TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 14 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 9 Feb
Samarqandda ilk bor qurilayotgan 30 qavatli bino qurilishida kamchiliklar aniqlandi Samarqand shahrida qurilish ishlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi inspeksiyasi monitoring tadbirlari o‘tkazdi. Shu jarayonda shaharning “Baxtli hayot” mahallasi, Rudakiy ko‘chasi, 205-uy manzilida barpo etilayotgan 30 qavatli turar-joy binosi, mehmonxona va zamonaviy ko‘ngilochar savdo markazi qurilishi o‘rganildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Feb
Endi eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi Prezidentning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda: 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi; har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlar mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilinib, malakali mutaxassislar ishtirokida izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitiladi; 2026-yil 1-aprelga qadar tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etilib, xodimlar uchun har oy “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi; kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi; tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi. Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan Top-100 talikka kirgan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Feb
Pastdarg‘omda tungi yoritgichlar kunduzi ham o‘chmayapti Ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yo‘llagan fuqaroga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani Charxin shaharchasi hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida joylashgan 100 dan ortiq tungi yoritish chiroqlari kunduzi ham yoniq holda qolmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu holat kecha ham kuzatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Feb
🌦Samarqandda 9-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+17° Kechasi +3 - +8°, iliq. va kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:34 Quyosh botishi: 17:59 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Feb
Samarqandda ilk bor qurilayotgan 30 qavatli bino qurilishida kamchiliklar aniqlandi Samarqand shahrida qurilish ishlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi inspeksiyasi monitoring tadbirlari o‘tkazdi. Shu jarayonda shaharning “Baxtli hayot” mahallasi, Rudakiy ko‘chasi, 205-uy manzilida barpo etilayotgan 30 qavatli turar-joy binosi, mehmonxona va zamonaviy ko‘ngilochar savdo markazi qurilishi o‘rganildi. Monitoring davomida quyidagi kamchiliklar aniqlangan: 22–23-qavatlarga quyilgan betonning mustahkamligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari taqdim etilmagan; Qurilish maydonida texnik nazorat ishlari o‘z vaqtida va lozim darajada tashkil etilmagan; ishchilar xavfsizligini ta’minlash uchun himoya to‘siqlari yetarli emas; Binolar konstruksiyasida ishlatilayotgan metall o‘zaklarga korroziyaga qarshi ishlov berilmagan, shuningdek, metall o‘zaklarni bog‘lovchi halqalarning oraliqlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga mos kelmaydi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qurilish ob’ektiga amaldagi me’yorlar va loyiha hujjatlari asosida bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Feb
Urgutda noqonuniy diniy saboq berish holati aniqlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Urgut tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida xonadon ijaraga olib, noqonuniy “hujra” tashkil qilgani fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan ushbu shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga 2011–2016-yillarda tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelgan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Feb
🌥Samarqandda 7-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+12° Kechasi -3 - +2°, iliq. va kunduzi: +7 - +12°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:34 Quyosh botishi: 17:56 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Feb
Samarqandlik senator rus propagandachilariga keskin javob qaytardi Senator Abdusaid Ko‘chimov Senat yalpi majlisida so‘nggi paytlarda faollashgan rus propagandachilarining chiqishlariga munosabat bildirdi. U o‘z nutqida mamlakat manfaatlariga tahdid soladigan har qanday kuchga nisbatan qat’iy pozitsiya bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. “Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga yoki har qanday qashqirga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, kovushini to‘g‘rilab qo‘yishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz, aqlini kiritib qo‘yishimiz kerak”, — dedi senator. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Feb
Samarqandda yirik savdo markazidagi bolalar o‘yingohi vaqtincha yopildi Samarqand viloyati FVB tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan Samarqand shahridagi “Family Park” MCHJga qarashli yirik savdo va ko‘ngilochar markazida profilaktik tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida markaz hududida ijara asosida faoliyat yuritayotgan “Penta zone” bolalar o‘yingohida yong‘in xavfsizligi talablari buzilgani aniqlandi. Shu sababli bolalar o‘yingohining faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Qoidabuzarliklar to‘liq bartaraf etilgach, obyekt faoliyatini davom ettirishiga ruxsat beriladi. Ma’lum qilinishicha, bunday profilaktik tekshiruvlar hududlarda davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasida 3 yoshli bola halok bo‘lgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Feb
🌦Samarqandda 6-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+6° Kechasi va kunduzi: +1 - +6°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:36 Quyosh botishi: 17:55 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Feb
Samarqanddagi “Ipak yo‘li” universitetiga rektor tayinlandi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Muxsinjon Xolmuxamedov iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib borgan mutaxassis sifatida tanilgan. U iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega bo‘lib, uzoq yillar Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) tizimida faoliyat yuritgan, jumladan markazda sektor rahbari hamda rahbar o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U turli iqtisodiy va investitsion loyihalar, jumladan yirik sanoat va iqtisodiy tashabbuslarni tahlil qilishga oid ilmiy-analitik ishlar muallifi sifatida ham tilga olinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Feb
Ishtixonda aka-uka ustalar mahalliy shaxslar tomonidan kaltaklandi Ishtixon tumanidagi Barlos qishlog‘ida joylashgan 24-DMTT bog‘cha kollektori ta’miri uchun borgan aka-uka ustalar mahalliy shaxslar tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Hodisa oqibatida ularga tan jarohati yetkazilgani ma’lum qilingan. Jabrlanuvchilarning bildirishicha, 102 xizmatiga qilingan qo‘ng‘iroqqa javoban IIB xodimlari voqea joyiga yetib kelmagani va qayta bog‘lanmagan. Shuningdek, kaltaklanganidan so‘ng tez tibbiy yordam chaqirilgan, biroq kelgan tibbiyot xodimlari ularni xizmat mashinasiga chiqarmagan va tibbiy yordam ham koʻrsatmagan. Jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hozircha yetarli choralar ko‘rilmayotganidan, holat yuzasidan yetarli o‘rganish olib borilmayotganidan norozi ekanini bildirgan. Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati rahbari Hamidullo Sag‘dullayevning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube