TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 12 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 17 Feb
Pastdargʻomda maktab sport zali qurilishida kamchiliklar aniqlandi Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida Pastdarg‘om tumani, Kattanayman mahallasi hududidagi 68-maktab sport zali qurilishida loyiha talablari buzilgani aniqlandi. Qurilishning ayrim qismida zarur armatura elementlari o‘rnatilmagani hamda temir-beton ustunlar balandligi loyihaga mos emasligi qayd etildi. Kamchiliklar joyida bartaraf etilib, nomuvofiq qismlar qayta bajarilishi belgilandi. Shuningdek, mehnat xavfsizligi talablari to‘liq bajarilmagani aniqlanib, pudratchiga majburiy yozma ko‘rsatmalar berilgan. Talablar bajarilmasa, mas’ullarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Feb
Samarqandda 14 yoshli qizni zo‘rlagan gumonlanuvchilar mamlakatni tark etdi Samarqand viloyatida 14 yoshli qiz noyabr oxirida tanishi, 22 yoshli Og‘abek va uning uch do‘sti tomonidan aldov bilan uydan olib ketilib, kuch ishlatish yo‘li bilan nomusiga tegilgan. Jabrlanuvchi uyiga qaytarilganidan so‘ng, gumonlanuvchilar sochini kalga olish va o‘zi hamda voyaga yetmagan ukasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar bermoqda. Jabrlanuvchining onasi darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Tergov oldi ekspertizasi qizda tan jarohatlari borligini va yolg‘on ko‘rsatma yo‘qligini tasdiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilardan biri avval ham nomusga tegish ayblovi bilan sudlangan, yana birining otasi huquq-tartibot organida ishlagan. Hozirga qadar ularning birortasi qo‘lga olinmagan, ikki nafari esa mamlakatni tark etgan. Tergov jarayonida voqea joyi kechikib ko‘zdan kechirilgan va dalillar yo‘qolgan. Qizning onasi barcha aybdorlar adolatli jazoga tortilishini talab qilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Feb
Ishtixon tumanida yangi asfaltlangan yo‘l cho‘kib ketdi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumani O‘zbekqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy yo‘l cho‘kib ketgani hamda unda yuk mashinasi botib qolgani aks etgan videolar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, yaqinda ta’mirlanib, foydalanishga topshirilganiga 6 oy bo‘lgan asfalt yo‘l qurilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aytilmoqda. Xususan, asfalt qatlami ostida zarur tosh qatlami yotqizilmagani va ishlar sifatsiz bajarilgani haqida e’tirozlar bildirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Feb
Oqdaryo suv ombori soʻnggi uch yil ichida eng koʻp suv toʻpladi Yogʻingarchilik mavsumida yogʻgan qor va yomgʻirlar natijasida Samarqand viloyati, Qashqadaryo viloyati hamda Surxondaryo viloyati dagi ayrim suv omborlarida soʻnggi uch yil ichidagi eng yuqori suv hajmi qayd etilgan. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov maʼlum qildi. Xususan, Oqdaryo suv ombori soʻnggi uch yil ichidagi eng katta suv zaxirasini toʻpladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holat dehqonchilik va sugʻorish ishlari uchun ijobiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, O‘zgidromet tomonidan 16–17-fevral kunlari kuchli yogʻingarchilik sabab Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida sel kelish xavfi yuqori ekani qayd etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Feb
Prezident “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muborak Ramazon oyini milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizga mos ravishda yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan qaror imzolandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilda Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan joylarda Ramazon oyini munosib o‘tkazish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, saxovat va mehr-oqibat tadbirlarini tashkil etish, mahallalarda hamjihatlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. Qaror doirasida hududlarda xayriya aksiyalari, ijtimoiy yordam tadbirlari, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish, ekologik tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, Ramazon oyiga xos qadriyatlarni targ‘ib qilish ishlari kuchaytiriladi. Ramazon oyi musulmonlar uchun sabr-toqat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va ezgulik fazilatlarini mustahkamlovchi muqaddas davr hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Feb
Pastdargʻom va Oqdaryo tumanlarida chorva mollarini oʻgʻirlab kelgan guruh ushlandi Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida aholining chorva mollari o‘g‘riligi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Feb
🌤Samarqandda 15-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+20° Kechasi +5 - +10°, iliq. va kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:25 Quyosh botishi: 18:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Feb
Bojxonachilar 800 grammga yaqin opiyni olib kirishga urinishni to‘xtatdi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va chegara postlari xodimlari tomonidan giyohvandlik moddasini “jonli konteyner” usulida olib kirishga urinish bartaraf etildi. Oʻzbekiston hududiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yo‘lovchi “Jartepa” chegara bojxona postida “Body scanner” orqali tekshirilganda, ayolning ichki a’zosida 3 dona o‘ram aniqlandi. Ularda jami 255 gramm “opiy” borligi ma’lum bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i ham tekshiruvga olindi va Samarqand shahridagi shifoxonada ko‘rikdan o‘tkazildi. Undan 4 dona o‘ram chiqarilib, ularda 541 gramm “opiy” borligi aniqlandi. Jami 796 gramm “opiy” moddasini olib kirishga urinishning oldi olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Feb
🌦Samarqandda 14-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+17° Kechasi +5 - +10°, iliq. va kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:27 Quyosh botishi: 18:05 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Feb
Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qarori ijrosi bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi. Hisobotga koʻra, 2025-yil yakunlari boʻyicha rejalashtirilgan 48 460 ta ish o‘rnidan amalda 50 882 ta ish o‘rni (105%) yaratilgan. Investitsiya loyihalari – 3 995 ta Tijorat banklari orqali – 43 883 ta • Doimiy ishga joylashgan – 18 657 nafar • Tadbirkorlikka jalb etilgan – 25 226 nafar Qishloq xo‘jaligi – 246 ta Qurilish – 2 758 ta Natijada ishsizlik 4,6% dan 3,2% ga tushgan, 3 ming oila ijtimoiy reestrdan chiqarilgan. Kambag‘allik 4,1% dan 3,0% ga tushgan. Shuningdek 2026-yilda 76 334 nafar fuqaro bandligi ta’minlanishi, 17 701 nafari doimiy ishga joylashtirilishi, 47 121 nafar fuqaroning daromadi oshirililishi, 11 512 ta ish o‘rni “soyadan chiqarilishi” koʻzda tutilgan. Shuningdek, 4 121 ta kambag‘al oila bilan ishlanib, yil yakuniga qadar 2 512 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish va ko‘rsatkichni 1,5% ga tushirish rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Feb
🌦Samarqandda 13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+15° Kechasi +3 - +8°, iliq. va kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:27 Quyosh botishi: 18:05 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Feb
Samarqand bojxona boshqarmasi boshlig‘i nafaqaga kuzatildi Bojxona qo‘mitasi hamda Milliy gvardiya tizimida bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi. Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Inyaminov pensiyaga chiqarildi. Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida polkovnik Ilhom Turg‘unov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmonov va polkovnik Serik Xabibullayevlar nafaqaga kuzatilib, ular bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Avvalroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida xizmat qilgan bir guruh xodimlar ham nafaqaga kuzatilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot tizimida xizmat yoshi masalasini tanqid qilib, nafaqa yoshidan keyin ham rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlar masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube