TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini11,971Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 63 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 8 Jul

Samarqandda test sinovlari bo'lib o'tadigan 3,4,5,6-binolar joylashuv sxemasi ma’lum qilindi Nomi: Samarqand davlat universiteti akademik litseyi sport zali Manzil: Samarqand shahar Rudakiy koʻchasi 237-uy. 3-BINO: 41-56-guruhlar Nomi: Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (BASKETBOL va QOʻL TOʻPI ZALI) Manzil: Samarqand shahri Rudakiy koʻchasi 243-uy 4-BINO: 57-76-guruhlar 5-BINO:77-88-guruhlar Nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti sport zali Manzil: Samarqand shahar Dahbed ko‘chasi 18-uy 6-BINO: 89-124-guruhlar 3-5-binolarga kirish joyi geolokatsiyasi:https://yandex.uz/maps/-/CHghFJ-j 6--Binoga kirish joyi geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHgLuYiABBA Eslatib o'tamiz: 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

981 views

Diposting 8 Jul

Samarqandda “Qizil pasport”ni rasmiylashtirish yanada osonlashdi 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini (qizil pasport) Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish imkoni yaratilgan edi. Bunga qadar mazkur xizmat faqatgina Samarqand shahar va Pastdarg‘om tumani Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilardi. Endilikda Samarqand viloyatidagi Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridan tashqari, barcha tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlarida ham mazkur xizmatdan foydalanish mumkin. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xabar berdi. Yangi tartibga asosan, fuqarolar endi xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Ichki ishlar bo‘limlariga emas, balki o‘z tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borib, murojaat qilishlari mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,410 views

Diposting 7 Jul

Afg‘onistonda 45 yoshli erkak 7 yoshli qizga uylandi Afg‘onistondagi Hilmand viloyatining Marja tumanida 45 yoshli erkak yetti yoshli qizga uylandi. Erkakning allaqachon ikki xotini borligi aytilmoqda. Qizning otasi pul evaziga rozilik bergan. “Tolibon” bu holatdan xabar topgach, to‘y marosimini to‘xtatdi va ikki erkakni qisqa muddatga hibsga oldi. Ular jinoiy javobgarlikka tortilmadi. “Tolibon” erkakka qiz 9 yoshga yetgunga qadar uni uyiga olib ketmaslikni buyurgan. Holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Huquq himoyachilari bu kabi voqealar “Tolibon” nazorati kuchli bo‘lgan janubiy viloyatlarda bolalar nikohi avj olayotganidan darak berayotganini ta’kidlashmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

872 views

Diposting 7 Jul

Samarqandliklarni haqoratlagan “Nasaf” rasmiysi ishdan olindi “Nasaf” klubi matbuot xodimi Sarvar Bobonazarov Superliga doirasidagi “Dinamo” (Samarqand) va “Nasaf” (Qarshi) o‘yini ortidan samarqandliklarni haqorat qilgan post e’lon qilgani bois ishdan bo‘shatildi. Klub bayonotiga ko‘ra, Bobonazarov o‘sha uchrashuvda ishtirok etmagan, biroq o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida “Andijon” va “Dinamo” muxlislari haqida nomaqbul so‘zlar yozgan. “Nasaf” bu fikrlar klub pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirdi va har qanday haqorat va kamsitishni qoralaydi. Shu sababli tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, Bobonazarovning mehnat shartnomasi bekor qilingan. Klub Samarqand va Andijon jamoalari va muxlislariga chuqur hurmat bildirib, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

772 views

Diposting 7 Jul

2030-yilga kelib O‘zbekiston iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan o‘nta davlat qatoriga kirishi mumkin 2024-yilda global harorat 1.55°C ga yetdi — bu Parij kelishuvida belgilangan chegaradan yuqori. Vaziyat shunday davom etsa, aholi salomatligi va turmush darajasi hamda mamlakatlar iqtisodiyoti jiddiy xavf ostida qolishi mumkin. The Lancet jurnalining “Inson salomatligi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2024-yil” hisobotiga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi tufayli: – Har yili 3.33 mln kishi havo ifloslanishi oqibatida barvaqt vafot etmoqda; – 65 yoshdan oshganlar orasida o‘lim darajasi 167% ga oshgan; – Daromadlar 835 mlrd dollarga qisqargan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

772 views

Diposting 6 Jul

Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Akmal Ahmedov lavozimidan ozod etildi. Sabab – uning turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu-2 avtomashinasi tomonidan sodir etilgan 100 dan ortiq qoidabuzarliklar noqonuniy tarzda bekor qilingani aniqlandi. IIB rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, tizimda poraxo‘rlik va ta’magirlikka qarshi kurash kuchaytirilayotgan bir paytda boshqarma boshlig‘ining bunday harakati fosh etilgan. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ahmedov lavozimidan olinib, holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Malibu (40 081 SBA) avtomashinasi bo‘yicha barcha qoidabuzarliklar uchun jarimalar to‘liq undirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

764 views

Diposting 5 Jul

1-maktabdagi mojaro: yosh o‘qituvchining ishdan bo‘shatilishi ortida kimning mas’uliyati bor? Samarqand shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritgan S.Ravshanova Sevinch Davron qizi Prezident portali orqali murojaat qilgach, voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktab, shahar va viloyat darajasidagi ta’lim tizimidagi muammolar ochilib qoldi. “Gorono” jim, “Oblono” hozircha kuzatuvda Shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi (xalq orasida “Gorono”) rasmiy pozitsiyasini e’lon qilish o‘rniga faqatgina murojaatchiga yuborilgan javob xatini asos qilib ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, S.R. 27-28 may kunlari maktab rahbariyatini ogohlantirmasdan darsga kelmagani va hujjat taqdim etmagani bois mehnat shartnomasi bekor qilingan. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabarida S.R.ning talaba bo‘lgan holda 24-26 soat dars o‘tganini “noqonuniy” deb baholagan. Biroq, bu holatda unga bu yuklamani kim bergani, nima asosda pedagogik soatlar oshirilgani ochiqlanmagan. Qolaversa, mavjud nizomlarga ko‘ra, dars yuklamasini shakllantirish uchun direktor o‘rinbosari va “gorono” mutasaddilari javobgardir. Maktdabdagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi vakillarining aytishicha, murojaatda tilga olingan dalolatnomalarni ular tuzmagan. Ba’zi xodimlarning bu vaqt ichida mehnat ta’tilida bo‘lgani aytilmoqda. Bu borada ovozli yozuvlar ham mavjud. Shunga qaramay, “Gorono” bu e’tirozlarni inobatga olmayapti. Bir yosh kadrning o‘z ustida ishlab, dars berib kelayotgani qonunbuzarlik deb baholanmoqda, ammo uni ishga olgan, yuklama bergan, tasdiqlagan mas’ullar negadir soyada qolmoqda. Bu voqea — ta’lim tizimidagi javobgarlik va adolat masalasi qay darajada ishlashini ochiq namoyon etdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

989 views

Diposting 5 Jul

Har uchinchi ishlaydigan o‘zbekistonlikda kredit bor — Markaziy bank Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 5,18 mln o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega, bu iqtisodiy faol aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan 1,4 mln nafari ikki va undan ortiq kredit olgan. 2020-yildan beri uch va undan ortiq kreditga ega bo‘lgan qarzdorlar ulushi 5%dan 11%ga oshgan. Shuningdek, 2-iyuldan boshlab Markaziy bank kredit turlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshladi. 1-iyul holatiga avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka — 24,1%, mikroqarzlar bo‘yicha — 34,9%. Eng arzon avtokreditlar: Ipoteka-bank (21,1%), eng qimmati: Hamkorbank (29%). Eng past mikroqarz: Aloqabank (21,4%), eng yuqorisi: Apexbank (40%). Regulyator bunga sabab sifatida shaffoflikni oshirish va mijozlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘rsatgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

891 views

Diposting 3 Jul

Kusherbayev Samarqanddagi tamaddixonani tanqid qildi Qonunchilik palatasining sobiq deputati, hozirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev Samarqand shahridagi “Блинный домик” nomli oshxonada davlat tilida menyu mavjud emasligi va xizmatlar davlat tilida koʻrsatilmayotganini tanqid qildi. “Boshqa tilda ham beraversin (taomnomani), lekin birinchi oʻzini davlat tilida berishi kerak”, – deya fikr bildirgan Kusherbayev. Uning taʼkidlashicha, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida davlat tili — oʻzbek tili — birinchi oʻrinda qoʻllanilishi zarur. Maʼlumot uchun: “Davlat tili haqida”gi Qonunning 12-moddasiga koʻra, “Respublika fuqarolariga xizmat koʻrsatish davlat tilida amalga oshiriladi. Boshqa tillarda ham xizmat koʻrsatishga ruxsat etiladi, biroq davlat tili ustuvor bo‘lishi lozim.” 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,160 views

Diposting 2 Jul

💧Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi Samarqand shahrida Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilayotgan "Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida qurilish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Mazkur loyiha asosida qurilish kompaniyalari tomonidan yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Qurilish tashkilotining murojaatiga ko‘ra, mavjud inshootlarda rekonstruksiya ishlari olib borilishi va yangi tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2025-yil 2-iyul kuni soat 23:00 dan 3-iyul soat 23:00 gacha quyidagi hududlarda ichimlik suvi vaqtincha uziladi: Mahallalar: Amir Temur, Abdulla Avloniy, O‘rikzor, Marhabo, Saxovat, Mirzo Bedil, Beshchinor, Bahor, Zulfiya, Tokzor, Ilg‘or, Istiqlol, Ilmobod (qisman), Tojmahal, Damariq (qisman), Semurg‘; Ko‘chalar: Ali Qushchi, Abubakr Roziy, Taraqqiyot, Fayzulla Xo‘jayev, Amir Temur, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari hamda ushbu mahalla va ko‘chalarga tutash hududlar. Mazkur holat "Gormolzavod" va "Mikrorayon A hamda B" suv inshootlarida olib borilayotgan texnik ishlar bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholidan bir kunlik ichimlik suvini oldindan zaxiralab qo‘yishlari so‘raladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat telefoni: 📞 (55) 707-18-21 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,140 views

Diposting 1 Jul

🌤Samarqandda 2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +20/+40° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +35 - +40°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:07 Quyosh botishi: 20:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,070 views

Diposting 30 Jun

Samarqand shahrida zamonaviy svetoforlar soni yana bittaga koʻpayib, harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi intellektual kameralar oʻrnatilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••606162636465•••70•••75•••80•••8384