TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 74 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 28 Apr
O‘zbekiston qayerdan qancha qarz olgan? Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 2023-yilga nisbatan $5,27 mlrdga oshib, $40,19 mlrdni tashkil etdi. Bunda tashqi qarz $33,72 mlrd, ichki qarz esa $6,47 mlrdni tashkil etmoqda. Asosiy kreditorlar: Jahon banki — $7,64 mlrd; Osiyo taraqqiyot banki — $7,41 mlrd; Osiyo infratuzilma investisiya banki — $1,65 mlrd; Islom taraqqiyot banki — $0,9 mlrd; XVJ — $0,7 mlrd; Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — $0,3 mlrd. Xorijiy hukumatlar orqali: Xitoy banklari — $3,76 mlrd; Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — $2,88 mlrd; Fransiya taraqqiyot agentligi — $977 mln Koreya Eksimbanki va jamg‘armasi — $740 mln; Germaniya davlat banki — $415 mln; Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi — $139 mln; Ispaniya davlat banki — $66 mln; Boshqa manbalar — $1,45 mlrd. Qarz mablag‘lari yo‘nalishlari: 45% — Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash; 17% — Yoqilg‘i-energetika sanoati; 9% — Qishloq va suv xo‘jaligi; 8% — Uy-joy kommunal xo‘jaligi; 8% — Transport va infratuzilma; 7% — Sog‘liqni saqlash, ta’lim va AKT; 2% — Tadbirkorlik va sanoat; 2% — Kimyo sanoati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Apr
🌤Samarqandda 28-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+38° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:37 Quyosh botishi: 19:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Apr
O‘zbekistonda 2025-yilning 1-choragida 173 nafar shaxs YTH sababli ozodlikdan mahrum qilingan Oliy sud xabariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi (YTH) keltirib chiqargani uchun Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha 891 nafar shaxs sudlangan, ulardan 173 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yilda esa 3 321 nafar shaxs sudlanib, 917 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 2 404 nafarga esa boshqa jazo choralari qo‘llanilgan. Senat ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda 9 364 ta YTH sodir etilib, 8 901 kishi jarohatlangan, 2 203 kishi halok bo‘lgan. Hodisalarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 22,8 foizi tezlikni oshirishi, 3,7 foizi uxlab qolishi, 3,6 foizi svetoforga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan. Shuningdek, avtobuslarni mast holda boshqarish bilan bog‘liq 61 ta holat aniqlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Apr
10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshgan Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025- oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan. Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi xorijlik talabalar soni: — 2015/2016- oʻquv yili – 0,7 ming nafar; — 2016/2017- oʻquv yili – 0,6 ming nafar; — 2017/2018- oʻquv yili – 1,3 ming nafar; — 2018/2019- oʻquv yili – 2,7 ming nafar; — 2019/2020- oʻquv yili – 3,6 ming nafar; — 2020/2021- oʻquv yili – 4,2 ming nafar; — 2021/2022- oʻquv yili – 5,1 ming nafar; — 2022/2023- oʻquv yili – 5,0 ming nafar; — 2023/2024- oʻquv yili – 10,8 ming nafar; — 2024/2025- oʻquv yili – 12,5 ming nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Apr
🌤Samarqandda 27-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:38 Quyosh botishi: 19:21 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Apr
🇸🇱Bayrogʻi bizni bayroqqa oʻxshash - Serra-Leone mamlakati haqida Serra-Leone (Sierra Leone), Serra-Leone Respublikasi — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Axmad Tejan Kabba). Aholisi 2 asosiy etnik guruh: gʻarbiy atlantika va mande til oilalariga boʻlingan xalqlardan iborat. Rasmiy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar aholisi 37%. Serra-Leone — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Mustaqillik kuni (1961). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 21-dekabrda tan olgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Apr
🌤Samarqandda 24-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+30° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +25 - +30°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:42 Quyosh botishi: 19:18 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Apr
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tiroz bildirdi 22-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yar ekan, yodgorlik ostidagi yozuv faqat ingliz tilida berilganini tanqid qildi. “Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim”, degan Lavrov. Shuningdek, Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, O‘zbekiston—Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Apr
⛅Samarqandda 23-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:43 Quyosh botishi: 19:15 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Apr
Samarqandga yana yangi avtobuslar olib kelindi Aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ta zamonaviy “Asia star” rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi. Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Samarqand hamkor trans” MCHJ tomonidan olib kelingan ushbu avtobuslar tender tanlovlari orqali shahar yo‘nalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Apr
Jomboy va Paxtachida bo‘lim rahbarlari pora bilan ushlandi Jomboy tumani FVB boshlig‘i fuqaroga xonadonida xususiy MTT ochish uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berib, rahnamolik qilish evaziga 200 AQSH dollari olayotganda DXX va Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i esa MCHJga karer faoliyati va “Nakvoysoy”dan tosh-shag‘al qazib olish uchun ekologik xulosa hamda ruxsat evaziga 2 ming AQSH dollari olayotganda ushlandi. Hozirda mansabdorlarga nisbatan JKning 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Apr
⛅Samarqandda 22-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +7/+25° Kechasi: +7 - +12°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:45 Quyosh botishi: 19:15 🔰Telegram | Instagram | You Tube