TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 76 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 19 Apr
Samarqandda eng koʻp maktab Urgut tumanida Viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining eng ko‘p soni Urgut tumani (156 ta), Pastdarg‘om tumani (134 ta) va Samarqand shahrida (111 ta) qayd etilgan bo‘lsa, boshqa shahar tumanlarda eng past ko‘rsatkichlar Kattaqo‘rg‘on shahar (21 ta), Paxtachi tumanida (48 ta) qayd etilgan. Nodavlat umumta’lim tashkilotlariga kelsak, ularning ko‘p qismi Samarqand shahri (20 ta) qayd etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Apr
🌦Samarqandda 19-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+19° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +14 - +19°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:49 Quyosh botishi: 19:13 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Apr
Narpay tumanida hovlisida 51 tup nasha o‘stirgan erkak ushlandi 41 yoshli fuqaroning yashash xonadoni tekshirilganda, avvalo uning elektr energiyasi tizimiga noqonuniy ulangani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, u 51 tup giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani ham aniqlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Apr
Samarqandda 1 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan hokim yordamchilari va tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Samarqand viloyatidagi tumanlardan birida fuqaro N.B. norasmiy ravishda bir nechta tadbirkorlik sub’yektlariga rahbarlik qilib kelib, hududdagi uchta mahalla hokim yordamchilari - H.R., Gʻ.S. va O.X. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi asosida ajratilgan ko‘p miqdordagi (1 mlrd. so‘m) imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan hokim yordamchilari va tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Apr
Urgutda jami 1.5 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari savdosining oldi olindi I.M. va S.T. lar ham og‘uning ortidan "halol" rizqini terib yurganlardan ekan. DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Urgut tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan I.M. va 1994-yilda tug‘ilgan S.T. ning giyohvandlik vositalari kontrabandasi va noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, mazkur shaxslar Urgut shahrida 957,82 gram miqdordagi “opiy” giyohvandlik vositasini 7 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda tezkor guruh tomonidan qo‘lga olindi. Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1967-yilda tug‘ilgan A.M. hamda 1987-yilda tug‘ilgan S.M.lar ham giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib, Samarqand shahrida yashovchi jinoiy sheriklariga yetkazib berish bilan muntazam shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida S.M.ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina “Urgut-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotganda tezkor guruh tomonidan to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda A.M.ning yon cho‘ntagida 59,85 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi topildi. Bundan tashqari, ularning Urgut tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 489,73 gr. “opiy” va 40,72 gr. “geroin” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi. Har ikkala holat protsessual tartibda rasmiylashtirilib, jami 1.5 kg. dan ortiq giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi. Hozirda I.M., S.T., S.M. hamda A.M. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Apr
🎓Oliy taʼlimga qamrov 40,9 % ga oshgan Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-2025-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasining 18-23 yoshdagi aholisini oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi 47,7 % ni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga oshgan. 18-23 yoshdagi aholini oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi yillar kesimida quyidagicha: 2014-yil - 6,8 % 2015-yil - 7,0 % 2016-yil - 7,2 % 2017-yil - 8,3 % 2018-yil - 10,6 % 2019-yil - 13,3 % 2020-yil - 18,7 % 2021-yil - 28,2 % 2022-yil - 36,6 % 2023-yil - 45,9 % 2024-yil - 47,7 % 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
🌦Samarqandda 18-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+21° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +16 - +21°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:50 Quyosh botishi: 19:012 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
Samarqandda Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari sammiti bo‘lib o‘tadi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 5-may kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ko‘rfaz arab mamlakatlari o‘rtasidagi sammit bo‘lib o‘tadi. Bu masala kecha Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz Arab Davlatlari Hamkorlik Kengashi” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lgan. Mazkur xalqaro sammit mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
Telegram ilovasida nosozlik kuzatildi Bugun, 17-aprel kuni O'zbekiston foydalanuvchilari Telegram messenjeri ishida jiddiy nosozliklar yuzaga kelganini kuzatishdi. Ayni paytda foydalanuvchilar ilovaga kira olmaslik, xabar yuborish yoki qabul gilishda muammolarga duch kelishmoqda. Downdetector platformasi ma'lumotlariga kora, songgi soatlarda Telegram ishlamayotgani hagida minglab murojaatlar qayd etilgan. Ayniqsa, serverga ulanishda uzilishlar va xabarlar yuborilmasligi asosiy muammo sifatida korsatilmoqda. Ayni paytgacha Telegram'ning rasmiy sahifalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu muammo yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot berilmadi. Biroq bunday holatlar avval ham kuzatilgan va ular odatda texnik xizmat korsatish yoki qisqa muddatli server muammolari bilan bog'liq bolgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy va O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasida texnik quduq qopqog‘ining tushib ketishi oqibatida avtomobillar harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Videolavhada "Cobalt" rusumli avtomobil quduqqa tushib qolganini ko‘rish mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
Maktablardagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon kunlari belgilandi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 11-apreldagi tegishli ko‘rsatma xatiga asosan, 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari uchun belgilangan fanlar hamda imtihonlarni bo‘lib o‘tish sanalari belgilandi. Unga ko‘ra: 9-sinf o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan fanlar: Ona tili va adabiyot (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanlari— 27-may kuni (yozma shaklda); Matematika fani — 30-may kuni (yozma shaklda); O‘zbekiston tarixi fani — 3-iyun kuni (yozma va og‘zaki shaklda); Jismoniy tarbiya fani — 1-6-iyun kunlari (amaliy shaklda); 11-sinf o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan fanlar: Ona tili va adabiyot (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanlari — 28-may kuni (yozma shaklda); Matematika (asosiy), Matematika (chuqurlashtirilgan) fanlari — 31-may kuni (yozma shaklda); O‘zbekiston tarixi fani — 4-iyun kuni (yozma shaklda); 11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov fanlari (barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy) Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti), Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari fanlari — 7-iyun va 10-iyun kunlari (yozma shaklda); Chet tili fani — 7-iyun va 10-iyun kunlari (yozma va og‘zaki shaklda). 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Apr
O‘zbekiston 2 oyda 403,7 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 403,7 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 8,7 %ini tashkil etgan. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha: tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 183,9 mln AQSH dollari; ip kalava – 141,2 mln AQSH dollari; trikotaj mato – 45,6 mln AQSH dollari; gazlamalar – 22,6 mln AQSH dollari; paypoq mahsulotlari – 6,9 mln AQSH dollari; gilam mahsulotlari - 3,4 mln AQSH dollari. 🔰Telegram | Instagram | You Tube