TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 23 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 7 Jan
Samarqandda 2026-yilda 117 ta tibbiyot muassasasi yangilanadi Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda viloyatda tibbiyot muassasalarini ta’mirlash va yangi obyektlar qurish uchun 479 mlrd so‘m ajratiladi. Prezident farmoniga muvofiq, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlashning yangi modelini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov hududi etib belgilangan. Shunga ko‘ra, 2026-yildan boshlab viloyatda 117 ta obyektda 479,3 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 95 ta oilaviy poliklinikani yangilash va ta’mirlash ishlari uchun — 360 mlrd so‘m ajratish koʻzda tutilgan. Shuningdek Urgut tumanida xalqaro talablarga javob beradigan yangi namunaviy shifoxona qurilishi boshlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Jan
Samarqandda 15 yoshli bolaning nikoh to‘yi bo‘ldimi? Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 15 yoshli bola uylanmoqda” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Unda hali voyaga yetmagan bola hamda uning yonida kelin libosini kiygan qiz turgani, shuningdek, boshlovchi tomonidan “kuyov jo‘ralar”ga so‘z berilayotgani aks etgan. Mazkur holat haqiqatdan ham nikoh marosimi bo‘lganmi yoki to‘y qiziq chiqishi uchun sahnalashtirilgan holatmi — hozircha rasmiy tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, voyaga yetmagan shaxslar ishtirokidagi nikoh marosimlarini o‘tkazish, bunga yo‘l qo‘yish yoki uni targ‘ib qilish amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Ma’lumot uchun qonunchilikka ko‘ra, nikoh yoshi — 18 yosh. Voyaga yetmaganlarni nikohlash, bunga majburlash yoki targ‘ib qilish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda jarima, majburiy ishlar yoki boshqa choralar qo‘llanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Jan
Pastdarg‘omda noqonuniy daraxt kesgan shaxsga 22 mln so‘mdan ortiq jarima solindi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining Parchaqora MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dalasining chekka qismida bir necha yillar avval ekilgan 10 tup tol daraxti noqonuniy ravishda kesilgani aniqlandi. Tekshiruv davomida ushbu holat Mang‘itobod MFYda yashovchi fuqaro I.N. tomonidan hech qanday ruxsatsiz amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Daraxtlarga o‘sishdan to‘xtamas darajada shikast yetkazilgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 mln 300 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 12 mln 360 ming so‘m hisoblandi. O‘zbekistonda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesishga nisbatan moratoriy amal qilmoqda. Tegishli ruxsatsiz daraxt kesish qat’iyan taqiqlanadi, deyiladi Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Jan
⛅Samarqandda 7-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+8° Kechasi: -2 - -0°, sovuq, Kunduzi: +3 - +8°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:53 Quyosh botishi: 17:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Jan
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mixni olib tashladi 6-yanvar kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 29 yoshli fuqaro qorin sohasidagi kuchli og‘riqlar bilan murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida bemorning me’da-ichak tizimida ko‘p miqdorda temir buyumlar — xususan, mix va samorezlar borligi aniqlangan. Bu haqda Zarnews.uz nashri xabar berdi. Shundan so‘ng shifokorlar tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, laparotomiya va gastrostomiya usullarida bir necha soat amalga oshirilgan operatsiya davomida bemor qornidan taxminan 200 gramm metall jismlar olib tashlangan. Hozirda bemorning ahvoli barqaror, u mustaqil harakatlana olmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro kuchli stress holatida o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmay, ushbu metall buyumlarni ichki yo‘l bilan iste’mol qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Jan
Pastdarg‘omda xazon yoqqan fuqaro jarimaga tortildi Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani Eski Juma MFY hududida, katta yo‘l yoqasida joylashgan xonadonlardan birida xazon va o‘simlik qoldiqlari yoqilayotgani, bu holat esa inson salomatligi va atrof-muhitga jiddiy xavf tug‘dirishi haqida xabarlar taraldi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur holat tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olinib, o‘rganildi. Tekshiruv davomida, Eski Juma MFYning kirish qismida joylashgan xonadonlardan birida obodonlashtirish ishlari jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar hamda o‘simlik qoldiqlari yoqib yuborilgani aniqlangan. Natijada, xonadon egasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobari miqdorida jarima belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Jan
Samarqand ta’limga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan hududlar safida Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida qaralganda, Samarqand viloyati 2,5 trln so‘m ko‘rsatkich bilan respublikada 2-o‘rinni egalladi. Ta’limga yo‘naltirilgan mablag‘lar: Toshkent shahri – 16,6 trln so‘m Samarqand viloyati – 2,5 trln so‘m Farg‘ona viloyati – 2,2 trln so‘m Namangan viloyati – 1,7 trln so‘m; Andijon viloyati – 1,7 trln so‘m; Buxoro viloyati – 1,7 trln so‘m; Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m; Qashqadaryo viloyati – 1,5 trln so‘m; Surxondaryo viloyati – 1,2 trln so‘m; Xorazm viloyati – 1,1 trln so‘m; Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 trln so‘m; Jizzax viloyati – 532,3 mlrd so‘m; Navoiy viloyati – 438,5 mlrd so‘m; Sirdaryo viloyati – 343,7 mlrd so‘m. Qayd etilishicha, 2025-yilda ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Jan
⛅Samarqandda 6-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+10° Kechasi: -3 - -2°, sovuq, Kunduzi: +3 - +8°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:53 Quyosh botishi: 17:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Jan
Hurmatli fuqarolar! 🏠 Xonadon qo‘riqlovi uchun oylik to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring. 👉Batafsil videolavhada 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Jan
⚡️O‘qituvchi va bog‘cha tarbiyachilarining maoshlari oshiriladi Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqi 2 barobargacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Muhokama uchun e’lon qilingan Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, pedagog kadrlar maqomini oshirish hamda ularning bilim va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilga qadar quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim pedagoglarining o‘rtacha ish haqini bosqichma-bosqich 2 barobarga oshirish (2026 yilda — 0,4; 2027 yilda — 0,8; 2028 yilda — 1,2; 2029 yilda — 1,6; 2030 yilda — 2 barobar); pedagog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar o‘qituvchi va tarbiyachini qamrab olish; ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda olis hududlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida davlat granti asosida tayyorlanadigan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Jan
⛅Samarqandda 5-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+8° Kechasi: -3 - -2°, sovuq, Kunduzi: +3 - +8°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:53 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Jan
💸O‘zbekistonning tashqi qarzi 75 mlrd dollardan oshdi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 11,3 mlrd dollarga oshdi. 1-oktyabr holatiga umumiy tashqi qarz 75,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 37,4 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 38 mlrd dollari esa xususiy va davlat korxonalarining (korporativ) qarzlaridir. To‘qqiz oyda davlat qarzi 10 foizdan ortiq, korporativ qarzlar qariyb 27 foizga ko‘paygan. Markaziy bank qayd etishicha, korporativ qarzlarning 40–50 foizi davlat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. XVJ va xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonning tashqi qarz yuki o‘rtacha darajada ekanini ta’kidlamoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube