TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 13 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 12 Feb
Samarqandda chiqindixona o‘rnida jamoat parki barpo etilmoqda Samarqand shahri Cho‘pon ota MFY hududida joylashgan 20,5 gektar yer maydoni bir necha yillar davomida tashlandiq holatda qolib, mahalliy aholi tomonidan noqonuniy chiqindixona sifatida foydalanib kelinayotgan edi. Hozirda mazkur hudud chiqindilardan tozalanib (koʻmilib), jamoat parki tashkil etilmoqda. Loyihaga ko‘ra, hududga 8 turdagi qimmatbaho manzarali daraxtlarning 8 ming tup ko‘chatlari ekiladi. Ko‘chatlar tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanadi. Shuningdek, park hududida piyodalar yo‘laklari, besetkalar, o‘rindiqlar hamda yoritish tizimlari o‘rnatilib, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Mazkur jamoat parki Samarqandga kirish yo‘nalishida chang va shovqinni kamaytirish, hudud mikroiqlimini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Feb
🌦Samarqandda 12-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+13° Kechasi +3 - +8°, iliq. va kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:31 Quyosh botishi: 18:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Feb
Kattaqoʻrgʻon va Qoʻshrabot tumani hokimlari oʻgʻillarini Xitoyga xizmat safariga yuborgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Feb
Samarqandda pora evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi Samarqand shahrida haydovchilik guvohnomasini pora evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, avtomaktab xodimi va uning sherigi xizmat mavqeidan foydalanib, o‘quvchiga haydovchilik guvohnomasini 2 oy ichida olib berishni va’da qilgan. Ular guvohnoma olish uchun o‘qish shart emasligi, faqat fotosurat taqdim etish yetarli ekanini aytib, buning evaziga 25 million so‘m talab qilgan. Mazkur shaxslar kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Feb
⚡️O‘rta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistoniga ishga yuboriladi Migratsiya agentligi Saudiya Arabistonidagi tibbiyot klinikalarida ishlash istagidagi yurtdoshlar uchun bepul tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Dastur doirasida “Medical English” hamda Prometric imtihoniga tayyorlov mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ma’lum qilinishicha, kurslarda oliy yoki o‘rta-maxsus hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega, kamida 2 yillik ish tajribasi mavjud hamda ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega fuqarolar qatnashishi mumkin. Kurslar Samarqand shahrida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun bepul ta’lim, yotoqxona, amaliy mashg‘ulotlar va moslashuvchan o‘quv grafigi taqdim etiladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Saudiya Arabistonidagi nufuzli klinikalarga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/MqgWQPGJcmuHA3Uq5 Murojaat uchun: (+998) 66-233-24-00, 233-53-00 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Feb
Samarqandda soliq organlari fuqarolar ma’lumotlarini tarqatayotgani aytilmoqda So‘nggi paytlarda soliq idoralari vakillari tomonidan fuqarolarning qarzdorligi haqidagi ma’lumotlar mahallalardagi Telegram guruhlariga joylanayotgani haqida murojaatlar ko‘paymoqda. Bu holat shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi masalasiga jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Qayt etish joiz, fuqaroning soliq qarzi va JShShIR ma’lumotlari shaxsiy ma’lumot hisoblanadi. Ularni uchinchi shaxslarga, ayniqsa ommaviy messenjer guruhlarida tarqatish “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Konstitutsiyada har bir fuqaroning shaxsiy hayoti daxlsizligi kafolatlangan. Qarzdorlikni omma oldida e’lon qilish esa fuqaroga nisbatan bosim o‘tkazish yoki sha’niga putur yetkazish sifatida baholanishi mumkin. Ma’lumot uchun, yaqinda 15 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma’lumotlar tarqalib ketgani haqidagi holat ham jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Feb
🌦Samarqandda 11-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+15° Kechasi +3 - +8°, iliq. va kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:31 Quyosh botishi: 18:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Feb
❗️11-fevral soat 09:00 dan boshlab respublika bo‘ylab, jumladan, vodiy viloyatlarida ham “metan zapravka”lar bosqichma-bosqich odatiy ish rejimida faoliyat yurita boshlaydi — Energetika vazirligi 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Feb
Samarqandda erkak shifokorni urdi Samarqand shahridagi xususiy klinikalardan birida erkak shifokorga nisbatan zo‘ravonlik sodir etdi. Ma’lum qilinishicha, mojaro shifokor bemor va uning farzandidan navbatga rioya qilishni so‘raganidan so‘ng yuzaga kelgan. Hodisa 7-fevral kuni sodir bo‘lgan. Shifokor bosh va yuz qismidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini, biroq dastlab gumonlilarga nisbatan choralar ko‘rilmagani haqida aytgan. Xabar e’lon qilingach, hujum qilgan shaxs shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘ragani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Feb
🌦Samarqandda 10-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+13° Kechasi +5 - +10°, iliq. va kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:34 Quyosh botishi: 17:59 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Feb
Qo‘shrabotda kuchli shamol elektr ustunlarini ag‘dardi Samarqand viloyati Qo‘shrobod tumanining shimoliy qishloqlarida kuchli shamol aralash yomg‘irlar sabab turli talofatlar kuzatilmoqda. Bu haqda Uzb_Meteo xabar bermoqda. Qo‘shrobod tumanining Jo‘sh qishlog‘i hududlarida kuchli shamol elektr tayanch ustunlarini ag‘darayotgani bilan bog‘liq tasvirlar kelib tushgan. Aholining aytishicha, hududlarda tabiiy ofatlar sabab elektr energiya tarmoqlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Ma’lumot uchun, sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Samarqandda havo bulutli bo‘lib, yengil yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori taxminan 5–10 mm atrofida bo‘lishi, shamol tezligi esa o‘rtacha 14 km/soat atrofida bo‘lishi prognoz qilingan. Ertaga ham asosan bulutli va yomg‘irli ob-havo saqlanishi, yog‘ingarchilik 5–10 mm atrofida bo‘lishi, shamol taxminan 11 km/soat atrofida esishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Feb
General-mayor amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov viloyatdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Ma’lum qilinishicha, jinoyatlar tarkibida ayniqsa kiberjinoyatlar keskin oshgan. 2025-yil davomida kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 49,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Amalga oshirilgan tezkor choralar natijasida ushbu mablag‘ning 8,2 mlrd so‘mi fuqarolarga qaytarilgan. Sessiya davomida 2025-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, sohadagi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda Samarqand viloyatini jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar va loyihalar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube