TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 4 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 31 Mar
Hududlarda narkotik savdosiga qarshi tezkor reydlar o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida DXX, IIV va Bojxona organlari hamkorligida narkotik vositalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Xorazm viloyati Urganch shahrida 1983-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olinib, undan 5 gr opiy topildi. U ijaraga olgan xonadondan esa 887 gr opiy va 71 gr geroin aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu moddalarni sotish orqali daromad olishni rejalashtirgan. Farg‘ona viloyatida 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyidan Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan, umumiy qiymati 140 mln so‘m bo‘lgan 2800 dona “Regapen” dori vositasi musodara qilingan. Toshkent viloyatida esa 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va Qozog‘iston fuqarosi (1994-y.t.) 300 ml “Tropikamid”ni 300 AQSH dollari va 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ulardan “Pregabalin” kapsulalari va qo‘shimcha “Tropikamid” flakonlari ham topilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Mar
Sobiq tuman hokimi Samarqand statistika tizimiga rahbar bo‘ldi Qudratov Sherzod Asatovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tegishli buyruq O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2026-yil 30-mart kuni imzolangan. U 1984-yil 22-iyunda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002–2004-yillarda Samarqand viloyati qurilish va qurilish ashyolari kasaba uyushmasida yo‘riqchi sifatida boshlagan. Keyinchalik moliya tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Qudratov joriy yil fevral oyiga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Mar
Samarqandda elektromontyor lavozimiga ishga qabul boshlandi Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati tomonidan Urgut va Toyloq tumanlari hamda Samarqand shahrida elektromontyor lavozimiga ishga qabul e’lon qilindi. Nomzodlar uchun talablar: — harbiy guvohnoma (muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervi yoki alternativ); — kamida umumiy o‘rta ma’lumot. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishi mumkin: 📍 Samarqand shahri, Timur Malik ko‘chasi, 12-uy 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 31 Mar
Pastdarg‘omda tabiatga 63 million so‘m zarar yetkazildi Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Pastdarg‘om tumani Elbek MFY hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lida noqonuniy qazish ishlari fosh etildi. Aniqlanishicha, fuqarolar D.S va J.E ekskavator yordamida qora-qum aralashmasini noqonuniy qazib olib, yuk mashinalariga ortib kelgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan har biriga BHMning 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 63 million so‘m etib baholangan. Texnika vositalari vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli organlarga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Mar
Ekologiya va transportda yangi tartiblar joriy etiladi 2026-yil 1-maydan har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi. Aksiya doirasida davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat avtomobillaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Agar ushbu sanalar ish kuniga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi. 2026-yil 1-avgustdan trade-in dasturi asosida eski avtomobil topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport xaridi uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. 2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahri “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalarga ajratiladi. 2026-yil 1-apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish maqsadida Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Mar
Samarqandda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda “J.E.” MChJga qarashli “Al-Buxoriy” ko‘chasidagi do‘konda qonunbuzarlik aniqlandi. Do‘konda 132,1 mln so‘mlik 4 042 dona (40 turdagi) sifati tasdiqlanmagan hamda 422 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlar dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan JKning 176 va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Mar
Taniqli jurnalist Karim Bahriev vafot etdi Ustoz jurnalist, yozuvchi, tarjimon, sobiq deputat va siyosatchi Karim Bahriev 64 yoshida vafot etdi. U bir muddat avval insult sabab shifoxonaga yotqizilgan edi. Karim Bahriev 1962-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti hamda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. U faoliyati davomida “Hurriyat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalarida, shuningdek “Jahon adabiyoti” va “Dugonalar” jurnallarida ishlagan. Uning “Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” she’riy to‘plamlari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati”, “OAV faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz”, “So‘z erkinligi haqida so‘z” kabi asarlari chop etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi hamda “OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob” qo‘llanmasi muallifi edi. Karim Bahriev ko‘plab xorijiy adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U turli yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi huzuridagi “Meros-news” axborot xizmatiga rahbarlik qilgan, shuningdek Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat yuritgan. 1992-2006-va 2011-yillarda “Mustaqillik” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Mar
Samarqand havosi yomgʻirdan soʻng yaxshilandi Bugun tonggi holatga koʻra Samarqand viloyatida kuzatilgan qisqa muddatli yogʻingarchiliklardan soʻng havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Monitoring maʼlumotlariga koʻra, Samarqand shahrida havo sifati indeksi 43 ko‘rsatkichni qayd etib, “yaxshi” darajada ekani aniqlandi. Hududlar kesimida ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, Qarshi shahrida ko‘rsatkich 31 ni tashkil etib, havo yanada toza ekani qayd etilgan. Shuningdek, viloyatning ayrim hududlarida bugun ham qisqa muddatli yomgʻirlar kuzatilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Mar
🌧Urgutda qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28-mart kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Urgut gidropostida soat 19:10 dan 20:00 gacha 3,3 mm miqdorida yog‘ingarchilik kuzatildi. Natijada suv sathi 26 sm ga ko‘tarilgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu holat xavfli hodisalarga olib kelmagan. Shuningdek, Samarqand meteostansiyasi hamda Urgut gidropostida soat 20:02 dan 21:00 gacha davom etgan kuchli yog‘ingarchilik (58 daqiqada 5,8 mm) qayd etilgan. Kuchli yomg‘ir oqibatida ayrim ko‘chalarda yomg‘ir suvlari toshib chiqishi kuzatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Mar
Endi san’atkorlar ham soliq to‘laydi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda san’atkorlar, boshlovchilar va boshqa ijrochilar har bir to‘y yoki konsert xizmati uchun soliq to‘laydi. Yangi tartibga ko‘ra, barcha xizmatlar majburiy tarzda “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ma’lumot kiritilgach, to‘lov amalga oshiriladi va elektron hujjat shakllantiriladi. 2026–2029-yillarda soliq “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida belgilangan miqdorda olinadi. Ma’lumot kiritmaslik yoki to‘lov qilmaslik litsenziya buzilishi hisoblanadi va jarimaga sabab bo‘ladi. Shuningdek: konsert faoliyati uchun aylanma solig‘i bekor qilinadi; onlayn shartnoma va to‘lov tizimi joriy etiladi; ijrochilar uchun reyting tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Soliq to‘lamaganlar jarimaga tortiladi, qoidabuzarlik haqida xabar berganlar esa mukofotlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mar
Payariqda shifoxona qurilishida kamchiliklar aniqlandi Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Payariq tumani Chelak shifoxonasi qurilishida qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, hudud chiqindilardan tozalanmagani, ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmagani qayd etilgan Shuningdek, qurilish materiallari sertifikatlari taqdim etilmagan, fasad qoplamasi yetarli darajada mustahkamlanmagani hamda ijro hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagani aniqlangan. Kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mar
⛅️Samarqandda 25-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:29 Quyosh botishi: 18:48 🔰Telegram | Instagram | You Tube