TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 62 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 14 Jul
2030-yilgacha qishloqlarda asfaltlanmagan yo‘llar qolmaydi — Transport vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Hukumat soati”da Transport vaziri Ilhom Mahkamov ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ichki yo‘llarning 70 foiziga asfalt yoki shag‘al qoplama yotqizilgan. Qolgan 30 foiz yo‘llarga keyingi ikki yil ichida shag‘al, 2030-yilgacha esa to‘liq asfalt qoplama yotqizilishi rejalashtirilgan. Mahkamovning ta’kidlashicha, bu ishlar “mahalliy hokimliklar zimmasida” deyilgan bo‘lsa-da, davlat byudjetida alohida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, yo‘l ta’miri uchun 4 milliard so‘mdan tashqari, qolgan ortiqcha mablag‘lar ham shu yo‘nalishga yo‘naltiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Jul
AOKA tugatilib, uning o‘rniga Milliy kontent markazi tashkil etildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatildi. Uning o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda. Endilikda normativ-huquqiy hujjatlar Prezident administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar, olimlar va ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Davlat idoralari hisobdorligi oshiriladi, matbuot kotiblari instituti mustahkamlanadi va kommunikatsiyaning yangi tizimi joriy etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Jul
O‘zbekistonliklarning 25 foizidan ko‘prog‘i to‘y uchun qarz oladi — “Yuksalish” harakati “Yuksalish” harakati o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda to‘y qilayotganlarning chorak qismidan ko‘prog‘i tadbirni o‘tkazish uchun qarz oladi. So‘rovda qatnashgan 1247 nafar fuqarodan 65,2 foizi to‘yga 50 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflaganini, 25,1 foizi to‘y uchun qarz olganini va 81% oilasining o‘rtacha oylik daromadi 5–12 million so‘m atrofida ekanini aytgan. Respondentlarning 46,1 foizi to‘yga katta xarajat qilishga asosiy sabab sifatida jamiyat bosimi va “elga to‘y berishim kerak” degan majburiyatni ko‘rsatgan. 44,5 foizi esa sarflangan pullardan afsusda ekanini bildirgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, aholining aksariyati to‘y marosimlarini soddalashtirish, keraksiz an’analarni qisqartirish va mablag‘ni uy-joy, ta’lim, sog‘liq kabi muhim ehtiyojlarga sarflash tarafdori. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Jul
🌤Samarqandda 12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+39° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +34 - +39°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:13 Quyosh botishi: 20:01 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Jul
Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi. Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi. Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi. “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Jul
Samarqandda 16 yoshli qiz burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi Xorijda yashab, tahsil olayotgan 16 yoshli maktab o‘quvchisi ta’til kunlarida buvisini ko‘rgani Samarqandga kelgan edi. U nafas olishda qiynalayotgani sababli, 1-iyul kuni viloyat markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Shifokorlar tomonidan unga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilgan. Marhumaning buvisi bergan ma’lumotga ko‘ra, qizni uch nafar shifokor ko‘zdan kechirgan va barchasi operatsiya zarur, degan xulosaga kelgan. Qiz soat 11:00 lar atrofida operatsiya xonasiga olib kirilgan. “Boshida jarayon oddiy davom etayotganga o‘xshadi. Biroq taxminan bir yarim soatdan keyin operatsiya bo‘limiga shifokorlar guruhi tibbiy apparatlar bilan kirib keldi. Oradan ko‘p o‘tmay nevaramni kislorod apparatiga ulangan holatda zambilda olib chiqishdi. O‘shanda holatini og‘ir deb o‘yladim”, — deydi qizning buvisi. Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, operatsiyadan so‘ng bemorning ahvoli keskin yomonlashgan va u vafot etgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Jul
Samarqandda 7 tonna osh tayyorlanadigan festival o‘tkaziladi 1–3-avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan "Samarqand oshi" festivalida mehmonlar rekord darajada tayyorlanadigan oshpalov va ko‘ngilochar dasturlarga guvoh bo‘lishadi. Festival doirasida 200 dan ortiq oshpaz 20 xildan ziyod oshni tayyorlash bo‘yicha bellashadi. Shu bilan birga, milliy taomlar namoyishi, xorijiy mamlakatlar oshxonalari ko‘rgazmalari va sharq shirinliklari yarmarkalari o‘tkaziladi. "Boqiy shahar"da esa tadbirning eng asosiy voqeasi – 7 tonna samarqandcha oshni bir vaqtning o‘zida tayyorlash marosimi bo‘ladi. Festival mehmonlari kulinariya master-klasslari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va konsert dasturlaridan bahra olishlari mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jul
🌤Samarqandda 10-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+36° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +31 - +36°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:12 Quyosh botishi: 20:01 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jul
Paxtachi, Pastdarg‘om, Toyloq, Urgut tumanlarida avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda Og‘ir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar ko‘p. Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta o‘lim bo‘lmadi. Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat. Soha uchun mas’ullarga bizda har 100 ming aholiga o‘lim bilan bog‘liq avariyalar soni Hamdo‘stlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi ko‘rsatib o‘tildi. “Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak”, - dedi Prezident. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jul
Kattaqoʻrgʻonda erini urgan ayol 4 yilga qamaldi Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.H. ismli ayol erining chap ko‘ziga tosh bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun 4 yilga qamaldi. Sud ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 11-yanvarda oilaviy janjal vaqtida u turmush o‘rtog‘ining umumiy mehnat qobiliyatining 35 foiz yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. Sudda ayol eri ichkilikbozlik qilib, uni doimiy ravishda urishini, hech qayerda ishlamasligini, oilani tashvishlari faqat o‘ziga qolib ketganini, shu sababli ikkalasi doimiy janjallashib kelganini va shu kuni ham aynan shu uchun janjal bo‘lganini bildirgan. Ayol Jinoyat kodeksining 126-moddasi 7-qismi “j” bandi (oilaviy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybli deb topilib, 4 ozodlikdan mahrum qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jul
Samarqandda 100 mingdan ortiq daraxt bosim ostida yuviladi Samarqand shahrida ekologiyani muhofaza qilish borasida yangi tashabbus – daraxtlarni bosimli suv oqimi bilan yuvish amaliyoti boshlandi. Dastur doirasida ikki hafta ichida 100 mingdan ortiq daraxtni tozalash rejalashtirilgan. Har kuni 150 ga yaqin maxsus texnika shaharning turli ko‘chalariga jalb etilib, 2 mingdan 5 minggacha yashil hududda tozalash va profilaktika ishlari olib borilmoqda. Tashabbusdan maqsad – daraxtlar salomatligini saqlash, chang va zararli moddalardan tozalash, hamda zararkunanda va yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olishdir. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi profilaktik ishlanmalar shahar va tumanlarda muntazam davom ettiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Jul
🌤Samarqandda 9-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +22/+38° Kechasi: +22 - +27°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:011 Quyosh botishi: 20:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube