TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 77 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 16 Apr
🌦Samarqandda 17-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+25° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:53 Quyosh botishi: 19:011 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Apr
🇺🇸AQSHda noqonuniy migrantlarga vataniga qaytishi uchun pul va aviachipta beriladi Tramp noqonuniy migrantlar uchun “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturini e’lon qildi. Tashabbusga ko‘ra, migrantlarga oz miqdorda pul va aviachipta beriladi. Ular o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishi, keyinchalik qonuniy ravishda qaytishi mumkin bo‘ladi. “O‘zini yaxshi tutganlar”ga qaytish imkoniyati yaratiladi. Deportatsiya qilinadigan O‘zbekiston fuqarolari soni 975 nafarni tashkil qiladi. 2023-yil sentyabrdan 2024-yil sentyabrgacha AQSHdan 572 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan. CBP Home mobil ilovasi orqali migrantlar hibsga olinmasdan, o‘zlari mamlakatni tark etishi mumkin. Tramp ma’muriyati yiliga bir milliongacha odamni deportatsiya qilishni rejalashtirgan. Biroq bu reja huquqiy va moliyaviy to‘siqlarga uchrashi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Apr
Milliy sertifikat imtihonidan necha ball olsa, OTMga kirishga maksimal ball beriladi? Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 70 baldan yuqori ball — A+ daraja; 65 - 69,9 ball — A daraja; 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 55 - 59,9 ball — B daraja; 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 46 - 49,9 ball — C daraja. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball. Shuningdek, akademik liseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Apr
⚡Samarqandda jamoat transporti narxlari oshirildi Samarqand shahrida jamoat transportidan foydalanish narxi oshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Adiz Boboyev 2025-yil 15-aprel kuni tegishli qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, shahar bo‘ylab avtobus, elektrobus va tramvaylarda naqd pul orqali to‘lov bir yo‘lovchi uchun 3 ming so‘m etib belgilandi. Bank kartalari orqali mazkur miqdor 2 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, jamoat transportidan kunlik, oylik va haftalik cheksiz foydalanish narxlari belgilandi. Oddiy yo‘lovchilar uchun bir kunlik narx 7-8 ming so‘mni, oylikda 200-277 ming so‘mni tashkil etadi. Yillik miqdor esa 1 mln 927 ming (umumiy 2 mln 715 ming so‘m). Imtiyozli kartalardan foydalanuvchilar (nogironlar, pensionerlar, talabalar) ga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. Qaror e’lon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Apr
Samarqandda 147 ta korxona Xitoy investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda Viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilinganda, yetakchi o‘rinni 147 ta korxona bilan Xitoy davlati egalladi. Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,8 foizini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shaytgan mamlakatlar orasida Turkiya (17,1%), Rossiya Federatsiyasi (16,2%), Janubiy Koreya (4,6%) va Tojikiston (3,2%) ham alohida o‘rin egallaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Apr
🌤Samarqandda 16-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+25° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:54 Quyosh botishi: 19:010 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Apr
"Bulung‘ur" kanali bo‘yidagi hududni dam olish zonasiga aylantirishga 7,8 mlrd so‘m ajratildi Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi Bulungʻur tumanida qator loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hujjatni tasdiqladi. Qaror 2025-yil 11-aprel kuni e’lon qilingan. Hujjatda Bulungʻur tumanini rivojlantirishga turtki beruvchi infratuzilma loyihalariga bag‘ishlanadi. Jumladan, Bulung‘ur kanali bo‘yida dam olish maskani qurish uchun 1 mlrd so‘m, tuman markazidagi "Humo" sayilgohini qurish va amfiteatr uchun 2,5 mlrd so‘m, Bulung‘ur, Fozil Yo‘ldosh va Mustaqillik ko‘chalarini 24 soat ishlaydigan ko‘chaga aylantirish ishlariga 4,4 mlrd so‘m, tuman markazida renovatsiya dasturi asosida uylar qurishga 5,6 mlrd so‘m beriladi. Tuman davlat idoralarini bir binoga jamlash orqali bo‘shagan binolarda tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishga 10 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ beriladi. "Bulung‘ur" kanali bo‘yidagi 25 gektar hududni dam olish zonasiga aylantirishga 7,8 mlrd so‘m beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Apr
ChatGPT ilk bor dunyodagi eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi Mart oyida OpenAI dasturi 46 million marta yuklangan, bu fevral oyiga nisbatan 28 foizga ko‘p. Umumjahon reytingida Instagram ikkinchi o‘ringa pastladi, uchinchi pog‘onani TikTok ijtimoiy tarmog‘i egalladi. Yuklab olish bo‘yicha eng yaxshi 10 ta ilovaga WhatsApp, Telegram va Threads ham kirdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Apr
2 oyda 23,5 ming tonna karam eksport qilingan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yil yanvar-fevral oylarida qiymati 8,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 23 515,4 tonna karam eksport qilgan. 2025-yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar: Rossiya – 12,2 ming tonna; Qozog‘iston – 8,6 ming tonna; Qirg‘iz R. – 2,2 ming tonna; Latviya – 161,5 tonna; Belarus – 114,2 tonna. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Apr
🌤Samarqandda 15-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+29° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +24 - +29°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-17 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:55 Quyosh botishi: 19:09 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Apr
Prezident “Sea Breeze Uzbekistan” taqdimoti bilan tanishdi Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni “Sea Breeze Uzbekistan” taqdimoti chog‘ida loyihaning ekologik barqarorligi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatini alohida ta’kidladi. Majmuada yashil texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya, tabiiy muhitga mos arxitektura yechimlari qo‘llaniladi. Har bir qurilish tabiatning o‘zgarmas qiyofasini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi. Loyiha Ozarbayjonlik taniqli tadbirkor Emin Agalarov tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u “Agalarov Development” kompaniyasi orqali amalga oshirilmoqda. Majmua umumiy 500–700 gektar maydonda barpo etiladi. Loyiha qiymati taxminan 10 milliard AQSh dollarini tashkil etadi va u to‘liq xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Apr
Andijonda 52 ta radar kamerasini ishdan chiqargan erkak qo‘lga olindi Andijonda 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan o‘q otgan erkakka jinoiy ish ochildi. 1976-yilda tug‘ilgan M.S. ismli erkak 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan o‘q otib, 1 milliard 147 million so‘m zarar yetkazdi. Uning xatti-harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube