TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 16 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 3 Feb
Pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, ishdan bo‘shatilishi mumkin Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga mutlaqo murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan buyruqni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qonun ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikni, jumladan jismoniy va ruhiy bosimni taqiqlaydi. Buyruq asosida ta’lim tashkilotlarining odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi va xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari yangilandi. Endilikda pedagog va boshqa xodimlar: bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmaslik, zo‘ravonlik holatlari haqida tegishli idoralarni xabardor qilish majburiyatiga ega. Shuningdek, pedagog tomonidan bolalarga yoki hamkasblarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish sifatida baholanadi. Bunday holat isbotlansa, mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Feb
🌤Samarqandda 3-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+18° Kechasi: +5 - +10°, iliq, Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:38 Quyosh botishi: 17:53 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Feb
🔐 O‘zbekistonda qo‘riqlash tizimi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti orqali tashkil etiladi. U davlat va strategik obyektlar, tashkilotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar mulkini qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Feb
Toyloqda velosipedchi YTH natijasida vafot etdi 2026-yil 29-yanvar kuni soat 18:20 larda Toyloq tumani “Jumabozor” MFY hududidan o‘tgan D-069 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Toyloq–Urgut yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini shu yo‘nalishda kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili urib yuborgan. Shundan so‘ng yo‘lga yiqilgan velosipedchini orqa tomondan harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomobil bosib ketgan. Hodisa oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Samarqand viloyati IIB JXX YHXB barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ragan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Feb
Urgutda opiy kontrabandasi bilan 2 shaxs uzoq muddatga qamaldi Tergovga maʼlumotlari asosida Zamon.uzʼga koʻra, Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro 60 yoshli mahalladoshini jinoiy faoliyatga jalb qilgan. Aniqlanishicha, u Tojikistondagi tanishi bilan kelishib, har bir kilogram opiyni 500 AQSH dollari evaziga olib o‘tishga rozi bo‘lgan. 2025-yil kuz oylarida ular Urgut tumanidan tog‘li aylanma yo‘llar orqali Tojikistonning Panjikent tumaniga o‘tib, 9 kilogram opiy giyohvandlik vositasini olib qaytgan. Qaytishda ular chegarachilar tomonidan aniqlangan. Gumondorlar qochishga uringan, biroq DXX va ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sudda 28 yoshli sudlanuvchi avval ham 5 kg opiyni olib o‘tganini tan olgan. Unga 15 yil, 60 yoshli sudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Feb
Qo‘shrabotda o‘quvchilar qish sharoiti sabab maktabga bora olmayapti Qo‘shrabot tumani Jonbuloq MFYga qarashli Mijg‘on, Bo‘ronbuloq va Chalg‘ir qishloqlari ota-onalari bolalar ta’limi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qildi. Bildirishicha, hududda qorning qalin yog‘ishi sabab o‘quvchilar yanvar oyidan beri maktabga muntazam qatnay olmayapti. Ilgari Jonbuloq qishlog‘ida joylashgan 21-maktab filialida 100 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olgan. Biroq 2025 yil sentyabrdan filial yopilib, bolalar 6,5–7 km uzoqlikdagi 21-maktabga ko‘chirilgan. Ota-onalar aytishicha, ko‘chirishdan oldin avtobus ajratish va qishda yo‘llarni muntazam ochib berish va’da qilingan, ammo bu ishlar to‘liq amalga oshmagan. Natijada ayrim o‘quvchilar umuman maktabga bora olmayapti. Aholi Jonbuloq hududidagi 21-maktab filialini qayta ochish yoki unga 11 yillik maktab maqomi berishni so‘ramoqda. Ularning fikricha, filial binosi hozir ham ta’lim olish uchun yetarli shart-sharoitlarga ega. Avvalroq Qoʻshrabot tumanining ayrim joylarida qor qalinligi yarim metrga yetganligi haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Jan
🌦Samarqandda 1-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+15° Kechasi: +1 - +6°, iliq, Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarga yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:40 Quyosh botishi: 17:50 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Jan
Kattaqo‘rg‘on suv omborini qo‘riqlash bo‘yicha xizmat vazifasini bajarish chog‘ida xodim sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq holat tufayli vafot etgan. Burch, vijdon va fidoyilik. Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlar ana shu tushunchalarning timsolidir. ▶️Batafsil ko‘rish uchun: https://youtu.be/NTed-0tBHyg?si=DHKYLg4GWlibXaIR 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jan
🌦Samarqandda 31-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+11° Kechasi: -2 - +3°, iliq, Kunduzi: +6 - +11°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarga yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:43 Quyosh botishi: 17:46 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jan
🇺🇿Qo‘riqlash xizmati xodimlari jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi yo‘lida doim xizmatga tayyor. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jan
Samarqandda Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etib, kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop va giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, ular tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 0,9 gramm “SK White” nomli vositani 1,1 mln so‘mga sotishga kelishib, pul mablag‘ini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan plastik karta orqali qabul qilgan. Giyohvandlik vositasi esa Toshkent shahridagi Janubiy temir yo‘l vokzali yaqinidagi qurilishi tugallanmagan bino oldiga ko‘mib qo‘yilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Jan
30-yanvar —Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavallud topgan kun Mustaqil Oʻzbekiston Asoschisi Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Uning rahbarligi ostida 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston mustaqil deb e’lon qilindi, 1992-yilda Konstitutsiya qabul qilindi, hamda mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Islom Karimov mustaqil davlat qurish yo‘lida milliy qadriyatlarni tiklashga, ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Prezident sifatida xalqparvar va mustaqil siyosat yuritgan Karimov Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash, milliy xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy mustaqillikka erishishda muhim rol o‘ynadi. Xalqimiz Islom Karimovni istiqlol me’mori sifatida hurmat bilan yodga oladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube