TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini12,534Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 78 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 14 Apr

Samarqandda byudjetdan jami 83 mlrd so‘mdan oshiq pul ajratiladi Mablag‘ning katta qismi Bulung‘ur tumani uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan. Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi pul ajratish bo‘yicha ikkita hujjatni tasdiqladi. Unda jami 83 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ haqida gap boradi. Har ikkala qaror 2025-yil 11-aprel kuni e’lon qilingan. Dastlab viloyat byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 13 mlrd 856 mln so‘m аjratiladi. 13060 harbiy qism hududida Ma’naviyat va ma’rifat binosini qurishga 4 mlrd so‘m, Ishtixon tumanida sobiq muftiy Usmonxon Alimov maqbarasini qurishga 1 mlrd so‘m, DXX boshqarmasi oshxonasini ta’mirlash uchun 1,4 mlrd so‘m, Samarqand tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish xarajatlari uchun 3 mlrd so‘m beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

856 views

Diposting 14 Apr

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 % ga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2025-yilning har bir oyida o‘rtacha 51,5 ming kishiga oshgan. 2025-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,7 ming kishiga ko‘paymoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

803 views

Diposting 13 Apr

🌦Samarqandda 14-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+29° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +24 - +29°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:56 Quyosh botishi: 19:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

986 views

Diposting 12 Apr

🌦Samarqandda 13-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +14/+32° Kechasi: +14 - +19°, iliq. Kunduzi: +27 - +32°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:58 Quyosh botishi: 19:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,430 views

Diposting 12 Apr

Taxtiqoracha dovoni haqida bilasizmi? Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi shu nomdagi yangi loyihani boshladi. Loyiha viloyatimizdagi tarixiy voqealarga guvoh boʻlgan joylar va maskanlar haqida boʻladi. Loyihaning ikkinchi soni — Samarqand viloyatini Qashqadaryo viloyati bilan bogʻlovchi Taxtiqoracha dovoni haqida. https://youtu.be/I0zvJjhyMaI?si=7--PKJLHP2jLUZd1 🔰Telegram | Instagram | You Tube

913 views

Diposting 12 Apr

Samarqand shahrining doimiy aholisi soni 600 mingga yaqinlashdi Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 4 315,3 ming kishini tashkil etmoqda. Jumladan, shahar aholisi soni 1 576,6 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,5 %), qishloq aholisi soni 2 738,7 ming kishi (63,5 %) ni tashkil etdi. Hududlar kesimida doimiy aholisi soni (01.04.2025-yil holatiga, ming kishi). Samarqand sh. 598,1 Kattaqo‘rg‘on sh. 96,1 Oqdaryo 178,0 Bulung‘ur 207,8 Jomboy 195,1 Ishtixon 283,5 Kattaqo‘rg‘on 301,1 Qo‘shrabot 145,0 Narpay 232,4 Payariq 280,9 Pastdarg‘om 393,6 Paxtachi 155,0 Samarqand 279,7 Nurobod 166,3 Urgut 575,4 Toyloq 227,3 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,220 views

Diposting 11 Apr

🌤Samarqandda 12-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +14/+34° Kechasi: +14 - +19°, iliq. Kunduzi: +29 - +34°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:59 Quyosh botishi: 19:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube

880 views

Diposting 11 Apr

Kattaqo‘rg‘onda chorva mollarining ichki a’zolarini kanal suviga yuvib, uni ifloslantirgan fuqaro jarimaga tortildi Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan "Qarako‘lcha" MFY hududida o‘tkazilgan kuzatuv-reyd tadbiri davomida Mullakichkina qishlog‘i fuqarosi M.J. chorva mollarining ichki a’zolarini Narpay kanaliga yuvib, suvni ifloslantirayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur huquqbuzarlik bo‘yicha fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi 1-qismi bilan BHMning besh baravari — ya’ni 1 875 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

908 views

Diposting 11 Apr

Qoʻshrabot tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi Eshqulov Olimjon Mamanovich – Qo‘shrabot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O.Eshqulov 1985-yil Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,130 views

Diposting 9 Apr

⛅Samarqandda 10-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:02 Quyosh botishi: 19:04 🔰Telegram | Instagram | You Tube

885 views

Diposting 9 Apr

Nurobod tumanidagi maktabda joylashgan futbol maydonchasida qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etib avtomashina boshqargan "shovvoz"ga nisbatan qonuniy tartibda chora koʻrildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

893 views

Diposting 9 Apr

"Har oyning bitta shanba va yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi" - Prezident Keyingi yillarda ichki turizmga e’tibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi (2017 yilda 5 millionta edi). Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi. Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi. Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,630 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••757677787980•••8384