TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 61 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 26 Jul
Yapon kompaniyasi Samarqandda 800 o‘rinli zamonaviy tibbiyot markazi barpo etadi Samarqand viloyatida yirik tibbiy infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi vakili Yasuhide Machida bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar uchrashuvda viloyatda tibbiyot sohasini rivojlantirish, xususan, zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish masalasini muhokama qildi. Loyiha doirasida Samarqand shahrining “Shirin” massivida 800 o‘rinli, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan tibbiyot muassasasi barpo etilishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Jul
Samarqandda bo‘lim rahbari nomaqbul xatti-harakati sabab ishdan olindi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining videoselektor yig‘ilishi chog‘ida, Samarqand viloyati tumanlaridan birida faoliyat yurituvchi bo‘lim rahbari va uning ayol xodimasi ishtirokidagi nomaqbul holat aks etgan surat internetda tarqaldi. Suratda amaldor ayol xodimani yonida, uni tizzasiga o‘tirg‘izib olgan holatda tasvirlangani, jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu holatdan so‘ng, vazirlik rasmiy bayonot berib, mazkur xodimlar lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Jul
🌤Samarqandda 25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +23/+40° Kechasi: +23 - +28°, iliq. Kunduzi: +35 - +40°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:23 Quyosh botishi: 19:53 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Jul
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident! Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi. "Bars" internet nashri Davlat rahbariga mustahkam sog‘liq, xalq xizmati yo‘lida esa doim kuch-quvvat tilaydi! 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Jul
O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi Milliy dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 18-iyul kuni mamlakat bo‘ylab umumiy elektr energiyasi iste’moli 272,6 million kVt•soatni tashkil etdi. Bu nafaqat 2023–2024 yillardagi qishki maksimum (271,8 mln kVt•soat)dan, balki avvalgi yozgi rekord (253,3 mln kVt•soat)dan ham yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Kecha soat 17:00 da elektr tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi. Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi: Sutkalik iste’mol 32,4 mln kVt•soatga yetdi (2024 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich — 30,5 mln kVt•soat); Eng yuqori yuklama — soat 14:52 da 1811 MVt (2024 yilda — 1680 MVt); Joriy iste’mol o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6%, oy boshidan esa 11,0% o‘sgani kuzatilgan. Mutaxassislar aholi va tashkilotlardan elektr energiyasidan imkoni boricha tejamkor foydalanishni, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr jihozlarini vaqtincha o‘chirib turishni so‘radi. Bu nafaqat umumiy tizimdagi yuklamani kamaytiradi, balki texnik nosozlik va uzilishlarning oldini olishga ham yordam beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Jul
🌤Samarqandda 22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +23/+43° Kechasi: +23 - +28°, iliq. Kunduzi: +38 - +43°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:18 Quyosh botishi: 19:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Jul
Samarqand viloyatida noqonuniy elektr ulanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyatidagi bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. Xususan, Jomboy tumanida joylashgan YATT “N.U.” savdo do‘koni elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulanish yo‘li bilan 110,3 million so‘mlik elektr energiyasini o‘zlashtirgan. Shuningdek, Urgut tumanida faoliyat yurituvchi “I.Y.” MChJ va “B.F.” MChJ rahbarlari ko‘p qavatli uylarning umumiy elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 260,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Jul
Urgutda giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Urgut tumanidagi Omonqo‘ton YPX maskanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. 2025-yil 18-iyul kuni soat 13:35 atrofida “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi, 20-iyul kuni soat 15:30 larda esa “Malibu” rusumli yengil avtomobil to‘xtatilib tekshirildi. Har ikkala holatda ham shaxslar o‘zlarini shubhali tutgani bois xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va ularning o‘ng cho‘ntagidan o‘tkir hidli, giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar topilgan. Holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va haydovchi Urgut tumani IIBga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Jul
🌤Samarqandda 19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +23/+43° Kechasi: +23 - +28°, iliq. Kunduzi: +38 - +43°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:18 Quyosh botishi: 19:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Jul
1-avgustdan chiqindi qarzdorligi elektr to‘loviga ta’sir qiladi 2025-yil 1-avgustdan boshlab chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdor abonentlar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi. Ushbu tartib faqat 2025-yil 1-iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Har oyning 3-sanasiga qadar “Toza makon” billing tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarzdor abonentlar ro‘yxati uzatiladi. So‘ngra 5-sanasigacha ularga “2100” qisqa raqami orqali SMS-xabarnoma yuboriladi. Qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat belgilanadi. Agar ushbu muddat ichida qarzdorlik to‘lanmasa, elektr to‘lovini amalga oshirish imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgach, cheklov avtomatik tarzda bekor qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Jul
O‘zbekiston – Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi 2025-yilgi jinoyatchilik va xavfsizlik indeksi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 147 davlat orasida 25-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 123-o‘rinda qayd etilib, mintaqadagi eng past kriminal holatga ega davlat bo‘ldi. Qozog‘iston – 52-o‘rin Qirg‘iziston – 66-o‘rin Tojikiston – 69-o‘rin Turkmaniston – indeksda ko‘rsatilmagan Mazkur natijalar O‘zbekistonda jinoyatlarning oldini olish, huquq-tartibot tizimini takomillashtirish, xavfsiz mahalla tamoyillarini keng tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar samarasidir. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyati oshib borayotgani ham bu jarayonga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Jul
🌤Samarqandda 18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +21/+43° Kechasi: +21 - +26°, iliq. Kunduzi: +38 - +43°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:18 Quyosh botishi: 19:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube