oliblar emas, balki barcha ishtirokchilar zimmasiga adolatli taqsimlash; shubhali va asossiz arizalarni kamaytirish. Yig‘im lotereya tizimini yangilash, ma’lumotlarni saqlash, g‘oliblarni tanlash va xavfsizlik tekshiruvlari uchun sarflanishi kutilmoqda. Ushbu qoida 16-sentabrdan 30 kun o‘tib kuchga kiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Sep
Samarqanddagi “zoodo‘kon” masalasiga yechim kerak Samarqand shahrining Ali Qushchi ko‘chasida navbatdagi hayvonlar do‘koni faoliyat yurita boshladi. Dastlab bu do‘kon uy hayvonlari uchun yem, akvarium va turli jihozlarni taklif etadigan savdo maskani sifatida ko‘rinadi. Biroq ichkarida jonivorlar og‘ir sharoitlarda saqlanayotgani kuzatilmoqda. Qafaslarda o‘nlab qushlar siqilib, nafas olishga ham imkoniyatsiz holatda. Mushukchalarning ko‘zlari yiringlab ketgan, sog‘lig‘i qoniqarli emas. Shuningdek, do‘konda sincap, toshbaqa va hatto tipratikanlar ham sotilayotgani qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tipratikanlar uy hayvoni sifatida emas, balki ayrim xurofotli “davolash marosimlari” uchun xarid qilinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday savdo hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik bilan bir qatorda, sanitariya va veterinariya xavfini ham tug‘diradi. Xususan, tipratikanlar quturish kasalligi tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan viloyat ekologiya boshqarmasi, "SES" hamda veterinariya xizmati mazkur savdo nuqtasidagi holatni o‘rganib chiqishi zarurligi ta’kidlanmoqda A. Pavlenko. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Sep
1-oktyabrdanyangi tartib kuchga kiradi Endilikda moped va skuter haydovchilari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari, transport vositalari esa davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart. Bu qaror joriy yilning mart oyida eʼlon qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-apreldagi qarori bilan mazkur talab 2025-yil 1-oktabrgacha uzaytirilgandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube