TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini18,140Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 17 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 29 Jan

🌦Samarqandda 30-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -5/+5° Kechasi: -5 - -0°, sovuq, Kunduzi: +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarga yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishi oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:43 Quyosh botishi: 17:46 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,660 views

Diposting 29 Jan

Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 693,5 ming nafarga yoki 1,8 foizga oshgan. Hududlar kesimida doimiy aholi soni: Samarqand viloyati – 4 379,8 ming kishi Farg‘ona viloyati – 4 223,0 ming kishi Qashqadaryo viloyati – 3 717,0 ming kishi Andijon viloyati – 3 521,8 ming kishi Namangan viloyati – 3 190,8 ming kishi Toshkent shahri – 3 178,1 ming kishi Toshkent viloyati – 3 160,7 ming kishi Surxondaryo viloyati – 3 011,0 ming kishi Buxoro viloyati – 2 107,0 ming kishi Xorazm viloyati – 2 069,2 ming kishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 053,2 ming kishi Jizzax viloyati – 1 566,9 ming kishi Navoiy viloyati – 1 111,9 ming kishi Sirdaryo viloyati – 946,3 ming kishi 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,480 views

Diposting 29 Jan

Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Samarqand viloyatida daryo o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlandi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) hamda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi, noruda materiallar qazib olishga moratoriy joriy etilgan Zarafshon daryosi o‘zanida tungi vaqtda noqonuniy qazish ishlari olib borilgani fosh etildi. O‘rganishlar davomida daryo o‘zanidan noqonuniy qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand shahrini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi orqali, maxsus beton moslamalar o‘rnatilgan holda tashilib, “ZARAFSHON PROPRIETY SERVICE” MChJ hududiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 422 milliard 648 million 358 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,390 views

Diposting 28 Jan

⚡️Samarqand viloyati IIB, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda yollanma qotil orqali tanishini oʻldirishni rejalashtirayotgan shaxslar qoʻlga olindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,350 views

Diposting 28 Jan

❄️Samarqandda 29-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -5/-2° Kechasi: -5 - -0°, sovuq, Kunduzi: +2 - +3°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻaro shamol yoʻnalishi oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:43 Quyosh botishi: 17:46 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 28 Jan

Samarqandda barcha tez tibbiy yordam mashinalariga “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati Axborot xizmati rahbari Shaxriyor Musurmonovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalari 2026-yil yakuniga qadar “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi. Qayd etilishicha, mazkur chora jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda so‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ma’lumot uchun, hozirda Samarqand viloyatidagi 1274 ta umumta’lim maktabining barchasi tashvish tugmalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida ham ushbu xavfsizlik tizimi o‘rnatilgan. ▶️Batafsil ko‘rish uchun: https://youtu.be/NTed-0tBHyg?si=DHKYLg4GWlibXaIR 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,490 views

Diposting 28 Jan

Bahodir Toshmatov yana Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Ma’lumot uchun, Bahodir Toshmatov 2017–2020 yillarda ham Milliy gvardiya qo‘mondoni sifatida faoliyat yuritgan. 1964 yilda tug‘ilgan Bahodir Toshmatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasi hamda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. U harbiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Faoliyati davomida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar qo‘mondonligi, Milliy xavfsizlik kengashi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tizimida turli rahbar lavozimlarda ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,350 views

Diposting 28 Jan

Samarqand viloyatida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi e’lon qilindi 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi. “Samarqand suv ta’minoti” AJ Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat bo‘yicha 2025-yil yakuni bilan aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 80,5 foizga yetkazilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shahrida qayd etilib, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 100 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Samarqand tumani (94,5%), Paxtachi tumani (88,5%), Urgut tumani (86,4%), Pastdarg‘om tumani (86,4%) va Toyloq tumani (85,5%) yuqori natija ko‘rsatgan hududlar qatorida. O‘rtacha ko‘rsatkich qayd etilgan tumanlar orasida Narpay (75%), Payariq (75,2%), Bulung‘ur (75,6%), Qo‘shrabot (82,1%) va Kattaqo‘rg‘on shahri (83,7%) bor. Ayni paytda eng past ta’minlangan hududlar sifatida Oqdaryo tumani (53,2%), Ishtixon tumani (62%), Kattaqo‘rg‘on tumani (63,9%), Jomboy tumani (65,6%) hamda Nurobod tumani (66,8%) qayd etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,420 views

Diposting 27 Jan

❄️Samarqandda 28-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+5° Kechasi va kunduzi+0 - +5° iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:44 Quyosh botishi: 17:44 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,440 views

Diposting 27 Jan

Samarqand qanchalik xavfsiz? | Samarqandcha podkast 🔐 Podkastimizning birinchi mehmoni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati axborot xizmati rahbari Shaxriyor Musurmonov. Bu sonda biz xavfsizlik haqida ochiq gaplashdik. Qo‘riqlash xizmati nima bilan shug‘ullanadi? Tashvish tugmalari qayerda va qanday ishlaydi? Fuqarolar xonadonlari va obyektlarini qo‘riqlash qancha turadi? Qo‘riqdagi obyektlarga kirishda uchrayotgan muammolar sababi nimada? ▶️Batafsil ko‘rish uchun: https://youtu.be/NTed-0tBHyg?si=DHKYLg4GWlibXaIR 💬Telegram|📷Instagram | 🌐YouTube

1,870 views

Diposting 26 Jan

Samarqandlik maktab o‘quvchisi AQSh universitetidan 120 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi Samarqand shahridagi 16-maktabning 11-“B” sinf o‘quvchisi Dilnura Toshtemirova AQShda joylashgan Queens University of Charlotte universitetiga bakalavr bosqichida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qilishicha, u mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasasida 4 yil davomida o‘qishi uchun jami 120 ming AQSh dollari miqdoridagi grant (har yili 30 ming AQSh dollari) bilan taqdirlangan. Shuningdek, Dilnura IELTS imtihonidan 6,5 ball natija qayd etgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,790 views

Diposting 26 Jan

Samarqandda avtobuslarda chiptasiz yo‘lovchilarga qarshi reydlar boshlanadi Jamoat transporti tizimida yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish maqsadida “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan yaqin kunlarda avtobuslarda yo‘l haqi uchun bir martalik chipta berilishi bo‘yicha nazorat ishlari boshlanadi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi. Unga koʻra nazorat jarayonida yo‘lovchi naqd pul bilan to‘lov qilganda berilishi shart bo‘lgan bir martalik chipta mavjudligiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, transport xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlariga planshetlar va bodi-kameralar topshirilgan. Bu esa tekshiruv jarayonlarini qayd etish, nazoratning shaffofligini oshirish hamda bahsli holatlarning oldini olish imkonini beradi. Yo‘lovchilardan naqd to‘lov amalga oshirilganda bir martalik chiptani talab qilish, haydovchilardan esa belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etib, yo‘l haqi to‘lovlarining shaffofligini ta’minlash so‘raladi xabarda. Avvalroq Samarqand shahrida jamoat transportlarida naqd toʻlov bekor qilinishi haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,540 views
12•••5•••10•••151617181920•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384