TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini16,060Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 19 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 21 Jan

Samarqandda "Darg‘om" kanali bo‘yida zamonaviy dam olish bog‘i barpo etilmoqda Samarqand shahri bo‘ylab aholi dam olishi uchun qulay hordiq maskani tashkil etish ishlari davom etmoqda. Xususan, shulardan biri "Darg‘om" kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyiha bilan joyida tanishish maqsadida shahar hokimi Fazliddin Umarov hududda bo‘ldi, deb xabar bermiqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati. Shahar rahbari yangi bog‘dagi piyodalar yo‘laklari, yashil maydonlar hamda yoritish tizimlari va o‘tirgichlarning holati bilan tanisharkan hududda aholi uchun barcha qulayliklarni yaratib, to‘liq zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish kerakligiga to‘xtalgan. Eslatib o‘tamiz, 24/7 tartibida faoliyati yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan hudud auksion orqali tadbirkorlarga taklif etilishi belgilgan bo‘lib, loyiha yakunlangach bu yerda oilaviy dam olish maskanlari, sayr va hordiq uchun qulaylik, qulay infratuzilma obyektlari tashkil etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,210 views

Diposting 21 Jan

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xatiladi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan hamkorlikda kredit va to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Nizomga koʻra kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e’tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to‘xtatadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 20 Jan

⛅Samarqandda 21-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+10° Kechasi: -3 - +2°, sovuq, Kunduzi: -5- +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:35 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,210 views

Diposting 20 Jan

Samarqandlik 6-sinf o‘quvchisi IELTS’dan 6.5 ball oldi Samarqand shahridagi 33-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Alisher Qahramonov ingliz tili bo‘yicha IELTS imtihonidan 6.5 ball olib, til bilish bo‘yicha B2 darajani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur darajani qo‘lga kiritgan shaxs ingliz tilida erkin muloqot qila oladi, murakkab matnlarni tushunadi hamda o‘z fikrini ravon ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Avvalroq Kattaqo‘rg‘onlik 4-sinf o‘quvchisi Ibrohimjon Po‘latov ham B2 darajani qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 20 Jan

Juma shahrida markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘i barpo etiladi Pastdarg‘om tumani markazi Juma shahrida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda hududda 42 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shaharda 40 ga yaqin ijtimoiy obyekt, 3 ta yirik bozor, 720 dan ortiq tadbirkorlik subyekti, 107 ta ko‘p qavatli uy hamda 5764 ta hovli-uy mavjud. Shuningdek, 1500 ga yaqin xonadondan iborat 26 ta ko‘p qavatli uy qurilishi olib borilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Shu kungacha Juma shahrida markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘ining yo‘qligi hamda 1976-yilda tortilgan ichimlik suvi tarmoqlarining eskirgani aholiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirib kelgan. Prezidentning 2025-yil noyabr oyida Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirilgan takliflar asosida mazkur muammolar 392-sonli qaror bilan alohida dasturga kiritildi. Dastur doirasida 47 milliard so‘m mablag‘ jalb etilib, Juma shahrida 30 km kanalizatsiya va 30 km ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilishi, shuningdek oqova suvlarni qayta ishlovchi zamonaviy tozalash inshooti qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda mablag‘lar ajratilib, loyihalash ishlari yakunlanish arafasida ekanligi ma’lum qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,200 views

Diposting 20 Jan

Amir Temur Moskva hududlarini nega bosib olmagan edi? Amir Temur XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Markaziy Osiyoda ulkan imperiya barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning harbiy yurishlari Movarounnahr, Eron, Iroq, Hindiston hamda Oltin O‘rda hududlarigacha yetib borgan. 1395-yilda Amir Temur Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishxonga qarshi yirik harbiy yurish amalga oshirib, Oltin O‘rda poytaxti Saray shahrini vayron qiladi. Shu yurish davomida u Yelets shahrini egallagan bo‘lsa-da, Moskva tomonga keng ko‘lamli harbiy yurish boshlamagan va bu hududni uzoq muddat bosib olishni maqsad qilmagan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Amir Temur asosan siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan hududlarni nishonga olgan. Uning strategiyasida yirik savdo yo‘llari, boy va rivojlangan shaharlar ustuvor ahamiyat kasb etgan. Xususan, Samarqand, Hirot, Isfahon, Bag‘dod va Dehli kabi markazlar Temuriylar davlati uchun katta siyosiy va iqtisodiy foyda keltirgan. XIV asr oxirlarida Moskva va unga tutash rus knyazliklari esa yirik savdo markazlari hisoblanmagan, iqlimi og‘ir, harbiy va iqtisodiy salohiyati past hududlar bo‘lgan. Bundan tashqari, bu knyazliklar Oltin O‘rda ta’sir doirasida bo‘lib, Temur uchun asosiy raqib emas, balki ikkinchi darajali yo‘nalish sanalgan. Shu sababli Amir Temur Moskva va unga tutash hududlarni o‘z davrida strategik jihatdan birlamchi va uzoq muddat bosib olishga arzigulik yo‘nalish sifatida baholamagan. U uchun bu hududlarga yurish qilishdan ko‘ra, asosiy siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va muhim iqtisodiy markazlar ustidan nazorat o‘rnatish ancha muhim bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,540 views

Diposting 19 Jan

⛅Samarqandda 20-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -5/+5° Kechasi: -5 - -0°, sovuq, Kunduzi: -0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishi oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:35 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,280 views

Diposting 19 Jan

Urgutda “Onix” haydovchisidan shubhali modda aniqlandi 2026-yil 18-yanvar kuni soat 16:05 atrofida Samarqand viloyati IIB JXX YHXB 1-otryad YPX xodimlari tomonidan Urgut tumani hududidan o‘tuvchi “Omonqo‘ton” muntazam YPX maskanida “Onix” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchining hujjatlari tekshirilishi jarayonida u o‘zini shubhali tutgani sababli xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiruv o‘tkazilgan. Natijada haydovchining o‘ng cho‘ntagidan giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB axborot xizmati ma’lum qildi. Maʼlumot uchun ushbu maskanda joriy yil yanvar oyining oʻzida aniqlangan xuddi shunday uchinchi holat hisoblanadi. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, materiallar Urgut tumani IIBga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 19 Jan

Toyloqda noqonuniy daraxt kesish oqibatida tabiatga 182 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi fuqaro O.U. Toyloq tumani O‘ray Elipok mahallasi hududida noqonuniy ravishda o‘sib turgan 5 tup tol va 5 tup oq akatsiya daraxtini kesib olgan. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan javobgarlikka tortilgan. Daraxtlarni noqonuniy kesish oqibatida o‘simlik dunyosiga 182 million 692 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan. Hozirda holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,260 views

Diposting 19 Jan

Samarqand tarixidagi eng yirik pora ishi Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev (1966-yil 22-fevralda tug‘ilgan, Samarqand viloyati hokimi lavozimida 2017–2018-yillarda ishlagan amaldor.)ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan bog‘liq jarayonlarda pudratchilardan 2 million 140 ming AQSh dollari miqdorida pora olgani uchun sud tomonidan aybdor deb topillgan edi. Sud materiallariga ko‘ra, mazkur mablag‘lar Samarqand shahrida qurilish loyihalariga ruxsat berish va ularni muammosiz amalga oshirish evaziga olingan. Tergov jarayonida Turobjon Jo‘rayevga tegishli seyfdan 1 million dollar naqd pul aniqlangan. 2019-yilning 2-avgustida Toshkent viloyati sudida “jinoiy guruh rahbari” sifatida ko‘rsatilgan Turobjon Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) hamda 210-moddasi (pora olish) bilan aybdor deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, ushbu ish doirasida uning o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev 11 yilga, hokimlikning sobiq bosh mutaxassisi Bahodir Xo‘jaqulov 7 yilga, mutaxassislar Botir Abdullayev 6 yilga, To‘lqin Sulaymonov esa 5 yil muddatga (shartli) ozodlikdan mahrum qilingan. Ushbu jinoyat ishi Samarqand miqyosida korrupsiya bilan bogʻliq eng yirik ishlardan biri hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,310 views

Diposting 18 Jan

⛅Samarqandda 19-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -5/+5° Kechasi: -5 - -0°, sovuq, Kunduzi: -0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishi oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:34 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,300 views

Diposting 18 Jan

Jamiyatda axloqsizlikni targʻib qilganlarga jazo yoʻqmi? So‘nggi paytlarda Instagram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “bloger”larning be’mani chiqishlari, ochiqchasiga so‘kinishlari, ommani mensimasdan, jamiyatda axloqsizlikni targ‘ib qilayotgan kontentlari keskin ko‘payib borayotgani tashvishli holatga aylanmoqda. Kimdir buni “erkinlik”, “shaxsiy fikr”, “kim nima qilsa o‘zi biladi” deb baholashi mumkin. Ammo masalaning eng og‘riqli tomoni shundaki - bu kontentlarni ko‘rib ulg‘ayayotgan yosh avlod nimani o‘rganadi? Axloqsizlik, behayolik va so‘kinishni odatiy hol sifatida qabul qilgan bola ertaga jamiyat oldida qanday mas’uliyat bilan yashaydi? Bunday oqibatlar uchun kim javob beradi? Aslida, bunday xatti-harakatlar qonunchilikda javobsiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi (Haqorat)ga ko‘ra: shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, ochiqchasiga so‘kinish, tahqirlovchi so‘zlar, haqoratli post va videolar tarqatish uchun jarima, takroran yoki og‘ir holatlarda esa ma’muriy qamoq jazosi belgilangan. Shuningdek, bunday kontentlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqatilishi holatni yanada og‘irlashtiruvchi omil sifatida baholanadi. Samarqand tarixda ilm-u ma’rifat, madaniyat va ma’naviyat markazlaridan biri bo‘lgan muqaddas zamin. Bu diyorda ne-ne buyuk allomalar, mutafakkirlar yashab, o‘z merosini qoldirgan. Shu bois jamiyatda ochiqcha axloqsizlikni targ‘ib qilish, behayolik va so‘kinishni “kontent” nomi bilan oqlash bizga mutlaqo yarashmaydi. Bunday holatlar jazosiz qolmasligi, qonun ustuvorligi ta’minlanishi va eng muhimi, kelajak avlodning ma’naviy tarbiyasi himoya qilinishi shart. ©Bars internet nashri 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,840 views
12•••5•••10•••15•••1718192021•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384