TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 11 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 21 Feb
Noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 27 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan reyd davomida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan Yonboshsoy MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirida mahallada yashovchi fuqaro tomonidan 1 tup tol va 4 tup terak daraxti ruxsatsiz kesib olingani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Unga BHMning 25 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi. Bundan tashqari, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 17 304 000 so‘m hisoblandi. Umumiy jarima miqdori 27 million so‘mdan oshdi. Ma’lumot uchun hozirda respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga moratoriy amal qilmoqda. Tegishli ruxsatsiz daraxt kesish qat’iyan man etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Feb
🌦Samarqandda 21-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +9/+14° Kechasi va kunduzi: +9 - +14°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:18 Quyosh botishi: 18:14 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Feb
Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi Qurbonov Adham Baxronovich Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tegishli buyruq Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi tomonidan imzolangan. U 1982-yil 27-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriatini, 2008-yilda magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish boshqarmasida boshlagan. Keyinchalik davlat ekologiya ekspertizasi va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bir qator tuzilmalarda faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Ekologiya qo‘mitasi tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Feb
Samarqandda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ygan 10 ga yaqin rahbarga chora kutilmoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini ochiqladi. Tekshiruvlarda bank, qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda korrupsion holatlar aniqlangan. 2025-yilda 3,4 mlrd so‘mlik 9 ta davlat xaridi bekor qilish uchun taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 248 ta mahalliy qarorning “yashirin” grif bilan qabul qilingani, shundan 49 tasi asossiz ekani ma’lum bo‘ldi. Ayrim mansabdorlarning qarindoshlari davlat hisobidan xorijga yuborilgani ham tasdiqlangan. Yig‘ilishda tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 ga yaqin rahbarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish taklifi ilgari surildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Feb
🌤Samarqandda 20-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+23° Kechasi +8 - +13°, iliq. va kunduzi: +18 - +23°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:19 Quyosh botishi: 18:13 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Feb
Donald Tramp: “Shavkat Mirziyoyev — mening do‘stim, mamlakatingizda ishlar zo‘r ketyapti, siz zo‘r ketyapsiz!” AQSH prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida e’tirof etdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Feb
Qo‘shrabotda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan shaxs ushlandi Qo‘shrabot tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. Telegram messenjeri orqali 5 mln so‘mga xarid qilgan 50 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.S. ga 6 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Feb
Samarqandda bodom gulladi Urgut tumanida bodom daraxtlari gulladi. Mintaqaga kirib kelgan iliq havo massalari ta’sirida fevral oyiga xos bo‘lmagan iliq ob-havo kuzatilmoqda. Natijada ayrim hududlarda bahor nafasi erta sezilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Feb
Payariqda 11 ta metan zapravkada narx asossiz oshirilgani aniqlandi Payariq tumani hududidagi 11 ta metan yoqilg‘i quyish shoxobchasi egalari tomonidan narxlar asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Boboxon Toyirov matbuot anjumanida ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan 119 ta nazorat xaridining 76 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Mazkur shoxobcha egalari va mas’ullarga nisbatan moliyaviy hamda ma’muriy choralar qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Feb
Samarqandda ko‘z klinikasi uzoq yillik bemorni davoladi Ma’lum qilinishicha, Oqdaryo tumanining Avazali mahallasida yashovchi Eshmurodova Shakar 7 yil davomida har ikki ko‘zida katarakta kasalligi bilan og‘rigan. Uning ko‘rish darajasi 5–6 foizni tashkil etgan. Samarqand shahridagi Nurion ko‘z klinikasida malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan og‘riqsiz va choksiz operatsiya natijasida bemorning ko‘rish qobiliyati to‘liq tiklangan. Shifokorlar ko‘rish sifati buzilganda darhol mutaxassis ko‘rigidan o‘tish, ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish zarurligini tavsiya etishgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Feb
🇺🇿Samarqand viloyati uchun 2026-yil Ramazon taqvimi 🌙SAHARLIK (ogʻiz yopish) duosi - - - Navaytu an asuma sovma shahri Ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’alaa. Allohu akbar. - - - Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botgunicha xolis Alloh taolo uchun tutishni niyat qildim. Allohu akbar. 🌙 IFTORLIK (ogʻiz ochish) duosi - - - Allohumma laka sumtu va bika aamantu va ’alayka tavakkaltu va ’alaa rizqika aftortu, fag‘firliy zunubiy yaa Gʻoffaru maa qoddamtu va maa axxortu. - - - Ma’nosi: Yo Alloh! Senga imon keltirib, Senga tavakkal qilib, Sen uchun ro‘za tutdim. Sen bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni kechirguvchi Zot! Mening oldingi va keyingi gunohlarimni kechir. Omin! 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Feb
🌤Samarqandda 18-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+25° Kechasi +8 - +13°, iliq. va kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:21 Quyosh botishi: 18:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube