TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 64 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 28 Jun
Siyobcha arigʻi qizil tusda oqmoqda Samarqand shahridagi, xalq orasida “Makaronka” deb ataluvchi hududdan oqib oʻtuvchi Siyobcha arigʻi qizil tusda oqmoqda. Bizga kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, bu holat ilk bor kuzatilayotgani emas. Bungacha ham ariq suvi rangining oʻzgarishi aholi eʼtiborini tortgan. Maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasiga koʻra, suv havzalariga oqova suvlarni noqonuniy tarzda chiqarish, shu jumladan ariq yoki daryolarga sanoat chiqindilarini oqizish — belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi. Ogʻir holatlarda esa bu holat jinoiy javobgarlik masalasini ham yuzaga keltirishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Jun
🌤Samarqandda 28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+37° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:06 Quyosh botishi: 20:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Jun
⛔Samarqandda daraxtlar yana xavf ostidami? Avvalroq Samarqand shahrida qurilish olib borilayotgan hududda daraxtlar tag qismi betonlab yuborilgani yuzasidan xabar bergan edik. Mazkur holat ortidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan, daraxtlarning ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilgani aniqlanib, holat bartaraf etilgani va hudud masʼullariga ogohlantirish berilgani ma’lum qilingan edi. Ammo tahririyatimizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ushbu daraxtlar yana xavf ostida. “Daraxtlarning ildiz qismiga benzin va moylar quyilgan, bu o‘zidan aniq hid taratmoqda. Bu holat ataylab amalga oshirilgan”, — deydi murojaatchi. Mazkur vaziyat jiddiy e’tibor va chora-tadbirlarni talab etadi. Mas’ullar ushbu holat bo‘yicha tezkor surishtiruv o‘tkazib, aybdor shaxslarni aniqlash hamda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Jun
Mahalliy Kengashlarga yangi vakolatlar berildi – endi qarorlar joylarda qabul qilinadi Prezident farmoniga binoan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga bir qator yangi huquq va vakolatlar berildi. Bu o‘zgarishlar joylardagi muammolarni markazga chiqarmasdan, hududning o‘zida hal qilish imkonini yaratadi. Davlat mulkini ijaraga berish: Endilikda davlat mulkini ijaraga berishda minimal narxni belgilash vakolati mahalliy Kengashlarga berildi. Dafn xizmatlari va qabristonlar: Ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar tariflari ham mahalliy deputatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bandlikni taʼminlash: Hududlarda maxsus ish o‘rinlarini yaratish, ularning eng kam sonini belgilash va zaxirada saqlash vakolati Kengashlarga o‘tkaziladi. Ko‘cha harakati xavfsizligi: Endi ko‘chalarda harakat tezligini oshirish yoki pasaytirish masalasi ham joylarda hal etiladi. Mazkur yangiliklar “mahalliy muammoga – mahalliy yechim” tamoyiliga asoslanib, fuqarolarga yaqinroq va ularning ehtiyojlariga mos qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Jun
🚘 5 oyda 153 814 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumdagi 153 814 dona yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan. 📊 Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha: Cobalt – 58 904 dona; Damas – 38 753 dona; Tracker – 18 079 dona; Onix – 16 215 dona; KIA – 10 076 dona; Chery – 3 362 dona; Haval – 2 930 dona; BYD – 5 495 dona. Maxsus yengil avtomobillar - 17 397 dona. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Jun
🌤Samarqandda 26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+35° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:05 Quyosh botishi: 20:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Jun
Urgutda 1 kg ga yaqin opiy sotayotganlar ushlandi Urgut tumanida DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ilgari bir necha bor sudlangan, 1983 y.t. shaxs va uning jinoiy sherigi — 1991 y.t. fuqaro qo‘lga olindi. Ular Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 982 gramm “opiy” moddasi uchun xaridor topib, uni 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlangan. Narkotik vosita huquq-tartibot organlari tomonidan protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Jun
🇷🇺Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihonlari murakkablashadi Rossiyada patent yoki yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olishni istagan migrantlar uchun rus tili imtihonlari murakkablashtiriladi “Rosobrnadzor” 2025-yil 10-iyuldan boshlab patent yoki yashash ruxsatnomasi oladigan migrantlar uchun rus tili imtihonida tinglab tushunish vazifalari sonini 2 tadan 4 taga oshiradi va tinglab tushunish hamda gapirish bo‘limlari uchun minimal ball talab qiladi. 2025-yil 23-iyuldan savollar banki ikki baravar kengaytiriladi. 2026-yil 1-yanvardan esa rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari imtihonlari faqat kompyuter va masofaviy texnologiyalar orqali o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Jun
🌤Samarqandda 24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+41° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +36 - +41°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:04 Quyosh botishi: 20:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Jun
Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimiga tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Jun
Urgutda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi Samarqand viloyatida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gramm giyohvandlik vositasini 130 ming so‘mga sotib kelayotgani haqida maʼlumot olingan. 18-iyun kuni Samarqand shahar “Galaosiyo” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgutda yashovchi 1985-yildan tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishi, Urgutda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan shaxs bilan birga tadbirda shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotganda ushlangan. Holat yuzasidan 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Jun
🌤Samarqandda 21-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+40° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +35 - +40°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:04 Quyosh botishi: 20:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube