TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 21 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 15 Jan
DXX 2025-yilda 11 ta terrorchilik harakatining oldini oldi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 2025-yil davomida Oʻzbekistonda va xorijda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 11 ta terrorchilik harakatining oldi olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 11 nafar Markaziy Osiyolik shaxsning instruktiv faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda DXX rahbari Bahodir Qurbonov 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, jahonda harbiy-siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda, mintaqada, jumladan Oʻzbekistonda ham terrorizm asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan internet orqali radikal gʻoyalarni targʻib qilish, ayniqsa xorijdagi mehnat migrantlari va yoshlarni o‘z safiga yollash holatlari hanuz davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jan
Samarqandda Shirin massiviga eltuvchi yo‘l vaqtincha yopiladi 2026-yil 15–18-yanvar kunlari Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 37-kilometr qismida — Samarqand shahri va Shirin massivini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi sababli transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Qurilish ishlari xavfsiz va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘l qismi belgilangan muddat davomida harakat uchun yopiladi. Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raladi. Qurilish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ogohlantiruvchi yo‘l belgilar o‘rnatiladi, harakat esa boshqa yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. Haydovchilardan yo‘l belgilariga amal qilish, tezlikni me’yorida saqlash va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘rab qolamiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jan
Oqdaryoda noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan fuqaro 20 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Oqdaryo tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida qonunbuzarlik holati aniqlangan. Reyd jarayonida Yangiqo‘rg‘on MFY hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi o‘zanidan Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro Z.U tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, yuk mashinalariga ortib berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi prim¹-qismiga asosan BHMning 50 barobari miqdorida — 20 million 600 ming so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, huquqbuzarlikda foydalanilgan texnika vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Jan
⛅Samarqandda 15-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+5° Kechasi: -3 - -2°, sovuq, Kunduzi: +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:50 Quyosh botishi: 17:29 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Jan
Samarqandda turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari boshlandi Samarqand shahrida Ibn Xoldun ko‘chasini zamonaviy va konseptual “Asian World” turizm ko‘chasiga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi. Loyiha shahar turistik infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun yangi va jozibador maskan yaratish hamda Samarqandning xalqaro turizm imijini mustahkamlashga qaratilgan. Loyiha doirasida ko‘cha hududi Osiyo davlatlariga xos yagona me’moriy va dizayn konsepsiyasi asosida qayta tashkil etiladi. Xususan, piyodalar yo‘laklari, tashqi yoritish tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish zonalari hamda ko‘cha bezaklari Osiyo mamlakatlarining milliy uslublari uyg‘unligida zamonaviy yechimlar asosida jihozlanadi. Shuningdek, turizm axborot vositalari, yo‘naltiruvchi belgilar va foto zonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, loyiha doirasida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan gastronomik ko‘cha tashkil etilib, unda Osiyo mamlakatlarining milliy taomlari zamonaviy servis asosida taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Jan
YPX xodimi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qo‘shiq ijro etdi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini samimiy qutlaymiz. Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va davlat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha Vatan posbonlariga Bars internet nashri jamoasi nomidan mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🎶“Yo‘l posboni” qo‘shig‘i Ijrochi: Xurshid Safarov She’r muallifi: O‘lmasbek Samarqandiy Musiqa muallifi: G‘anisher Razzoqov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Jan
⚡Samarqandda harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi bo‘lib o‘tdi Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi tashkil etildi. Jangovar yurish Islom Karimov xiyobonidan boshlanib, Ko‘ksaroy maydonigacha davom etdi. Suratlar: Abbos Shodmonqulov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Jan
Omonqoʻton milliy tabiat bogʻiga ayiq qaytdi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Milliy qo‘mitasi hamda “Omonqoʻton” milliy tabiat bog‘i xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, uzoq yillar yo‘qolib ketgan yovvoyi hayvon — ayiq ayni hududga qaytganligi tasdiqlandi. “Omonqoʻton” milliy tabiat bog‘i hududida tabiiy muhofaza choralari kuchaytirilgach, mayda va katta yirtqichlar, jumladan bo‘ri, tulki, quyon kabi turlar bilan bir qatorda bu tabiat qo‘riqxonasiga qaytgan ayiq ham qayd etildi. Bog‘ hududida biologik rang-baranglik tiklanib, yo‘qolib borayotgan hayvonlarning tabiiy yashash muhiti saqlanmoqda va Respublika ekologik monitoringi doimiy olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Jan
Oqdaryo va Kattaqo‘rg‘onda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo va Kattaqo‘rg‘on tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Xususan, Oqdaryo tumanida “H.I.” oilaviy korxonasi rahbari A.S. “Temirak” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 129,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro B.B. “Qo‘shqo‘ton” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 102,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Jan
⛅Samarqandda 13-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+18° Kechasi: +1 - +6°, iliq, Kunduzi: +13 - +18°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:52 Quyosh botishi: 17:27 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Jan
Samarqand tumani ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatilmoqda Parlament quyi palatasida muhokama qilinayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Samarqand shahrini “millionli shahar”ga aylantirish rejalashtirilgan. Qoʻshib olingan hududlar evaziga shahar hududi qariyb 3 barobar kengayadi. Chegaralarning o‘zgartirilishi hisobiga Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha yetadi. Avvalroq xabar qilinganidek, Samarqand tumani hududi Samarqand shahri, Toyloq va Pastdarg‘om tumanlari tarkibiga qo‘shib yuborilishi ko‘zda tutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Jan
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan Samarqand shahrida ham jangovar yurish va otliqlar paradi o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube